Analitik kimyoni qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati. Analitik kimyo fani bilan agronomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, zoogigiena, qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish fanlari bevosita bog‘liqdir. Kimyoviy analizsiz xom-ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish ishlab chikarish jarayonlarini tushuntirish mumkin emas. Ekinlardan mo‘l hosil olishda, chorvachilikda, tuproq tarkibini o‘rganishda, turli o‘g‘itlardan foydalanishda analitik kimyo usullaridan keng foydalaniladi. Shuning uchun bo‘lajak agronomlar, agrokimyogarlar, zoomuhandislar biologik jarayonlarning mohiyatini to‘liq tushuna olish imkoniyatini analitik kimyo beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |