7-LABORATORIYA ISHI
BIRINCHI, IKKIGNCHI VA UCHINCHI GURUH ANIONLARIGA
XOS SIFAT REAKSIYALAR
Anionlarni analitik guruhlarga bo’linishi. Anionlar sifat analizining usuli kationlar analizining usulidan farqlanadi.Anionlarni sinflarga bulinishining turli usullari ma’lumdir. Anionlar sinflarning mavjud sistemalari ularning bariyli va kumushli tuzlarining eruvchanligiga, anionlarning. kislotalarga bo’lgan munosabatga, oksidlovchi va kaytaruvchi reaksiyalar bilan reaksiyalarga qanday kirishishiga asoslangan.
Kationlardan farqli o’laroq, barcha anionlarni tekshirilayotgan eritmadan bo’lib — bo’lib analiz qilish mumkin. Guruh reagentlari anionlarni guruhlarga ajratish uchun emas, ularni topish uchun ishlatiladi. Ushbu qo’llanmada anionlar, ularga BaC12 va AgNO3 ning ta’siriga ko’ra uch guruhga, ajratiladi. Birinchi analitik guruhga SO42- , SO32- , , B4O72- , SiO32-, C2O42- ionlari kiradi. Ular Va2+ kation ishtirokida neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda suvda erimaydigan, bariyli tuzlarini hosil qilib -cho’kmaga tushadilar.
Birinchi guruh anionlarining birikmalari qishloq xo’jaligida keng qo’llaniladi. Masalan: (NH4)2SO4 , K2SO4 , Ca2(H2PO4)2 , NH4H2PO4 , (NH4)2PO4 mineral o’g’itlar CaSO4•2H2O gips tuproqning sho’rlanish, darajasini pasaytirishda, CuSO4•5N2O , FeSO4•7N2O zaxarli ximikat sifatida ishlatiladilar. Kuchli kislotali bo’lgan tuproqlarni neytrallash uchun dolomit CaSO3•MgSO3 (ohaklashda) ishlatiladi. Borat ionlari (BO22- yoki B4O72-) bor birikmalar esa mikroo’g’it sifatida keng qo’llaniladi. Ikkinchi guruh anionlariga C1-, Br - , J- , S2- ionlari kiradi. Bular guruh reagenti AgNO3 bilan suvda va kislotalarda erimaydigan kumush tuzlari cho’kmalarini hosil qiladi.
Qishloq ho’jaligida NH4Cl , KC1 va KClNaCl mineral o’g’it sifatida, BaCl2 , HgCl2 — zaxarli yadoximikat sifatida ishlatiladi. Tuproqning yuqori qatlamida tuzlarni miqdori 2% yuqori bo’lsa, sho’r tuproq deyiladi va sho’rlikni NaC1, CaCl2 , MgCl2 tashkil etadi. Xlori ioni tabiiy suvda erigan xolatda bo’ladi. 1 litr ichimlik suvida uning miqdori 40mg. oshmasligi kerak. Tabiatda oqsil moddalarni parchalanishida vodorod sulfid va sulfid birikmalari hosil bo’ladi. Yod qalqonsimon bez ishida ishtirok etib, o’zining organizmiga ta’sirini namoyon qiladi. Yodlari bo’lmagan ichimlik suvlarini iste’mol qilish endokrin kasalliklarga sabab bo’ladi. Uchinchi guruh anionlariga NO3- , NO2- CH3COO- ionlari kiradi. Bu guruh anionlari uchun guruh reagenti mavjud emas. NaNO3, KNO3, Ca(NO3)2 , NH4NO3 lar qishloq ho’jaligida azotli o’g’itlar sifatida keng ishlatiladi.
Birinchi analitik guruh anionlari va ularning hususiy reaksiyalari.
SO42- anioniga hos reaksiyalar.
Reaksiyalarni Na2SO4 eki H2SO4 eritmasi bilan o’tkaziladi.
1.Bariy xlorid ta’siri. SO42- ionlari BaC12 bilan suvda, kislotalarda erimaydigan oq cho’kma bariy sulfatni hosil qiladi.
BaCl2+Na2SO4 = BaSO4+2NaCl
Ba2++SO42- = BaSO4
Reaksiyaning bajarilishi: 2g BaCl2 eritmasiga 2g Na2SO4 eritmasidan ko’shilganda oq cho’kma hosil bo’dadi. Cho’kma suv va kislotalarda erimaydi. Sinab ko’ring.
2.Qo’rg’oshin asetat Pb(CH3COO)2 ta’siri.
H2SO4+Pb(PH3COO)2= PbSO4+2CH3COOH
SO42-+Pb2+= PbSO4
Reaksiyaning bajarilishi: 4 — 5 H2SO4 eritmasiga 5—6 Pb(CH3COO)2 eritmasidan qo’shilganda oq cho’kma — qo’rg’oshin sulfat hosil bo’ladi. Cho’kma kons. H2SO4 erib qo’rg’oshin bisulfatni hosil qiladi.
PbSO4+ H2SO4 =Pb(HSO4)2
Do'stlaringiz bilan baham: |