Analitik, fizik-kolloid va biologik kimyo


Kirish. Analitik kimyo fani va uning metodlari



Download 6,67 Mb.
bet2/211
Sana10.09.2021
Hajmi6,67 Mb.
#171126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
MAJMUA Anal. fizkolloid kimyo 2020yil (2) mirjahon

1. Kirish. Analitik kimyo fani va uning metodlari. Analitik kimyo oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlashda muhim o’rin tutadi, shuningdek, u barcha kimyo fanlarini o’rganishda tayanch bo’lib xizmat qiladi.

Keyingi yillarda analitik kimyo fanining xalq – xo’jaligidagi roli tobora kengayib bormoqda. Qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’itlar, o’simliklarni turli zararkunandalardan himoya qilish preparatlari (gerbetsid, pestitsid shu kabilar) ishlab chiqarishda, analitik kimyoning roli beqiyos.

Tibbiyotda dori – darmonlar tayyorlash ham analitik kimyo usullaridan foydalanib o’tkaziladi. Analitik kimyo fani - moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini analiz qilishning nazariy asoslari va usullarini o’rganadigan fandir. Analitik kimyo sifat va miqdor analizidan iborat. Sifat analizining vazifasi tarkibi noma`lum modda yoki aralashmaning tarkibiy qismlarini, ya`ni u qanday element yoki ionlardan tarkib topganligini aniqlashdir. Miqdoriy analizning vazifasi esa moddadagi yoki aralashmadagi bir yoki bir necha tarkibiy qismlar miqdorini aniqlashdan iboratdir.

Analizni to’g`ri va to’la olib borish uchun analitik kimyo usullarini mukammal bilish va bеrilgan masalani hal qilish uchun eng qulay usulni tanlab olish kеrak.

Har qanday analizni muvaffaqiyatli tеkshirish uchun namuna olish, uni analizga tayyorlash, zarur hollarda tеkshiriladigan moddani boshqalaridan ajratish, konsеntrlash amallarini qay darajada mukammal va to’g`ri bajarilishiga bog`liq. Analitik uchun namuna olish, moddalarni ajratish, konsеntrlash, analizni bajarishgina ahamiyatli bo’lib qolmasdan, o’lchash, olingan natijalarni to’g`ri baholash, ularni talqin qila bilish juda muhimdir. Shuni unutmaslik kеrakki, analizning har bir bosqichi, har bir amali aniq bajarilishi kеrak. Aks holda arzimagan amal katta xatolarni kеltirib chiqaradi.

Sifat analizi odatda miqdoriy analizdan oldin o’rganiladi, chunki tekshiriladigan moddaning oldindan, ma`lum bo’lgan birorta tarkibiy qismining foiz miqdorini aniqlash zarur bo’lganda ham, sifat tarkibini o’rganmay aniqlab bo’lmaydi. Shuning uchun moddalarni analiz qilishga doir muammolarni kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullapni qo’llash bilan hal etish mumkin.

Kimyoviy usul bilan ish ko’rilganda aniqlanishi lozim bo’lgan element yoki ion o’ziga hos hususiyatli biror birikmaga aylantiriladi va ayni birikma hosil bo’lganligi asosida xulosa qilinadi. Analizning fizikaviy usullari moddaning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy hossalari o’rtasidagi bog’lanishdan foydalanishga asoslangan (spektral, lyuminescent, rengenostruktura va hokazo.).

Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reaksiyalar jarayonida fizikaviy hossalarining o’zgarishini aniqlashga asoslangan. Bu uchala analiz usullari orasiga hamma vaqt keskin chegara qo’yib bo’lmaydi. Ba`zan fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullari instrumental analiz usullari deyiladi. (spektral, elektrokimyoviy, hromatografik, ekstrakciya va boshqalar).



Analitik kimyo- har xil moddalar va ular aralashmasining sifat va miqdoriy tarkibini o‘rgatuvchi fandir. Bu fan sifat va miqdoriy analiz usullariga bo‘linadi. Sifat analizi- analiz qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasi qanday kimyoviy elementlardan (atomlar, ionlar yoki ionlar guruhidan) tashkil topganligini aniqlash usullarini o‘rgatadi. Miqdoriy analiz- aniqlanayotgan moddada kimyoviy elementlarning qancha miqdorda borligini aniqlash usullarini o‘rgatadi. Murakkab moddalar, avvalo, sifat analiz qilinib, so‘ngra tekshirilayotgan elementlarning massa foizlari, ya'ni miqdorlari aniqlanadi. Analitik kimyoni usullari moddalarning turli xususiyatlariga asoslanadi. Masalan, moddalarning cho‘kmaga tushishi, rangi, gaz holatda bo‘lishi kabi xossalarga asoslanib analitik usullar yaratilgan. Bu usullarni uch guruhga kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarga ajratish mumkin. Kimyoviy usullar kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Analiz jarayonida ishlatiladigan, reaksiyalar analitik reaksiyalar ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa, reagentlar deyiladi. Fizikaviy usullarda kimyoviy reaksiyalardan foydalanilmaydi, faqatgina moddalarning fizikaviy xususiyatlari tekshiriladi. Analizning fizik-kimyoviy usullari kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir bo‘ladigan fizikaviy o‘zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar xilma-xil murakkab tuzilishga ega bo‘lgan asboblarni qo‘llashni talab etadi. Ana shu sababli kimyoviy analiz metodlari qulay va ularning qishloq xo‘jaligida qo‘llanilish sohasi ham kengdir.


Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish