Analitik, fizik-kolloid va biologik kimyo



Download 6,67 Mb.
bet144/211
Sana10.09.2021
Hajmi6,67 Mb.
#171126
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   211
Bog'liq
MAJMUA Anal. fizkolloid kimyo 2020yil (2) mirjahon

3-4-LABORATORIYA ISHI
Kationlarning birinchi analitik guruhi va ularning birikmalarini

biologik axamiyati.

Birinchi guruh kationlari analizining nazariy asoslariga anorganik kimyo bosqichida mukammal o’tilgan elektrolitik dissosiyalanish nazariyasi, vodorod ko’rsatkich, kimyoviy muvozanat va bufer eritmalarning ta’sir etish mexanizmlarini qisman eslash zarur.



Birinchi analitik guruhga K+, Na+, NH4+ va Mg2+ kationlari kiradi. Bu kationlarning hammasi rangsiz. Kaliy, natriy, ammoniyning deyarli hamma tuzlari, gidroksidlari suvda yaxshi eriydi, shuning uchun guruh reagentn yo’qdir.

Birinchi guruh kationlarining birikmalari muhim ahamiyatga ega. Ularning xlorid, nitrat, sulfat va karbonat tuzdari tuproqdan suvga tez o’tadi. SHo’rlangan tuproqda NaCl, KCl, Na2SO4 va NaHCO3 ko’p miqdorda uchraydi. K+ va NH4+ kationlari mineral o’g’itlar tarkibiga kiradi. NH4H2RO4, (NH4)2 HPO4, (NH4 )3 PO4.

NH4NO3,(NH4)2SO4, KNO3, KCl, K2CO3 va K2SO4 tuzlari holida mineral o’g’it sifatida ishlatiladi.

Birinchi gurux kationlarining sifat reaksiyalari

Analitik kimyodan laboratoriya mashg’ulotlari o’tkaziladigan xonalarda har bir talaba uchun alohida joy ajratilishi kerak. Ish joyida har ikki talaba uchun gaz gorelkasi, metall shtativ, probirka tutkich, probirkalar uchun shtativ, suv hammomi, asbestlangan to’r, pipetka, shisha tayoqchalar, reaktivlar turaditan shtativ — analitik shtativ va probirka yuvish uchun shyotka bo’lishi kerak.

Bulardan tashqari laboratoriya xonasida elektr pechi, sentrifuga, suv nasosi bo’lishi shart.
Kaliy kationiga (K+) xos reaksiyalar.

Reaksiyalarni KC1, K2 SO4, KNO3 tuzlarining birontasining eritmasidan foydalanib o’tkaziladi.



1. Natriy gidrotartorat NaHC 4H4O6 ta’siri Natriy gidrotartorat eritmasidagi K+ ionining konsentrasiyasi etarli bo’lganda kaliy gidrotartorat — oq kristall cho’kmasini hosil qiladi.

K C1+NaHC4H4O6= KHC4H4O6+NaC1

K ++Cl--+Na+ +HC4H4O6-= KHC4H4Ob+Na++C1--

K ++HC4N4O6---= KHC4N4O6

Hosil bo’lgan cho’kma mineral kislotalarda, ishqorlarda va issiq suvda eriydi.



KHC4H4O6+HC1=H2C4H4O6+KC1 KHC4H4O6+NaOH=NaKC4H4O6+H2O

Reaksiyaning bajarilishi: 2 — 4t KC1 eritmasiga 3—-5t reaktivdan qo’shib, probirkani devorlari shisha tayoqcha bilan ishqalab sovuq suv oqimida sovitilsa, oq kristall cho’kma hosil bo’ladi.

2. Natriy kobaltinitrit Na3[ CO(NO2)6 ]tasiri.

Kaliyning neytral yoki kuchsiz kislotali eritmasiga reaktivdan qo’shilganda Kaliy —Natriy kobaltiteksanitritni K2Na[Co(NO2)6]

sariq kristall cho’kmasi hosil bo’ladi.



2KCl+ +Na3[Co(NO2)6]= K2Na[Co(NO2)6]+2NaS1

2K++Na+[Co(NO2)6]3= K2Na[Co(NO2)6]

Xuddi shunday cho’kmani NH4+ ham hosil qiladi, shuning uchun reaksiyani uning ishtirokisiz o’tkazish kerak.

Reaksiyaning bajarilishi: 2—3 t KC1 eritmasiga 2-3t yangi tayyorlangan reaktivdan qo’shilganda sariq kristall cho’kma hosil bo’ladi.

Analiz qilinayotgan eritma pH=7 atrofida bo’lishi kerak, agar eritmani muhiti ishqori bo’lsa reaktiv parchalanib Co(OH)2 ni hosil qiladi.

Na3[Co(NO2)6]+3NaOH= Co(OH)3+6NaNO2

3. Alangani bo’yalishi. Kaliy tuzlarl gorelkaning rangsiz alangasini binafsha tusga kiritadi.


Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish