Analitik reaksiyalarni o’tkazish sharoitlari


Suyultirilgan eritmalarning muzlash temperaturasi



Download 124,5 Kb.
bet12/15
Sana20.04.2022
Hajmi124,5 Kb.
#567948
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Analitik reaksiyalarni o’tkazish sharoitlari

Suyultirilgan eritmalarning muzlash temperaturasi.
Suyuqlik muzlagan vaqtda uning to'yingan bug'i bosimi muz bug'ining b bosimiga teng bo'ladi. Suv ) da muzlaydi, chunki bunda suvning to'yingan bug' bosimi 4,6 mm simob ustuni bosimiga teng bo'lgani holda, muzning to'yingan bug'i bosimi ham 4,6 mm simob ustuni bosimiga teng. Diagrammada AO chizig'i OB bilan O nuqtada uchrashgani uchun toza erituvchi T da muzlaydi. Lekin eritmaning bug'i bosimining chizig'i(O1A1) muz bug'i bosimining chizig'i (OB) bilan O1 nuqtada uchrashadi. Shuning uchun eritma T da muzlaydi. Demak, eritmaning muzlash temperaturasi toza erituvchinikiga qaraanda past bo'ladi. eritma muzlash temperaturasining pasayishi yoki depressiyasi deb ataladi.
Bu yerda ham Raul qonunidan va Klauzius- Klapeyron tenglamasidan foydalanib, tubandagi formulani chiqarish mumkin.
2.6 Eritmalarda bo'ladigan diffuziya va osmos hodisasi.
Eritmaning asosiy xossalari qatoriga diffuziya va osmos hodisalari ham kiradi. Agar katta bir shishi silindr tagiga qandning quyuq eritmasi solinib, ustiga ehtiyotlik bilan suv quyilsa, qand zarrachalari vaqt o'tishi bilan sekin- asta yuqoriga ko'tarila boshlaydi. Qand molekulalari garchi suv molekulalariga qaraganda og'ir bo'lsa ham yuqoriga ko'tarilaveradi. bu o'zaro aralashish protsessi butun hajmda qand konsentratsiyasi bir xil bo'lguncha davom etadi. Bir modda zarrachalarining ikkinchi modda ichida o'z- o'zicha taqsimlanish protsessi diffuziya deyiladi.
Eritmalarda bo'ladigan diffuziya protsessi tabiatda juda ko'p tarqalgan protsesdir. Masalan, o'simlik organizmida suv juda baland ko'tariladi. O'simlikda suvni ko'taruvchi kuch bir necha atmosferaga yetadi.

Erigan modda molekulalarining barcha suyuqlik ichida taqsimlanish hodisasi gazning idish ichida baravar taqsimlanish hodisasiga o'xshaydi. Haqiqatdan ham, ikkala protsesning sababi bitta, u ham bo'lsa zarrachalarning tartibsiz harakatidir. Bu harakat natijasida zarrachalar har tomonga boradi; zarrachalar konsentratsiya baland bo'lgan joydan konsentratsiya past bo'lgan joylarga ko'chadi. Agar erituvchi bilan eritma o'rtasida yarim o'tkazgich parda qo'ysak, bu parda orqali erituvchi eritmaga o'tib, uni suyultira boshlaydi. Erituvchining yarim o'tkazgich parda orqali o'tish protsessi osmos deyiladi.


Omos ikki xil sababga ko'ra kelib chiqdi. Birinchidan, toza suvda suv molekulalarining konsentratsiyasi eritmadagiga qaraganda yuqori bo'ladi. Ikkinchidan, eritmada suv molekulalari bilan birikib, gidratlar hosil qiladi. Suyultirilgan eritmalarda osmos eruvchi va erituvchi moddalar xiliga bog'liq bo'lmay, asosan, eritmaning hajm birligida bo'lgan eruvchi modda zarrachalari soniga bog'liq bo'ladi. Eritma bug'i bosimining toza erituvchi bug'i bosimiga qaraganda past bo'lishi bilan osmos hodisasi orasida yaqin bog'lanish bor. Osmosni miqdoriy xarakterlash uchun quyidagi osmotik bosim tushunchasi bilan tanishamiz.
Faraz qilaylik, ikkita idish olib, katta idishga toza suv, tubi yarim parda bilan qoplangan naysimon kichik idishga qand eritmasi solingan bo'lsin. Kichik idish katta idishga botirilgaganida unga yarim o'tkazgich parda orqali su o'tib, naycha ichida suyuqlik sirti ko'tarila boshlayi. Binibarin eritma ustidagi gidrostatik bosim ortadi. Bu bosim ortgan sari su molekulalarining yarim o'tkazgich parda orqali katta idishda kichik idishga o'tish tezligi kamayib, suning kichik idishda katta idishga o'tish tezligi orta boradi. Ma'lum vaqt o'tganidan keyin bu ikki qarama- qarshi protsesning tezligi tenglashib, muvozanat qaror topadi. Shu paytdan boshlab naychada suyuqlik sirti ko'tarilishdan to'xtaydi; ana shunday muvozanat holatga to'g'ri keladigan gigrostatik bosim osmotik bosim deb ataladi. Demak, osmotik bosim osmos hodisasini to'xtatish uchun (ya'ni erituvchidan yarim o'tkazgich parda orqali ajratilgan eritmani erituvchi bilan muvozanat holatga keltirish uchun) eritmaga berilishi kerak bo'lgan bosimga tengdir.
Yarim o'tkazgich parda turlicha bo'ladiu, mol pufagi, ichak devorlari, o'simlik pardalari yarim o'tkazgich pardalar. Yarim o'tkazgich pardani sun'iy yo'l bilan ham tayyorlash mumkin; masalan, pergament qog'oz, sellofan, kollodiy pardalar yarim o'tkazgich pardalar. Sun'iy yarim o'tkazgich pardani dastlab, 1867- yilda fiziolog Traube tayyorlagan. Traubega qadar yarim o'tkazgich parda sifatida o'simlik va hayvon to'qimalari- pufak, ichak, yurak xaltasi va boshqalar ishlatilib kelingan.
Traube yarim o'tkazgich parda tayyorlash uchun mis ferrosianid cho'kmasining
hosil bo'lish reaksiyasidan foydalandi,. Agar mis sulfat eritmasiga sariq qon tuzining kristali tashlansa uning sirti mis ferrosianid parda bilan qoplanadi. Hosil bo'lgan haltacha ichida quyuq eritma hosil bo'ladi. Sirtqi eritma suyuq bo'lgani uchun katta bosim hosil bo'lib, xaltacha yirtiladi. Xaltachadan chiqqan quyuq eritma yana xuddi shunday xaltachalar hosil qiladi. Shunday qilib, tezda "ximiyaviy daraxtzor" vujudga keladi. Bunda sodir bo'jadigan reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi;

Download 124,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish