An’ana, odat, marosimlar milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida



Download 0,7 Mb.
bet1/13
Sana03.12.2022
Hajmi0,7 Mb.
#878466
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
AN\'ANA VA MAROSIMLAR




AN’ANA, ODAT, MAROSIMLAR MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYAT SIFATIDA.


Reja:


Kirish.

  1. Umumxalq bayramlar – marosimlar gultoji.

  2. Marosimlar ma’naviy qadriyat.

  3. To’y- qadimiy marosim.

  4. Motam marosimlari, marhumlar xotirasiga bag’ishlangan tadbirlar.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Yer yuzida qancha xalq, qancha millat va elat bo’lsa dunyoda ham shuncha bir- biriga o’xshamas va bir – birini takrorlamas urf – odat, a’nana, marosim va bayramlari mavjud. Bu marosim va urf – odatlar kecha yoki bugun paydo bo’lib shakllangan tushuncha emas. U ming yillar, asrlar davomida avloddan – avlodga ba’zida ming bir “to’siqlar”ga uchrab, ba’zilari shaklan o’zgarib yana ba’zilari esa takomillashib, rivojlanib goh davr sharoitlariga moslashib zamonaviy tus olib ham bizgacha yetib kelmoqda.
Kurs ishining maqsadi: Kundalik hayotimizda nishonlanadigan urf-odat, marosimlarimizning tub mohiyati, o’tkazilishidan ko’zlangan maqsad, jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohaza yuritib, ularni tahlil qilish. Uning o’tmish va bugundagi ma’naviy qiyofasi, yutuq va kamchiliklarini o’rganishdan iborat. Milliy urf-odat, an’ana va bayramlarimizni yoshlar ongiga singdirib, kelajak avlodga o’z holicha yetib borishida o’z hissamizni qo’shish ham shular jumlasidandir.
Ushbu urf – odat, marosim va an’analar har bir millat va elatning tarixi, turmush tarzi va boshqa omillar ta’sirida shakillanadi, hamda ularning o’ziga xos qiyofasini belgilovchi xususiyatlardan biridir. Ushbu har bir marosimlar va an’analarning qadr – qimmatini yo’qotmay hali hanuz nishonlanib kelinishi ham bejizga emas. Ularnig tarixan tashkil topishida ham ma’lum sabab va maqsadlar mavjud bo’lgan.
Kurs ishining vazifasi: Yurtimizda doimiy nishonlanib kelinayotgan umumxalq bayramlar va marosimlar haqida kengroq ma’lumot berish, ularning o’tkazilish tartibi va qoidalari bilan tanishtirish; Mustaqillik yillarida unga bo’lgan e’tibor va xozirgi zamon bilan hamohangligi to’g’risida tushuncha berishdan iborat. Milliy urf-odat, an’ana va marosimlarni o’rganish asosida ma’naviy qarashlar mohiyatini ochib berish mavzuning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Urf – odat va rasm- rusumlar milliy an’analar, milliy til va milliy rux bilan bir qatorda milliy ma’naviyat va madaniyatning muhim qirrasini tashkil qiladi. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo’lib, o’z mazmunida shu xalqning orzu – o’ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat, ularni ko’z qorachig’iday avaylab – asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriyat sifatida yetkazmog’i lozim. An’analar, urf – odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning ma’naviyati, qadriyatlarining ajralmas qismidir.
Chunki asrlar mobaynida shakllangan, avloddan – avlodga bebaho va noyob meros sifatida to’ldirilib, xalqchillashib kelayotgan urf–odatlar va marosimlar milliy istiqlol g’oyasi va milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishda muhim vositadir. Bugungi kunda eng sara urf–odat va an’analarimizning jamiyatni birlashtiruvchi, xalqimizni jipslashtiruvchi, odamlar o’rtasida mehr–oqibatni kuchaytiruvchi, ularni safarbar etuvchi xususiyatlaridan yanada samaraliroq foydalanish lozim. Yurtboshimiz aytganlaridek “Bunday ezgu maqsadlarga esa, faqat yuksak ma’naviyat, uzluksiz ma’naviy tarbiya orqaligina erishish mumkin. Ma’naviyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o’giti, vatan tuyg’usi, bu hayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo’lib singib boradi.1Zero milliy urf- odat, marosim va an’analarimiz – bu bizning uzoq o’tmishga borib taqaladigan milliy ma’naviyatimizning yorqin namunasidir.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish