Savol va topshiriqlar
YuHX usulida moddalarning(fenollarning) tozaligini aniqlashning mohiyatini tushuntiring.
Dog‘larning taqsimlanish koeffitsienti Rf o‘zgarmas kattalikmi yoki yo‘qmi? Uning qiymati qanday omillarga bog‘liq?
Fenol, rezorsin va pirokatexinlarni silufol plastinkada xloroform-etanol(4:1) sistemada Rf aniqlang va bu Rf ni 5-tajribada olingan natijalar bilan solishtiring.
Karbon kislotalarga xos tajribalar.
6- tajriba:. Chumoli kislotaga hos reaksiyalar
Reaktivlar: konsentrlangan chumoli kislota 10% li chumoli kislota eritmasi, konts. H2SO4, 10% li H2SO4 eritmasi, 1% li KMnO4 eritmasi, kumush oksidining ammiakdagi eritmasi, ohakli suv.
Ish tartibi. a) << kumush ko’zgu >> reaksiyasi. Dastlab kumush oksidning ammiakdagi eritmasi tayyorlanadi. Bu tayyorlangan eritmadan 2-3 ml olib, uning ustiga 0,5 ml suyultirilgan chumoli kislota ( yoki natriy formiat eritmasi ) qo’shing. So’ngra aralashmani extiyotlik bilan suv hammomida qizdiring. Bunda qaytarilgan toza kumush probirka devoriga yopisib << kumush ko’zgu >> hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |