Savollar va topshiriqlar
Nima uchun ko’k lakmus qog’oziga chumoli yoki sirka kislota tomizilsa qog’oz qizaradi?
Nima uchun sirka kislota kaltsiy karbonat bilan reaksiyaga kirishadi-yu, kaltsiy sulfat reaksiyaga kirishmaydi?
Sirka kislotani kaltsiy karbonat bilan reaksiya tenglamasini yozing.
8- tajriba:. Sovunning hossalari
Reaktivlar: sovunning 1% li eritmasi, 10% li H2SO4, kaltsiy xloridning 5% li eritmasi.
Ish tartibi. a) sovundan yog’ kislota olish. Probirkaga 3-4 ml sovunning 1% li eritmasidan olib, unga 10% li H2SO4 eritmasidan 1-2 ml qo’shib chayqating. Bir oz vaqt o’tgandan so’ng, suvdan ajralib chiqqan kislota probirkadagi aralashmaning yuqori qismida qotib qoladi.
b) sovunning erimaydigan tuzini olish. Probikaga sovun eritmasidan 2-3 ml qo’yib, unga kaltsiy xlorid eritmasidan bir necha tomchi qo’shing va chayqating. Natijada sovunning suvda eritmaydigan kaltsiyli tuzi cho’kmaga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |