Suyuqliklarning distillanishi Suyuq aralashmadagi suyuqliklarni bir- biridan ajratib olish uchun ular qaynash temperaturalarining boshqa- boshqa ekanligidan foydalanib, aralashma haydaladi. Aralashmani haydash uchun u qaynatiladi. Aralashma qaynaganda uning to'yingan bug' bosimi atmosfera bosimiga teng bo'ladi, bug'lanish protsessi o'zgarmas bosimda olib boriladi. Aralashmaning qaynash temperaturasi uning bug'i bosimiga bog'liq. Ma'lum bir temperaturada bug'ining bosimi yuqori bo'lgan suyuqlik past temeraturada qaynaydi. Aralashmadan chiqqan bug'da bug' bosimi katta, komonent ko' bo'ladi. Deamak, suyuq aralashma bilan uning bug'i tarkibi jihatidan farq qiladi.Suyuq aralashmaning tarkibi ham o'zgaradi., vhunki aralashmada yuqori temperaturada qaynaydigan komponent konsentratsiyasi ortib boradi. Buning natijasida aralashmaning qaynash temperaturasi uzluksiz ravishda ko'tariladi.
Yuqorida aytilgan hodisalarga asoslanib, suyuq aralashmadagi komonentlarni bir- biridan ajratish mumkin. Suyuqliklarni haydash nazariyasi 1881 - yilda D.P.Konovalov bir jinsli suyuq aralashmalar bug'ining bosimi bilan uning tarkibi orasidagi bog'lanishni diagrammada uch xil chiziq bilan tasvirlash mumkin ekanligini ko'rsatdi. Diagrammada absissalar o'qiga ikkinchi komonentning molyar qismi, ordinatalar o'qiga esa aralashma bu'gining umumiy bosimi qo'yilgan. I chiziq Raul qonuniga bo'ysunadigan suyuq aralashmalar bug'ining bosimi bilan ularning tarkibi orasidagi bog'lanishni, II chiziq Raul qonunidan manfiy ravishda chetga chiqadigan suyuq aralashmalar bug'ining bosimi bilan tarkibi orasidagi bog'lanishni, III chiziq esa Raul qonunidan manfiy ravishda chetga chiqadigan suyuq aralashmalar bug'ining bosimi bilan ularning tarkibi orasidagi bog'lanishni ko'rsatadi.Shunday qilib, barcha suyuq aralashmalarni uch tipga bo'lish mumkin.
Suyuq aralashma qaynab turganda aralashma bug'ining umumiy bosimi o'zgarmaydi, ya'ni atmosfera bosimiga baravar bo'lib qoladi, lekin aralashmaning qaynash temeraturasi ortib boradi. Shuning uchun aralashma tarkibi bilan uning qaynash temperaturasi orasidagi bog'lanishni grafik ravishda tasvirlash mumkin.
Qaynab turgan suyuq aralashmaning tarkibi bilan bug'ning tarkibi boshqa- boshqa bo'ladi. Shuning uchun astki chiziq qaynab turgan suyuqlikning tarkibi bilan uning qaynash temeraturasi orasidagi bog'lanishni, uning ustidagi chiziq esa bug'inig tarkibi bilan suyuqlikning qaynash temperaturasi orasidagi bog'lanishni ko'rsatadi. Diagrammada a nuqtaga to'g'ri keladigan aralashma t da qaynatilganda hosil bo'lgan bug'ning tarkibi V nuqtaga to'g'ri keladi, a1 nuqtaga to'g'ri keladigan aralashma t' da qaynaydi; uning bug'i b1 tarkibga ega bo'ladi. D.P.Konovalov 1881- yilda eritmalarning to'yingan bug'i bosimi bilan uning tarkibi orasidagi bog'lanishga oid ikki qonunni kashf etdi. Birinchi qonun o'zaro muvozanat holatida bo'lgan suyuq aralashma va uning bug'i tarkibi orasidagi bog'lanishni va aralashmaga komonentlardan biri qo'shilganda bug'ning umumiy bosimi qanday o'zgarishini xarakterlaydi. Bu qonun quyudagicha ta'riflanadi.
a) suyuq aralashmadagi biror komponentning konsentratsiyasi oshirilsa , bug'da o'sha komponentning miqdori ortadi;
b) aralashmadagi komponentlardan qaysi biri aralashmaga qo'shilganda aralashmaning bug' bosimi ko'tarijsa yoki qaynash temperaturasi asaysa, bug'da o'sha komonent ko' bo'ladi.
Masalan, aralashmaga birinchi komonent qo'shilganda aralashma bug'ining bosimi ko'tarilsa, bug' tarkibida1 komponent ko'roq bo'ladi.Shu sababdan, bu tipdagi aralashmalarni fraksion haydash mumkin. Aralashmani haydash yo'li bilan turli temeraturalarda qaynaydigan suyuqliklarni ayrim - ayrim idishlarga yig'ib olish usuli fraksion yoki maydalab haydash deb ataladi. Suyuqliklarni haydashda deflegmatorlardan foydalaniladi. Bug' bosimi diagrammasida maksimum yoki minimum ko'rsatadigan suyuq aralashmalarni haydash nazariyasi D.P.Konovalovning II qonuniga asoslangan. Bu qonunga muvofiq umumiy bug' bosimi diagrammasidagi maksimum va minimum nuqtalarga to'g'ri keladigan aralashmalarning tarkibi ular bug' holda bo'lganda ham suyuq holda bo'lganda ham bir xildir. O'z tarkibini va qaynash temperaturasini o'zgartirmay haydaladigan ana shunday aralashmalar azeotrop aralashmalar deyiladi.