I BOB BO‘YICHA XULOSA
Amir Temur, avvalo, Movarounnahrda og‘ir va echilishi mushkul, hayot-mamot masalasi bo‘lgan, 150 yil davomida ajdodlarimizning tinkasini quritgan Mo‘g‘ullar zulmiga barham berdi. U Movarounnaxrni yagona davlatga birlashtirish bilan chegaralanmadi-davlatning siyosiy, xuquqiy, iqtisodiy va ma’naviy asoslarini shakllantirib, mustaxkamlab, buyuk saltanat darajasiga ko‘tardi. 27ta davlatni birlashtirgan Amir Temur saltanatiga mahobati, ma’naviy va ilmiy kashfiyotlarining boyligi, barqarorligi hamda qudrati borasida o‘sha davrning bironta davlati tenglasha olmaydi. Bu tarixiy xaqiqatdir.
Sohibqiron Amir Temurning buyuk saltanati juda katta boy ma’naviy madaniyat asosida qurilgan bo‘lib, bu poydevor Temurning shavkatli davlati, iqtisodiy salohiyati, jaxongrilik faoliyati, vatanparvarlik qudratini tayanchi edi. Amir Temur fan, madaniyat sohasida to‘g‘ri siyosat olib boradi. Bu davrning madaniyat arboblari, ham SHarq, ham G‘arb ma’naviyati yutug‘idan baxramand bo‘ladilar.
Amir Temur davrida nafis san’at sohasida ham katta ishlar amalga oshiriladi. Samarqand atrofida qurilgan 12 ta chorbog‘, 10 ga yaqin yo‘ldosh shaxarchalarning qasrlari rang-barang naqshlar bilan bezatilgani ma’lum. Xar bir chorbog‘ qasrni o‘ziga xos san’at koshonasiga tenglashtirish mumkin.
Amir Temur asos solgan bog‘lar Turkiston moddiy madaniyatida alohida o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tish lozim.
Temur va Temuriylar davrida qurilgan masjidla, madrasalar, maqbaralar, xaziralar, saroylar, chorbog‘lar, arxitektura san’atining asosiy inshootlari hisoblangan.
Registon, Ko‘kaldosh, Bibixonim, Jome’ masjidi, YAssidagi Ahmad YAssaviy maqbarasi, SHaxrisabzdagi ko‘k gumbaz masjidi, Qozizoda Rumiy maqbarasi, Oq-saroy maqbaralari, Xirotdagi Ixlosiya madrasasi, Buxoro, Marv va o‘nlab shaxarlardagi qurilgan binolar umuminsoniy qadriyatlar sifatida jaxon tarixchilari fikrini o‘ziga jalb qilib keladi.
Amir Temur bunyodkorlik soxasida ham katta o‘zgarishlar qilib, jaxon me’morchiligini bemisl darajada boyitdi. Temur tomonidan qurdirilgan imoratlarni yuz yillardan keyin ko‘rgan va bundan qattiq xayratga tushgan venger olimi X.Vamberi uning bu faoliyatiga shunday baho bergan:
“Samarqandning shavkatli davridan qolgan me’moriy asarlar xozirgi zaif xoli bilan qiyoslansa, bugungi muxtasham binolarning tavsiyalari mubolag‘ali tuyulmaydi. Sulton Xudobanda tarafidan Sultoniyada yuz yil ilgari qurilgan masjidning go‘zalligi Temur tarafidan bunyod etilgan hozirgi Samarqandning xarobalari ustida qad ko‘targan “Masjidi shoh”ning go‘zal mahobati bilan tenglasha olmas”.
Sultoniya shaxrilik tarixchi va arxeologi Jan (Ioann)ning “Amir Temur va uning saroyi xaqida xotiralar ” (Memories sur Tamerlan et sa cour) asarida Amir Temurning hayoti va uning xalqi xususida shunday yozadi: Temurbeyning turmush tarzi va xalqi haqida shunday deyish mumkin: u har doim ochiq dalada harir shohi chodir ostida umr o‘tkazdi, zero uning xalqi shunchalik ko‘pki, barchasi shaharda yashay olmaydi. Biroq ularga zarur barcha narsa xuddi shaxarlardagidek bu erga olib kelinadi, sotiladi va xarid qilinadi, bu erga uzoq o‘lkalardan oziq-ovqat maxsulotlarini olib keluvchi savdogarlar juda ko‘p.
Bu yerda parrandalar, boshqa turfa xil maxsulotlar xam sotiladi. Temurbeyning odamlari juda qimmatbaxo nafis shoxi matolar va xarir jun matolardan kiyim kiyadilar. Ulug‘lari esa konstantinopol imperatori kabi bosh kiyim kiyadilar, martabalari qanchalar baland bo‘lsa-da, bosh kiyimlariga qimmatbaho toshlar qadamaydilar va ayrimlari turklarga o‘xshab dumaloq kokilez kiyadilar.
Temurbeyning fuqarolari saranjom-sarishta odamlar, ular erda stol va kursisiz ovqatlanishadi. Bu erlarda go‘sht va guruch serob, ular mutlaqo non eyishmaydi, biroq ajnabiylar to‘yguncha non eyishlari mumkin. Zero, xar qadamda non mo‘l.
Uning saroyida sharob ichish taqiqlangan, nasroniylar esa ichishlari mumkin. U xam bo‘lsa faqat kechki ovqat oldidan, ovqatdan so‘ng suv va qimiz ichiladi. Bir qimizki, sharobdan kam kayf bermaydi. Ularning donli ekinlardan tayyorlanadigan yana boshqa ichimligi bo‘lib, uning (bo‘zaning) rangi sutdek oppoq va sharobdek kayf beradi.
Uning saroyida nomussiz ayollarning yashashi ta’qiqlangan, xar kishining o‘z xotini va mol-mulki bor. ayollar erkaklar kabi mohir chavandozdir. Ular yaxshi kiyinib oladilar, otda yurganlarida faqat burun va ko‘zlari ochiq bo‘ladi.
Odamlarning yuzlari keng va osiyoliklarga xos, xamma qatori yashashadi va ular saratsinlar (musulmon sunnalar) mazhabidandir.
Temurbey ziyofatlarda tilla, kumush idishlarda ovqat eydi va o‘z oldidagi go‘shtni vassallari, shaxzodalar, zodagonlar, elchilar bilan baxam ko‘radi. Agar o‘zi chaqirmasa, yoniga borishga xech kim jur’at eta olmaydi. O‘g‘illari va beklari xam ruxsatsiz uning yoniga borib o‘tirmaydilar.
Prezidentimiz Islom Karimov Parijda Amir Temur tavalludining 660 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanalarda so‘zlagan nutqida uning tarixdagi olamshumul faoliyatga shunday baho bergandi: “Bu erda XV asrdayoq Amir Temurga yodgorlik o‘rnatilib, unga “Yevropa xaloskori” degan ramziy ma’noli so‘zlar yozib qo‘yilgan. Ayni Amir Temur bosqinchi to‘dalarning Evropa ichkarisiga qilayotgan xarakatiga chek qo‘yganini, boshqa tajovuzkorlik yurishlarini uzoq muddatga to‘xtatib qo‘yganini xozir inkor qilib bo‘lmaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |