9-LABORATORIYA ISHI
TARKIBI NOMA’LUM MODDA ANALIZI
Talabalarni kationlar va anionlarni xususiy reaksiyalarni qanday o’zlashtirganliklarini, hamda tajribalar o’tkazish yuzasidan malakalar hosil qilganliklarini bilish maqsadida har bir talabaga tarkibi noma’lum moddani analiz qilish uchun beriladi.
Analizni osonlashtirish maqsadida suvda eriydigan bitta kation va bitta aniondan tashkil topgan 1g atrofida quruq tuz beriladi.
1. Dastlabki tekshirishlar.
Tarkibi o’rganilayotgan modda kristallarning shakli va ralgiga, katta—kichikligiga e’tibor beriladi. FeS, CuS, PbS tuzlari qora rangli, misniig ko’pgina tuzlari havo rangli bo’ladi.
Uch valentli xrom, ikki valentli temir, mis karbonat va uning galogenli birikmalar yashil, ikki valentli marganes tuzlari va permaganatlar pushti yoki to’q qizil rangli, suvsiz CuSO4 va FeSO4 tuzlari oq ralgli bo’ladi.
Berilgan tuz kristallari bo’lakchalardan iborat bo’lsa,chinni kosachada maydalab distillangan suvda eritiladi. Hosil bo’lgan eritmani kontrol eritma (qisqacha q.e.) deyiladi. Kontrol eritma uch qismga bo’linadi: birinchisi kationlarni aniqlash uchun, ikkinchi qismi anionlarni aniqlash uchun, nihoyat uchinchisi har ehtimolga qarshi saqlab qo’yiladi.
Ushbu uslubiy qo’llo’nmada kation va anionlarni aniqlashni eng onson, eng oddiy usuli bayon etiladi.
1. NH4+ topish. 2—3 t k.e.ga 1 — 2t,Nessler reaktividan qo’shilganda to’q sariq yoki qovoq rangli cho’kmani hosil bo’lishi NN4+ borligini bildiradi.
2. K+ topish. 2—3 t k.e.ga 2—3 t Na3[Co(NO2)6] eritmasidan qo’shilganda sariq cho’kmani hosil bo’lishi K+ borligini bildiradi.
3. Ba2+ topish. 2–3t k.e.ga 1t CH3COONa va2 - 3 t K2Cr2O7 eritmasidan qo’shilganda sariq cho’kmani hosil bo’lishi Va2+ borligidan dalolat beradi.
4. Ca2+ topish. 2—3t k.e.ga 2—3t (NH4)2C2O4 erytmasidan qo’shilganda oq cho’kmani hosil bo’lishi Sa2+ borligini bildiradi.
5. A13+ topish.2-3g k.e.ga 1t CH3COONa va 1-2g 0,001% alyuminon eritmasidan qo’shib suv hammomida qizdiriladi, so’ngra ammiak xidi kelguncha NH4OH eritmasidan va 2—3t (NH4)2CO3 eritmasidan qo’shilganda qizil rangli lak hosil bo’lishi A13+ kationi borligidan dalodat beradi.
6.Fe2+ topish. 2 - 3t,k.e.ga,1 - 2t . qizil qon tuzi eritmasidan qo’shilganda to’q ko’k rangli cho’kmani hosil bo’lishi Fe2+ borligini ko’rsatadi.
7.Fe3+ topish.2—3qon rangli eritmani hosil bo’lishi Fe3+ borligidan dalolat beradi.
8.Su2+ topish.2—3t k.e.ga 2-3t sariq qon tuzi eritmasidan qo’shilganda qizil—qong’ir cho’kmani hosil bo’lishi Cu2+ ionlari borligidan dalolat beradi.
III. Anionlarni topish.
Kontrol eritmadan anionlar topish 6—mashg’ulotda to’liq ko’rib o’tilgan,ya’ni I —III guruh anionlarining aralashmasini analiz qilish tartibi asosida bajariladi.
IV. Topilgan kation va anion asosida kimyoviy formula tuzish.
Masalan: Kontrol eritmani analiz qilib kationlardan K+ kationi, anionlardan SO42-anioni topilgan bo’lsa,kontrol vazifa sifatida berilgan quruq tuzni formulasi K2SO4 ga to’g’ri keladi.
So’rov uchun savollar.
1.Sulfidli sinflarga bo’linishda kationlar necha guruhga bo’linadi?
2.Anionlar guruhlarga qanday bo’linadi?
3.Qaysi reaksiya NH4+ uchun xarakterlidir?
4.Qaysi reaksiya Ca2+ uchun xarakterlidir?
5.Qaysi reaksiya Cu2+ uchun xarakterlidir?
6.Qaysi reaksiya PO43+ uchun xarakterlidir?
7.Qaysi reaksiya J - uchun xarakterlidir?
8.Rangli kationlarga misollar keltiring. ?
9.Kontrol eritmadan kationlardan NH4+, anionlardan Br- topilgan bo’lsa, tuzni formulasi qanday bo’ladi?
Berilggan moddali rangiga qarab qaysi kationlarni aniqlash mumkin?
Kaliyli o’g’itlarga misol keltiring.
Ammoniyli o’g’itlarga misollar keltiring.
Ammofos va diammofosni kimyoviy formulasini yozing.
Suferfosfatlarni formulalarini ezing.
Do'stlaringiz bilan baham: |