O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI
“ANALITIK, FIZIKAVIY VA KOLLOID K I M Y O”
FANI BO‘YICHA
O‘ Q U V – U S L U B I Y M A J M U A
Bilim sohasi:
|
400 000
|
- Qishloq va suv xo‘jaligi
|
Ta'lim sohasi:
|
410 000
|
- Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi
|
Ta'lim yo‘nalishlari:
|
5440100
|
Veternarinariya meditsinasi(faoliyat turlari bo’yicha)
|
|
5410600
|
Zooinjeneriya(turlari bo’yicha)
|
Termiz 2021
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 20__- yil 29-avgustdagi -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv reja va dastur asosida tayyorlandi.
Tuzuvchilar:
|
Tosh DAU TERMIZ FILIALI “MATEMATIKA
VA TABIIY FANLAR” KAFEDRASI
asisstenti. M.Turdiyev
Tosh DAU TERMIZ FILIALI “MATEMATIKA
VA TABIIY FANLAR” KAFEDRASI
asisstenti. A.Ochilov
|
Taqrizchilar:
|
|
|
Eshqurbonov F
|
- Termiz Davlat Universiteti Kimyo fakulteti Organik kimyo kafedrasi kimyo fanlari doktori
|
O‘quv -uslubiy majmua ToshDAU Termiz filiali Kengashining 20__ yil 20__ yil __________dagi ___-sonli bayoni bilan tasdiqlandi.
№ | Mundarija. | |
I
|
O’quv materiallari
|
4
|
1.1
|
Ma`ruza mavzulari
|
4
|
1.2
|
Labaratoriya mashg`ulotlari
|
220
|
II.
|
Mustaqil ta`lim mashg`ulotlari
|
253
|
III.
|
Golossariy
|
256
|
IV
|
Keyslar banki
|
275
|
V
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
307
|
VI.
|
Ilovalar
|
|
VII
|
Fan dasturi;
|
|
1.3
|
Ishchi o`quv dasturi;
| |
1.4
|
Baxolash mezonlari;
| |
Fanning dolzarbligi
Qishloq xo’jalikning o’sib borayotgan ishlab chiqarish talablariga to’liq mos keluvchi mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirishda, ulardagi amaliy ko’nikmalarni shakllantirishda kimyoviy fanlarning o’rni beqiyos. Ushbu fanlar tarkibiy qisimlaridan analitik, fizkolloid, biologik kimyo o’simliklar va hayvon organizmi to’qimalarida sodir bo’ladiganbiologik jarayonlar mohiyatini tushinishda muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy o’g’itlar, zaxarli va dorivor preparatlar qishloq xo’jalik amaliyotida keng foydalaniladi. Chorva mollari uchun ratsion tizimda qo’llaniladigan har bir komponentning kimyoviy tarkibini o’rganishda, kasallik tashxisini qo’yishda, qon tarkibini tahlil etish kabilar mutaxassisda zaruriy kimyoviy bilim va ko’nikma bo’lishini taqoza etadi.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy uzviyligi: “Analitik va fizkolloid kimyo” umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo’lib, 1-bosqichning 1-2 semestrlarida o’qitiladi tabiiy fan xisoblanadi.
Mazkur dasturni amalga oshirish uchun talaba o‘quv rejasida rejalashtirilgan “Biofizika va radiobiologiya”, “Ginetika”, “Hayvonlar anatomiyasi”, “Zoologiya va ekologiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Matematika”, “Matematik statistika” fanlaridan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Fanning ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarishdagi o‘rni Chorvachilikni rivojlantirishda qishloq xo’jalik hayvonlarining organizmida ro’y beradigan o’zgarishlarni, oziqalar tarkibini bilishi, oziqlantirishni to’g’ri tashkil etish, mahsulot birligiga sarflanadigan oziqa miqdorini kamaytirish, hayvon kasalliklariga to’g’ri tashxis qo’yish va sog’lig’ini saqlashni o’rgatadi. Shunga ko’ra fanning ishlab chiqarishda mahsulot miqdorini va sifatini oshirishdagi o’rni muhim hisoblanadi.
Fanni o‘qitishdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda o’quv mashg’ulotlarini loyihalash
Talabalarning bu fanni o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullardan foydalanish, informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, elektron darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar, maketlar mintaqamizda etishtiriladigan ozuqalar turlari bo’yicha gerbariyli oziqalarni tayyorlash va oziqlantirish texnologiyalari bo’yicha kinofilmlardan foydalanib zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha tarmoqlar uslubi, blits-o’yin uslubi, intervyu-texnikasi, bumerang texnikasi, talabi treningi, muloqot, boshqaruv texnikasidan foydalaniladi. Ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlarida o’qitishning interaktiv usullari (visual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klaster, “venna”, Sinkveyn va boshqalar) dan foydalaniladi. Fan o’qituvchisi tomonidan pedagogic va modulli texnologiya tamoyillari asosida “Analitik, fizkolloid va biologik kimyo” fani o’quv mashg’ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi.
Fanning predmeti va mazmuni: Talabalarda kimyoviy bilimlarning nazariy asoslarini va amaliy ko’nikmalarini hosil qilishga yo’naltirilgan. Kimyoning asosiy qonunlari vatushunchalari, kimyoviy moddalarning sinflanishi, xossalari va biologic xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilib, laboratoriya mashg’ulotlari davomida talabalarda kimyoviy tahlil uslublari bo’yicha amaliy ko’nikmalar shakllantiriladi.
|
Fanni o‘qitishdan maqsad – “Analitik va fizkolloid kimyo” fanining asosiy maqsadi veterinariya, zooinjineriya mutaxassisligi talabalarining bilim darajasini kengaytirishga mo’ljallangan. Kimyo sanoatini tez rivojlanishi jamiyatning moddiy texnik bazasini yaratishga muhim shartlardan biri ekanligini nazarda tutib, fan yutuqlaridan xalq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligini ratsional ravishda kimyolashtirish dolzarb masalalarni o‘rgatishdan hamda hozirgi davr talablariga va zamon kutayotgan chorvachilik masalalariga javob bera oladigan mutaxassis tayyorlashdan iborat.
|
Fanning vazifasi – anilitik va fizkolloid kimyo fanining hozirgi zamon yutuqlari bilan tanishtirish;
- asosiy kimyoviy jarayonlar va kimyoviy moddalarning reaksiyaga kirishish qobiliyati to’g’risida tushuncha berish;
- zamonaviy fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy analiz usullarini o’rgatish;
- tirik organizmda kechadigan kimyoviy jarayonlarining nazariy asoslarini o‘rgatish;
- qon va siydik, ozuqa moddalarning tarkibini tahlil etish, kimyo fanlaridan olgan bilimlarni kimyoviy preparatlardan va dorivor moddalardan to’g’ri va samarali foydalanishda qo’llash;
- chorva mollarini saqlash binoalarida sanitariya-gigiena me’yorlariga muvofiq kelishini nazorat qilish;
- ichimlik va oqova suvlarni tarkibini nazorat-tahlil qilishda qo‘llash;
- sog’lom va kasal organizmlarda yuz beradigan biokimyoviy o‘zgarishlarni farqini tushuntirish;
- qishloq xo’jalik hayvonlaridan olinadigan mahsulotlarni ko‘paytirish, uni tannarxini pasaytirish;
- yuqumli va yuqumsiz kasalliklar davomida unga qarshi turish muammolarini biokimyoviy reaksiyalar asosida tushuntirib berishdan iboratdir.
- katoinlarning analitik guruxlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- kationlarning analitik guruxiga umumiy tavsif va shaxsiy reaksiyalarini o‘tkazish uchun reaktivlardan foydalanishni;
- moddaning agregat holatlari, ularning bir-biriga o‘tishi va kimyoviy bog‘lanishlarni:
- kolloid eritmalarning olinish va tozalanish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
|
1-MAVZU: Fanga kirish. Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. Analitik kimyo usullarining sinflanishi. I-II guruh kationlarining qisqacha tavsifi
Reja:
1. Kirish. Analitik kimyo fani va uning metodlari.
2. Sifat analizi usullari.
3. Barcha kationlariga asosiy reaktivlarning ta’siri
4. Kationlarni analitik guruhlarga bo‘linishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |