An’ana, odat, marosimlar milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida



Download 0,7 Mb.
bet9/13
Sana03.12.2022
Hajmi0,7 Mb.
#878466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
AN\'ANA VA MAROSIMLAR

Oltin to'y.
Bunday muborak to'ylar kishining 70-75 yoshlik davriga to'g'ri keladi. Ularning aksariyati to'g'ri yashab o'tgani, qobil farzandlarni tarbiyalagani uchun piru-badavlat kishilar sifatini olgan. Oltin to'ylar bizning xalqimiz uchun yangilik bo'lib, er bilan xotinining turmush qurganlariga 50 yil to'lishi bilan o'tkaziladigan marosim. Bu marosim dastlab shaharlarda ziyolilar orasida urf bo'lib, keyin tarqalgan. Agar qiz-yigitning to'yini ota-ona o'tkazsa, "oltin to'y" ni farandlar o'tkazadilar.

To’y yillari


To’y kuni - Yashil to’y (Зеленая свадьба)
1 yil – Doka to’y (Ситцевая (Марлевая) свадьба
2 yil - Qog’oz to’y (Бумажная свадьба)
3 yil - Charim to’y (Кожаная свадьба)
4 yil - Zg’ir to’y (Льняная свадьба)
5 yil – Yog’och to’y (Деревянная свадьба)
6 yil – Cho’yan to’y (Чугунная свадьба)
6,5 yil – Sink to’y (Цинковая свадьба)
7 yil – Mis to’y (Медная свадьба)
8 yil – Mustaxkam to’y (Жестяная свадьба)
9 yil – Chinni to’y (Фаянсовая свадьба)
10 yil - Qo'rg'oshin to’y (Оловянная свадьба. Yoki Розовая свадьба)
11 yil - Po’lat to’y (Стальная свадьба)
12 (yoki 12,5) yil – Nikel to’y (Никелевая свадьба)
13 yil - Jun to’y Кружевная (Шерстяная) свадьба
14 yil - Aqiq to’y (Агатовая свадьба)
15 yil - Shisha to’y (Стеклянная свадьба)
20 yil – Farfor to’y (Фарфоровая свадьба)
25 yil - Kumush to’y (Серебряная свадьба)
30 yil - Gavhar to’y (Жемчужная свадьба)
35 yil - Karoll to’y (Полотняная (Льняная, Коралловая) свадьба)
37,5 yil – Alyumin to’y (Алюминиевая свадьба)
40 yil - Yoqut to’y (Рубиновая свадьба)
45 yil - Sapfir to’y (Сапфировая свадьба)
50 yil - Oltin to’y (Золотая свадьба)
55 yil - Zumrad to’y (Изумрудная свадьба)
60 yil - Olmos to’y (Бриллиантовая (Платиновая) свадьба)
65 yil - Temir to’y (Железная свадьба)
67,5 yil – Tosh to’y (Каменная свадьба)
70 yil - Shukrona to’y (Благодатная свадьба)
75 yil - Shoxona to’y (Коронная свадьба)
100 yil – Qizil to’y (Красная свадьба)14


Beshik to’yi
Beshik to’yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog’liq bo’lib, nishonlanadigan marosimli bayramdir. Bu eng qadimgi va O’zbekistonda eng keng tarqalgan marosimlardan biri. Odatda bu to’y chaqaloq tug’ilishining 7-, 9-, 11- kuni o’tkaziladi. Turli viloyatlarda marosim o’zicha xususiyatlarga ega bo’ladi va oilaning boyligi darajasiga bog’liq bo’ladi: o’ziga to’q oilalar odatda bu
to’yni katta ko’lamda o’tkazadi, kambag’al oilalar esa uni kamtarona nishonlaydilar. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar va o’yinchoqlar o’rab beriladi. Chaqaloqning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga sovg’alar tayyorlanadi. Boy bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovg’alar transport vositasiga qo’yilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va nog’ora sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jo’natiladi. An’anaga ko’ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o’ng yelkasiga qo’yadi, keyin o’g’lining o’ng yelkasiga uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga beradi. O’tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo’lishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirgan paytda qo’shni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka solish marosimi o’tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani ko’rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg’alarni beradi va beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan marosim tugab, mehmonlar uy-uylariga qaytadilar


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish