2.3 Eritmalar ustidagi bug'ning bosimi.
Har bir suyuq va qattiq jism biror temperaturada ma'lum bug' bosimiga ega bo'ladi. Bu bosimni qattiq va suyuq modda sirtidan chiqayotgan molekulalar vujudga keltiradi. Moddaning sirtidan bunga qarshi protses ham bo'ladi:
qattiq jism - bug'
suyuq jism - bug'
Moddaning ajralib chiqqan bug' yana qattiq yoki suyuq jismga aylanishi mumkin. Ma'lum temperaturada hamma vaqt qattiq yoki suyuq jism sirtida ma'lum miqdorda bug' bo'ladi. Temperatura ko'tarilishi bilan bug'ning bosimi orta boradi va suyuqlikning qaynash temperaturasida uning to'yingan bug'i biosimi atmosfera bosimidga teng bo'lib qoladi. Ikkinchidan, ayni moddaning suyuqlik va qattiq holatdagi to'yingan bug'i bosimlari bir- biriga baravar bo'lganda suyuqlik qota boshlaydi, ya'ni bir vaqtda ham suyuqlik, ham qattiq jism mavjud bo'ladi. Bug' bosimi barometrik nay yoki manometr bilan o'lchanadi.
Eritmalar bug'ining bosimini ko'rib chiqishda, avval, uchuvchan bo'lmagan , ya'ni oddiy temperaturada bug' hosil qilmaydigan moddalarning eritmalari bilan tanishamiz:
Bunday eritmalarning to'yingan bug'i bosimi hamma vaqt toza erituvchining to'yingan bug'ii bosimidan kam bo'ladi. Buning sababi shundaki suyuqlikda biror modda eritilsa, eruvchi suyuqlikning bug'lanishi qiyinlashadi. Shuning uchun vaqt birligida eritma sirtidan ajralib chiqadigan suv molekulalarining soni toza dsuv sirtidan chiqadigan molekulalar soniga qaraganda oz b'ladi.
Har qanday temperaturada ham eritma bug'ining boisimi toza suvnikidan past bo'ladi. 1000 da suv bug'ining bosimi atmosfera bosimiga tenglashadi, shuning uchun suv 1000 da qaynaydi. Lekin eritma bug'ining bosimi 100 0 da atmosfera bosimiga tenglashmaydi, shuning uchun eritma 1000 da qaynamaydi. Eritma qaynashi uchun uning bug' bosimi atmosfera bosimiga teng bo'lishi kerak buning uchun uni 100 0 dan ortiqroq temperaturagacha qizdirish lozim. Eritma muzlashi uchun bug'ining bosimi muz bug'ining bosimiga teng bo'lishi kerak. Agar 0 0 da eritma ustiga muz qo'yilsa, u suyuqlanib ketadi, chunki muz bug'ining bosimi eritmaning bosimiga qaraganda kattadir. Demak, eirtmaning muzlash temperaturasi 0 0 dan past bo'ladi.Temperatura pasayganda muz bug'ining bosimi suvnikiga va eirmanikiga qaraganda tezroq pasayadi. Shuning uchun 0 0 dan past temperaturada eritma va muz bug'lari bosimining diagrammalari bir nuqtada kesishadi, ya'ni muz bug'ining bosimi eritmaniki bilan baravarlashadi; demak, eritma 0 dan past temperaturada muzlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |