Analitik, fizik-kolloid va biologik kimyo


Analitik reaksiyalarning o‘tkazish usullari



Download 6,67 Mb.
bet5/211
Sana10.09.2021
Hajmi6,67 Mb.
#171126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
MAJMUA Anal. fizkolloid kimyo 2020yil (2) mirjahon

Analitik reaksiyalarning o‘tkazish usullari. Analitik reaksiya "quruq" va "ho’l" usullar bilan o’tkazilishi mumkin. Quruq usulda tekshiriladigan modda va reaktivlar qattiq holatda olinadi va reaksiya qizdirish yo’li bilan amalga oshiriladi:

Masalan: Metall tuzlarining alangani bo’yashi, natriy tetraborat (bura) Na2B4O7  10H2O yoki natriy ammoniy gidrofasfat NaNH4HPO4  4H2O lar ba’zi metallarning tuzlari bilan qorishtirganda rangli marvarid (shisha) hosil bo’ladigan reaksiyalar quruq usul bilan o’tkaziladigan reaksiyalar qatoriga kiradi.

Rangli shisha hosil qilish va alangani bo’yash usullari pirokimyoviy usullar deb ataladi.

Eritmalarda o’tkaziladigan moddaning analizi ho’l usul bilan analiz deyiladi. Bunda tekshiriladigan modda oldindan eritilgan bo’lishi kerak. Odatda erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Agarda modda suvda erimasa, kislotalarda eritiladi. Kislotada eritilgan modda kimyoviy o’zgarishga uchrab suvda oson eriydigan birorta tuzga aylanadi.

Masalan:

CuO+H2SO4  CuSO4+H2O

Fe(OH)3+3HCl  FeCl3+H2O

CaCO3+2HNO3 Ca(NO3)2+H2O+CO2

Ni(OH)2+2HNO3 Ni(NO3)2+2H2O

Anorganik moddalarni analiz qilishda ko’pincha tuzlar, kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari bilan ish ko’riladi. Ma’lumki, bu moddalar elektrolitlardir, ya’ni ular suvdagi eritmalarida ionlarga dissotsilangan bo’ladi. SHu sababli "ho’l" usul bilan o’tkaziladigan reaksiyalar odatda, oddiy yoki murakkab ionlar o’rtasida boradi, binobarin bu reaksiyadan foydalanib, to’g’ridan-to’g’ri elementlarni emas, balki ular hosil qilgan ionlari topiladi, topilgan ionlarga qarab tekshiriladigan moddada tegishli elementlar borligi haqida hulosa chiqariladi.

Masalan: HCl yoki xloridlarning eritmasidan hlorni topish uchun AgNO3 ta’sir ettiriladi. Bunda suzmasimon oq cho’kma AgCl hosil bo’ladi. CHo’kmaga qarab hlor borligi aniqlanadi.

HCl + AgNO3  AgCl + HNO3

CaCl2 + 2AgNO3  2AgCl + Ca(NO3)2

BaCl2 + 2AgNO3  2AgCl + Ba(NO3)2 (1)

va hokazo.

Cho’kmadan tashqari tuzlarning hammasi eritmalarda tegishli ionlarga ajralgan holda bo’ladi, ya’ni:

Ba2+ + 2Cl- +2Ag+ + 2NO3- = 2AgCl + Ba2+ + 2NO3- (2)

Bir hil ionlarni reaksiya tenglamasidan tushirib qoldirilsa, unda reaksiya tenglamasi quyidagi ko’rinishda yoziladi:

2Cl- + 2Ag+ = 2AgCl

Tenglamaning ikkala tomonini bir hil songa qisqartirish mumkin bo’lgan hollarda qisqartiriladi, masalan, yuqoridagi reaksiya tenglamasini ikkiga qisqartirib yoziladi:

Cl- + Ag+ = AgCl (3)

(1)-reaksiyaning molekulyar tenglamasi, (2)-reaksiyaning molekulyar ionli tenglamasi, (3)-reaksiyaning molekulyar-ionli qisqartirilgan tenglamasi.




Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish