1.3. Temur va Temuriylar davrida tasviriy san’at.
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida tasviriy san’at va xalq amaliy bezak san’atining rang-barangligi madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. Inson ongi faoliyatining ajralmas qismi bo‘lishi badiiy tafakkur va shunga muvofiq badiiy ijodiy faoliyat insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida juda katta axamiyatga ega bo‘ldi. Bunday faoliyat natijasida kelib chiqadigan badiiy – estetik idrok qobiliyati kishilarda olamni, undagi mavjudotlar, narsalar va voqea-xodisalarni, atrof-muxitdagi shakllar va ranglarni turfa shakl shamoyilda qaytadan aks ettirishga xavas uyg‘otadi.
Shakl va ranglarning real hamda stillashtirilgan tasvirlarini yaratish shu tariqa kelib chiqdi va u o‘z navbatida, odamlarning kundalik turmushlaridan o‘rin ola boshladi.
Xalq amaliy san’atining Temur va temuriylar davrida gurkirab rivojlanishi va yuksalishi ko‘p jixatdan Amir Temur shaxsiga bog‘liq. Amir Temur o‘zi barpo ettirgan xar bir qurilish ishlarida, ularni bezashda xalq amaliy san’atining xamma turlaridan, masalan, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, ganjkorlik, rassomlik va boshqa turlaridan unumli foydalanib yuqori cho‘qqilarga ko‘tardi.
Xalq amaliy san’atining zargarlik, zardo‘zlik, kandakorlik, tosh o‘ymakorligi, naqqoshlik, ganchkorlik va boshqa turlari haqida eramizning 1-asridayoq kishilar bu san’atlarning ajoyib xususiyatiga ega ekanligini bilib, qal’alar, karvonsaroy va boshqa joylarni bezay boshlaganlar. Bu esa Buyuk ipak yo‘li o‘tgan mamlakatlar madaniyatini hamkorligini mustaxkamlashga xizmat qilgan.
Amir Temur O‘rta Osiyo madaniyati va san’atini rivojlantirishda katta xissa qo‘shdi. Amir Temur o‘z poytaxti Samarqandning qurilishi va obodonligi uchun xarakat qilish bilan bir qatorda Xuroson (Afg‘oniston), Eron, Xindiston va boshqa o‘lkalardan eng mashhur xunarmandlarni, san’atkorlarni poytaxtga jalbetdi. Nafis tasviriy san’atning naqqoshlik, me’morchilik, arxitektura, xattotlik kabi turlarini rivojlantirishda ulardan unumli foydalandi.
Bu bilan Sohibqiron Amir Temur jaxon xalqlarining madaniyatini, xalqlar hamkorligini, tinch totuvligini, ososyishtaligini, birdamligini, yakdilligini va boshqa jixatlarini rivojiga katta e’tibor berdi.
Buyuk ispan elchisi Rui Gonzales Klavixo Amir Temur saroyida o‘zbek milliy kashta bezaklarini ko‘rganini o‘z kundaligida yozib qoldirgan.
Bu esa o‘sha davrda xalqlar o‘rtasidagi madaniy xamkorlikning yuksalganini ko‘rsatadi. Amir Temurning qurdirgan imoratlarida shunday yozuvlar hozirgi davrgacha saqlanib qolgan, ya’ni “Bizning qudratimizga ishonmasangiz, biz qurgan bu binolarga boqing. ”-degan yozuvlarni uchratish mumkin. Bu esa jaxon xalqlarining Turon xalqlariga munosabatini o‘zgarishiga, hamkorlikning rivojlanishiga, ravnaq topishiga, madaniyatning yuksaklishiga xizmat qildi.
Amir Temur xukmronligi ostida bo‘lgan barcha o‘lkalardan kelgan, me’morlar, xunarmandlar, ustalar, olimlar o‘zlari bunyod etayotgan inshootlarga butun bilimlari, hunarlari va san’atkorona mahoratlarini baxsh etganlar. O‘sha davrda Samarqand va Movarounnaxrning boshqa joylarida bunyod etilgan juda ko‘p xashamatli tarixiy, madaniy obidalarda O‘rta Osiyo xalqlaridan tashqari butun yaqin va O‘rta SHarq xalqlarining o‘ziga xos, sermazmun badiiy-estetik merosining sitezi qorishib, uyg‘unlashib ketgan edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yurtimizga tarixiy obidalar va undagi xalq amaliy bezakgi san’ati bilan tanishish, ularni ziyora qilish niyatida hozirgi kunda dunyoning turli burchaklaridan sayyoxlar kelishmoqda. Bu esa tarixiy merosimizga xurmatni, xalqaro madaniyatni, xamkorlikni rivojlanishi timsoli bo‘lib qolmoqda.
Xalqlar orasidagi do‘stlikni, tinch-totuvlikni va madaniyatni yuksaltirishda sayyohlik, turizm hamda sportni o‘rni beqiyosdir. Mamlakatimizga kuniga 150-200ta sayyohni kirib kelishi madaniyatni jahon miqyosida yuksalishining eng oliy namunasi bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |