Amir temur obrazini kompozitsiyada aks ettirish


Amir Temur va Temuriylar davrida madaniy hayot



Download 0,91 Mb.
bet5/13
Sana06.03.2022
Hajmi0,91 Mb.
#484357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2019 BMI

1.2. Amir Temur va Temuriylar davrida madaniy hayot
Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnaxr va Xurosonda madaniyat o‘z rivojining yuksak cho‘qqisiga chiqadi. Temuriylar sulolasining yalovbardori ulug‘ Amir Temurni shu paytga qadar o‘tgan jaxongirlarning birontasi bilan xam qiyoslab bo‘lmaydi. Bu fikrni ulug‘ bobomiz va uning avlodlari qoldirgan. Ulkan madaniy yodgorliklarigina emas, balki jaxon fani va madaniyatiga buyuk va salmoqli xissa qo‘shgan Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning Temuriylar sulolasidan bo‘lganligi ham isbotlaydi.
Bunday ulug‘ va dono allomalar dunyoni larzaga solgan qaysi podsho , imperator yoki jaxongir avlodaridan etishib chiqdi? Bu savolga na Kir (Kurush) na Iskandar Zulqaynarn, na Chingizxon, na Yuliy Sezaru buyuk Napoleondan ijobiy javoab topib bo‘lmaydi. Bu faqat Amir Temur shaxsiganina xos xususiyat bo‘lib, ul zot shaxsning betakror ulug‘vorligi bilan bog‘liqdir.
Amir Temur shaxsning buyukligi uning Chingizxondan keyin xududining kattaligi jixatidan dunyoda ikkinchi buyuk saltanatga asos solganligidan emas, yoki o‘zining Sohibqironlik faoliyati davomida 30 marta yurishlar qilib, biror marta bo‘lsada engilmaganligida ham emas. Uning mardligi va qaxramonligi kabi g‘oyatda muxim fazilatlarida xam emas, albatta. Bu fazilat va omillar ham so‘zsiz Amir Temur shaxsini ulug‘lashda va uni jaxonga mashxur qilishda katta o‘rin tutadi. Ammo Amir Temurning dunyoda eng ulug‘ va buyuk shaxs, davlat arbobi, mashxur sarkarda, fan va madaniyat xomiysi sifatida nom qozonishiga sabab bo‘lgan fazilatlar “Temur tuzuklari” da o‘z ifodasini topgan bu fazilatlar:
Birinchisi va eng asosiysi Islom dini, Qur’oni Karim va uning g‘oyasiga cheksiz sadoqatda “....... har erda va har vaqt Islom dinini quvvatladim”, deydi u. “YAna tajribamdan ko‘ra bildimki davlat agar dinu oyin (qoida, rasm, tartib, usul, odat, ravish, tarz) asosida qurilmas ekan, to‘ra-tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuxi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xsharkim, uni ko‘rgan xar kimsa nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tormay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi – tusig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi.
Shuning uchun xam men o‘z saltanatim binosini diniy islom, to‘ra va tuzuk asosida mustaxkamladim”.
Amir Temur yana davom ettiradi: “Qaysi mamlakatda dindan qaytishlik (ilxod) va zindiqlik (xudosizlik, dinga ishonmaslik) kuchaysa va u diyorning aholisi, sipohu raiyat turli maslakka kirib ittifoqlari buzilsa, u mamlakatning xalokati yaqindir”. (Temur tuzuklari, 53, 57, 92 betlar).
Ikkinchisi, xayotda, davlat ishlarini boshqarishda odillik, adolat va xaqiqatning ustivorligini ta’minlash uchun kurash. Oddiy xalq manfaatlarini ximoya qilish, jabrdiydalarga madadkorlik, ig‘vogar va tuxmatchilarga ishonmaslikda:
“Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga xam begunoxga xam rahm qilib xaqqoniyat yuzasidan xukm chiqardim. Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga raxmdillik qildim. Sipohiylarga in’omlar ulashdim. Zolimlardan mazlumlar xaqqini oldim.... buzuqi va og‘zi shaloq, g‘iybatchi odamlarni majlisimga yo‘latmadim, so‘zlariga amal qilmadim, biror kimsaga tuhmatu g‘iybat qilsalar quloq solmadim ”.
Uchinchidan, davlatni boshqarish, idora qilish ishlarini xalol, nasl nasabli, asl, vijdonli, aql-farosatli, sabr-toqatli kishilarga topshirdim. Temur davlat arbolari bag‘rikeng, og‘ir, vazmin, odamlarga nisbatan kek saqlamaydigan, kechirimli va g‘oyatda xushaxloqlilik fazilatlarga ega bo‘lishi kerak, deb xisoblar va bu fazilatlarni juda- juda qadrlar edi.
