NaC1+CH3SOON+UO2(CH3COO)2= NaCH3COOUO2(CH3COO)2+HC1
3. Alangani bo’yalishi. Natriy tuzlari gorelkaning rangsiz
alangasini sariq tusga bo’yaydi.
NH +4 kationiga xos reaksiyalar
Reaksiyalarni NH4Cl, (NH4)2SO4 tuzlarining birontasining eritmasidan foydalanib o’tkaziladi.
1.Ishqorlar (NaOH yoki KOH) ta’siri
Ammoniy tuzlariga ishqor qo’shib qizdirilganda ammiak ajralib chiqadi.
NH4C1+NaOH=NaC1+NH3+H2O
NH4++OH- =NH3+H2O
Reaksiyaning bajarilishi: 2 —3 t NH4Cl eritmasiga 3 — 4t NaOH qo’shib probirka suv hammomida qizdirilgan ammiak ajralib chiqadi. Probirkaning og’ziga xo’llangan universal indikator qog’ozi qo’yilganda rangining o’zgarishiga e’tabor bering.
2.Nessler reaktivi 4KOH+ K2[HgJ4] ta’siri.
Ammoniy tuzlari Nessler reaktivi bilan qizil —qo’ng’ir oksidimerkurammoniy yodid cho’kmasini hosil qiladi.
NH4Cl+4KOH +2K2[HgJ4]= [O<HgHg>NH2]J+7KJ+KCl+3H2O
Reaksiyaning bajarilishi: 1t NH4Cl eritmasiga 4—5t H2O va 1 —2t
Nessler reaktivi qo’shilganda qizil — qo’ng’ir cho’kma hosil bo’ladi.
3.Eritmadan NH4+kationini yo’qotish
Eritmadagi Na+ va K+ kationlarini aniqlash uchun NH4+ kationi halal beradi. Shuning uchun tekshirilayotgan eritmaning hammasi chinni kosachada ehtiyotkorlik bilan bug’latiladi. Oq bug’larning ajralib chiqishi to’xtagandan so’ng, qoldiq yana 10 minut qizdiriladi, sovitiladi, ozgina suv qo’yib qoldiq eritiladi. Eritmadan 2t olib ustiga 3—4t Nessler reaktividan qo’shilganda qizil qo’ng’ir cho’jmaning hosil bo’lmasligi NH4+ kataonini to’liq yo’qotganligini ko’rsatadi. Demak ammoniy tuzlari qizdirilganda parchalanib ketar ekan
H4Cl—>NH3+HC1
(NH4)2CO3—>NH3+CO2+H2O
Mg2 + kationiga xos reaksiyalar
Reaksiyalarni MgCl2 yoki MgSO4 eritmalari bilan o’tkaziladi.
1.Ishqorlar (NaOH yoki KOH) ta’siri
O’yuvchi ishqorlar NaOH yoki KOH Mg2+ kationi bilan oq amorf cho’kma Mg(OH)2 ni hosil qiladi.
MgC12+2KOH= Mg(OH)2+2KC1
Mg2++2(OH)-= Mg(OH)2
Ushbu reaksiya yordamida Mg2+ kationi Na+, K+, NH4+ kationlaridan ajratiladi. Mg(OH)2 cho’kmasi kislotalarda va ammoniy tuzlarda eriydi.
Mg(OH)2+2HNO3=Mg(NO3)2+2H2O
Mg(OH)2+2NH4C1=MgC12+2NH4OH
Reaksiyaning bajarilishi: 2 —3t MgCl2 eritmasiga o’shancha miqdor KOH eritmasidan qo’shilganda oq amorf cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kmani kislotalarda va NH4C1 eritmasida erishini sinab ko’ring.
Natriy gidrofosfat Na2HPO4 ta’siri
Magniy tuzlari NH4OH va NH4Cl eritmasi ishtirokida Na2HPO4 eritmasi bilan, mineral kislotalarda va CH3COOH da eriydigan qo’shaloq tuz ammoniy magniy fosfat oq kristall cho’kmasini hosil qiladi.
Reaksiyaning bajarilishi; 2—3t MgCl2 eritmasiga 2t NH4Cl, 4t Na2HPO4 eritmasidan qo’shiladi. So’ngra ishqoriy muhit hosil bo’lguncha 2n NH4OH eritmasidan tomchilab qo’shing. Agar probirka devorlari chayqatab turilsa cho’kma hosil bo’lishi tezlashadi.
3. Eruvchan karbonatlar ta’siri
Mg2+ tuzlari Na2CO3 eki K2CO3 eritmasi ta’siridan asosli tuzlar hosil qilib cho’kmaga tushadi.
2MgC12+2Na2CO3+H2O= (MgOH)2CO3+CO2+4NaCl
2Mg2++2CO32-+H2O= (MgOH)2CO3+CO2
Reaksiyaning bajarilishi: 2—3t MgS12 eritmasiga 2—3t Na2CO3, eritmasidan qo’shib qaynaguncha qizdirilganda oq cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kma kislotalarda va ammoniy tuzlarida eriydi.
4-LABORATORIYA ISHI
IKKINCHI ANALITIK GURUH KATIONLARIGA SIFAT REAKSIYALARI
Kationlarning II – analitik guruxiga umumiy xarakteristika. Ikkinchi guruh kationlariga Ba2+, Ca2+ va Sr2+ ionlari kiradi. Bu kationlarning karbonitlari suvda erimaydi, kislotalarda yaxshi eriydn. Ana shuning uchun (NH4)2CO3 guruh reageiti hisoblanadi. BaS, CaS va SrS sulfidlar suvda yaxshi eriydi, shu xossasiga asoslanib II — guruh kationlari sulfidlarini, suvda erimaydigan III —V guruq kationlaridan ajratish mumkin. Ba2+, Ca2+ va Sr2+ ionlari rangsiz kationlardir. Kislotali tuproqda Sa2+ ionlari N+ ionlariga, sho’rxok tuproqlarda esa Na+ kationlariga almashgan bo’ladi. Kislotali tuproqlarga CaCO3, sho’rxok tuproqlarga esa CaSO4•H2O gips qo’shiladi. Tarkibida kalsiy va fosfor bo’lgan birikmalar qishloq xo’jaligida o’g’it sifatida ishlatiladi.
Ca3(PO4)2+2CaSO4 — fosfat tolqoni.
Ca(H2PO4)2 +2CaSO4 — oddiy superfosfat.
Ca(H2PO4)2 — qo’sh superfosfat.
CaHPO4•2H2O —presipitat.
CaSN2 — defoliant,
Ca(NO3)2 — kalsiyli selitra.
BaC12 va BaCO3 zaharli ximikatlar sifatida ishlatiladi.
Gurux reagentini ta’siri
Ba2+, Ca2+ va Sr2+ kationlari guruh reagenti (NH4)2CO3 ta’siridan suvda erimaydigan, lekin kislotalarda eriydigan karbonatlar holida cho’kadi.
CaC12+(NH4)2CO3= CaCo3+2NH4Cl
Ca2++CO32- = CaC O3
Ba2++CO32- = BaCO3
Sr2++CO32- = SrCO3
Guruh reagenti bilan II—guruh kationlarini cho’ktirishda qo’yidagilarga e’tibor berish kerak.
1. Guruh reagenti suv ta’siridan gidrolizlanadi bu jarayonni to’xtatish uchun Le —Shatele qoidasiga muvofiq eritmaga NH4OH qo’shish kerak.
(NH4)2CO3+HOH NH4HCO3+NH4OH NH4OH qo’shilganda muvozanat o’ngdan chapga siljiydi.
2. Ammoniy karbonat qisman ammoniy karbaminatga aylanishi mumkin, uni yo’qotish uchun reaksiyani 70 — 80°S olib borish kerak.
(NH4)2CO3 NH2COONH4+H2O
3. Ammoniy gidroksid qo’shilganda, erkin kislotalar neytrallanadi, natijada muhit ishqoriy bo’lib Mg2+ asosli tuz hosil qilib cho’kmaga tushadi. Eritmaga NH4C1 eritmasidan qo’shilsa muvozanat chapga siljiydi.
2MgCl2+2(NH4)2CO3+H2O [Mg(OH)]2CO3+2NH4Cl+CO2
Demak IIguruh kationlarini (NH4)2CO3 ta’sirida NH4OH+NH4Cl li bufer eritma ta’sirida (pH=9.2) va eritmani 70—80°S gacha. suv xammomida qizdirish yo’li bilan cho’ktirish lozim. Reaksiyaning bajarilishi: 2--3t BaC12 eritmasiga, 1t dan 2n NH4OH va 2n NH4Cl eritmasidan qo’yib, probirkani suv hammomida. 70— 80°S da qizdirib, 2—3 t (NH4)2CO3 eritmasi qo’shilsa oq cho’kma — BaCO3 xosil bo’dadi.
Ba2+ kationiga xos reaksiyalar
Reaksiyalarni BaC12 yoki Ba(NO3)2 eritmalari bilan o’tkaziladi.
1. Kaliy bixromatK2Cr2O7 tasiri
Cr2O72- ionlari suv molekulalari bilan ta’sirlashib Cr O42- ionlarini hosil qilgani uchun Ba2+ ionlar K2Cr2O7 bilan kutilgandek BaCr2O7 emas, balki sariq cho’kma BaCrO4 holida cho,kmaga tushadi.
C r2O72-+HOH Cr O42-+2H+
2 BaC12+K2Cr2O7+2H2O= 2BaCrO4+2NCl+2KC1
2Ba2++Cr2O72-+H2O=2BaCrO4+2H+
BaCrO4 cho’kmasi kuchli kislotada eriydi.
Reaksiyaning bajarilishi: 2 — 3wt BaC12 eritmasiga 1t CH3 COONa, 1 — 2n K2Cr2O7 eritmalari qo’shilganda sariq cho’kma hosil bo’ladi.
2. Sulfatlar ta’siri
Ba2+ ionlari CO42- ionlari ishtirokida oq cho’kma BaSO4 ni hosil qiladi.
BaC12+Na2SO4= BaSO4+2NaC1
Ba2++SO42-= BaSO4
Reaksiyaning bajarilishi: 2 —3 t BaCl2 eritmasiga 2 —3t Na2SO4 eritmasi qo’shilganda oq cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kma suvda, HC1, HNO3, H2SO4 larda erimaydi, lekin Na2CO3 ni to’yingan eritmasidan qo’shib qizdirilsa kislotalarda eruvchan BaCO3 hosil bo’ladi.
BaSO4+Na2CO3=BaCO3+Na2SO4
BaCO3+2CH3COOH=Ba(CH3COO)2+CO2+N2O
3. Ammoniy oksalat (NH4)2C2O4 ta’siri
Ammoniy oksalat tuzi Ba2+ ionlari bilan mineral kislotalarda eriydigan oq kristall cho’kma BaC2O4 ni hosil qiladiyu.
BaC12+(NH4)2C2O4= BaC2O4+2NH4C1
Ba2++C2O42- = BaC2O4
Reaksiyaning bajarilishi: 2—3t BaC12 eritmasiga 2—3t (NH4)2C2O4
eritmasi qo’shilsa oq cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kma HNO3 da eriydi.
BaC2O4+2HNO3=H2C2O4+Ba(NO3)2
4. Kaliy xromat K2CrO4 tasiri
Kaliy xromat tuzi Ba2+ ionlari bilan mineral kislotalarda eriydigan sariq rangli BaCrO4 ni hosil qiladi.
BaC12+K2CrO4 = BaCrO4+ 2KCI
Ba2++CrO42- = BaCrO4
Reaksiyaning bajarilishi: 2--3t BaC12 eritmasiga 2--3t K2CrO4 eritmasi qo’shilganda sariq cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kma HC1 da eriydi.
BaCrO4+2HC1=H2CrO4+BaC12
5. Natriy gidrofosfat Na2HPO4 ta’siri
Natriy gidrofosfat tuzi Ba2+ ionlari bilan kislotalarda eriydigan oq cho’kma BaHPO4 ni hosil qiladi.
BaC12+Na2HPO4= BaHPO4+2NaC1
Ba2++HPO42- = BaHPO4
Reaksiyaning bajarilishi: 2 —3t BaC12 eritmasiga 2-3t Na2HPO4 eritmasi qo’shilganda oq cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kma HNO3 da eriydi.
BaHPO4+2HNO3=Ba(NO3)2+Ba(H2PO4)2
Do'stlaringiz bilan baham: |