Amir Temurning fikricha, xar bir tojdor xukmdor o‘z davlatining tayanchi bo‘lgan ijtimoiy qatlamlarga tayanishi lozim.
To‘rtinchidan, yuksak insoniy axloqiy fazilatlarni ulug‘lash, noinsoniy, noaxloqiy va tubanlik ko‘rinishlariga qarshi shavqatsiz kurash. Amir Temur yozadiki: “... xozirgi damgacha o‘tgan sultonlarning qonunlari va turish turmushlarini donolardan so‘rab-surishtirdim, xar qaysilarining yo‘l-yo‘riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi axloqlari, maqul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim”.
Madaniylikning bu oliyjanob fazilatlarini Amir Temur xazratlari ulug‘labgina qolmagan, balki bu fazilatlarning bajarilishini davlat xududida yashab kelayotgan fuqarolardan eng avvalo o‘z oila a’zolari tomonidan xam so‘zsiz bajarilishini talab qilgan. Xatto Amir Temurni butun qalbi-vujudi bilan yomon ko‘rgan Ibn Arabshoxdek muarrix ham buyuk Sohibqironning adolatpesha ulug‘ fazilatlarini tan olib, yozishga majbur bo‘lgan: “Temur tamg‘asining naqshi “rosti rasti” bo‘lib, “bu xaqgo‘y bo‘lgani, najot topasan” demakdir..... ko‘pincha uning majlisida uyatsiz so‘zlar, qon to‘kish, asr olish, nahbu g‘orat qilish va haram (haqi)ga xaqorat gaplar bo‘lmasdi. Temur qo‘rqmas, shijoatli, botir kishilarni itoat qildiruvchan bo‘lib, jasoratli kishilarni, dovyurak va mard kishilarni yoqtirar edi.... u bir gap eshitganda dalil talab qiladigan, zimdan qarash va ko‘z ishoratlarini sezadigan idrokli kishi edi. U sinchkov bo‘lib xar bir ishoratdan ogox kishi bo‘lib, yuz beradigan barcha ishni ko‘rib-bilib turar edi. Uning nazaridan aldovchining aldovi yashirinib qolmas va firibgarning firib o‘tmas, o‘z farosati bilan xaqgo‘y va yolg‘onchini ajratar edi. O‘z ziyrakligi tajribasi bilan chin nasixatgo‘ydan soxtani idrok etar, o‘z afkori bilan sal bo‘lmasa “uchar yulduzni to‘g‘ri yo‘lga boshqarar, o‘z farosati mulohazalari bilan har bir bexato sayyora o‘qini o‘z orqasidan ergashtirar edi”.
Amir Temur o‘ta taqvodor musulmon bo‘lgan, islom qonunlari va shariatlari doirasidan chetga chiqmagan. U o‘z farzandlari va nabiralaridan axloqiy pok, insof, diyonatli va adolatli bo‘lishni talab qilgan. Amir Temur o‘z o‘rniga valiaxdlikka katta o‘g‘li Jaxongir Mirzoni loyiq deb topadi. Lekin Jaxongir Mirzo bevaqt olamdan o‘tadi. SHundan so‘ng ulug‘ Amir o‘z nabirasi Xalil Sultonni valiaxdlikka birdan-bir da’vogar deb xisoblaydi. CHunki u jasur, qo‘rqmas va mard baxodir edi. Ammo kutilmagan voqea sodir bo‘ladi.
Xalil Sultonni Temurning jiyani, amirzoda Alining qizi Jaxona Sulton Begimga uylantirib qo‘ygan edilar. Xalil Sulton o‘zinning qonuniy xotini bo‘la turib, amir Xoji Sayfuddinning cho‘risi, sohibjamol SHodimulkni yoqtirib qoladi va uni xojasidan tortib olib, yashirincha o‘z nikoxiga o‘tkazadi. Buni eshitgan Temur g‘oyatda g‘azablanadi. YAsovulboshini chaqirtirib “shaxzodani qayda bo‘lsa xam tutib kelturilsin va mahdi ul Bayon og‘a turg‘on qasrga qamab qo‘yilsin, behayo SHodimulk ersa g‘ulomlardan biriga xotun qilib berib yuborilsin”, deb buyruq beradi. Xalil Sulton bobosining g‘azabidan qo‘rqib, maxbubasi bilan do‘stlaridan bo‘lgan kishining uyiga yashirinadi. Oradan uch-to‘rt kun o‘tgach Saroymulkxonim, To‘kal xonim, Amir SHohmalik va SHayx Nuriddinlar shaxzodani jazodan qutqazib qolishadi. Temur o‘zboshimcha nabirasining gunoxidan o‘tgan bo‘lsa xam lekin uni valiahd qilish niyatidan qaytgan.
Bu keltirilgan oddiygina dalil-xulosa buyuk davlat arbobi Amir Temurning axloqiy ichki ma’naviy dunyosining nechog‘li pok va go‘zal bo‘lganligidan dalolat beradi. Amir Temur to‘g‘risida og‘zaki ijodida ko‘plab turli mavzularda rivoyat va afsonalar tarqalgan. Anashu rivoyatlardan birida aytilishicha, Amir Temur besh narsaga e’tiqod qo‘ygan ekan. Bular: Alloh, tafakkur, qilich, imon va kitob (bitik)dir.
Demak Amir Temurning madaniyat xomiysi sifatida ulug‘ligini belgilovchi omil uning ruhining sofligi, tozaligi va Islom g‘oyasi bilan sug‘orilganligidadir.



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish