Bosqichlar
| |
Subyektlar
| |
Tadbirlar
| |
Muddatlar
|
|
1-bosqich
| |
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi
(Akademiya)
| |
1. Akademiyaga o‘qishga yoshlarni jalb qilish maqsadida ommaviy axborot vositalarida hamda Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-saytida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish.
| |
Qabul yilidan oldingi yilning oktyabr oyida
|
| |
2. Akademiyaga o‘qishga nomzodlar tanlovi boshlanganligi yuzasidan ommaviy axborot vositalarida hamda Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-saytida e’lon berish.
| |
Qabul yilidan oldingi yilning 10-oktabriga qadar
|
| | | | | | |
2-bosqich
| |
O‘qishga nomzodlar
| |
Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan belgilangan namunadagi elektron anketa-so‘rovnomalarni to‘�ri va belgilangan talablar asosida to‘ldirish
| |
Qabul yilidan oldingi yilning 10-noyabriga qadar
|
| | | | | | |
3-bosqich
| |
Akademiya
| |
1. Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-sayti orqali o‘qishga nomzodlarning elektron shakldagi anketa-so‘rovnomalarini qabul qilish va bu haqida nomzodlarga elektron tarzda xabar yuborish.
| |
Qabul yilidan oldingi yilning 10-noyabriga qadar
|
| |
2. O‘qishga nomzodlarning ro‘yxatini shakllantirish hamda dastlabki saralab olish bosqichini o‘tkazish uchun Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli bo‘linmalariga taqdim qilish.
| |
Qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabrig� qadar
|
I. Dastlabki saralab olish
|
4-bosqich
| |
Davlat test markazi
| |
Dastlabki saralab olish test sinovlaridan o‘tkazish.
| |
Qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan 15-dekabrigacha
|
|
Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari
| |
Hujjatlarni to‘plash va dastlabki o‘rganish.
| |
Qabul yilidan oldingi yilning 20-noyabridan 31-dekabrigacha
|
|
Mutaxassis — psixologlar
| |
Individual psixologik hamda psixofiziologik o‘rganish.
| |
Qabul yilida� oldingi yilning 15 — 31-dekabr
|
|
Hududiy harbiy-tibbiy komissiya
| |
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
| |
Qabul yilidan oldingi yilning dekabr oyida
|
|
Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya
| |
Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning dastlab�i bosqichi.
| |
Qabul yilining yanvar oyida
|
II. Maxsus kasbiy tanlash
|
5-bosqich
| |
Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari
| |
Hujjatlarni yakuniy o‘rganish.
| |
Qabul yilining yanvar — aprel oylari
|
|
Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya
| |
Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning yakuniy bosqichi.
| |
Qabul yilining mart-aprel oylari
|
|
Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari
| |
Yakuniy suhbat o‘tkazish.
| |
Qabul yilining aprel-may oylari
|
|
Maxsus harbiy-tibbiy komissiya
| |
Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
| |
Qabul yilining iyun oyda
|
III. Test sinovlari
|
6-bosqich
| |
Davlat test markazi
| |
Test sinovi.
| |
belgilangan muddatlarda
|
| | | | | | |
7-bosqich
| |
Qabul komissiyasi
| |
1. O‘qishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
| |
Test sinovlari natijalari taqdim etilganidan so‘ng 5 kun muddatda
|
| |
2. Akademiyaga qabul qilingan harbiy xizmatchilarning xizmat o‘tash joylariga buyruqdan ko‘chirma yuborish.
| |
Buyruq chiqqandan so‘ng 10 kun muddatda
|
Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish tartibi hamda qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga nomzodlarni dastlabki saralab olish va maxsus kasbiy tanlash bosqichlarida jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tarkibiga kirgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimlarida kelishlari shart.
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradilar:
100 metrga yugurish;
turnikda
tortilish;
3000 metrga yugurish.
Mashqlar oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun 10 — 15 daqiqa vaqt beriladi.
5. Belgilangan mashqlarni topshirish kunida uzrsiz sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan (shuningdek, qoniqarsiz baho olgan) nomzodlar o‘ta olmagan deb topiladi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar
6. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi.
7. 100 metrga yugurish mashqini 15,4 soniya ichida bajargan taqdirda nomzod ushbu sinovdan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
8. Ushbu mashq o‘yingohning yugurish yo‘lagi yoki qattiq qoplamaga ega tekis (standart) maydonda yuqori start holatidan bajariladi. Start olish tartibini o‘zlashtirish uchun dastlabki “Startga” va “Diqqat” komandalari hamda “Olg‘a” ijro komandasi beriladi. “Startga” komandasi berilganida start olish chizig‘iga kelib, kuchli oyoq start olish chizig‘i yaqiniga qo‘yilib, ikkinchi oyoq yarim qadam ortda qoldiriladi. “Diqqat” komandasi berilganida tana vazni oldinda turgan oyoqqa o‘tkazilib, gavda va bosh oldinga egiladi, qo‘l tirsaklari esa bukiladi. “Olg‘a” ijro komandasi berilganida yugurish amalga oshiriladi.
9. Turnikda tortilish mashqini bajarishda qo‘l kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanib, qo‘llar parallel uzatilgan holda tutiladi,
tana bir oz bukilgan, oyoq to‘g‘ri tushirilgan, uchi to‘liq pastga uzatilib, tovonlar juft tutilgan holatdan bajariladi. Qo‘llar bukilib, tana yuqoriga ko‘tarilar ekan, jag‘ turnik ustiga to‘liq chiqarilgan holat qabul qilinadi. Qo‘llar yana to‘liq uzatilar ekan, tana bir maromda pastga tushirilib dastlabki holat egallanadi. Tananing osilgan holati 1-2 soniya davomida saqlanadi. Juft tutilgan oyoqlarni 45o gacha bukishga ruxsat beriladi. Tanani siltash,
oyoqni old-orqaga tebratish, oyoqlarni chalishtirish, bir qo‘lda osilib olish amallari man etiladi.
Turnikda kamida 8 marotaba tortilgan nomzod ushbu sinovdan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
10. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarida, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
11. 3000 metrga yugurish mashqini 14,30 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
12. Ushbu mashq har qanday ochiq tabiatda, umumiy start olgan tarzda bajariladi. Start olish va finish marralari aynan bir joyda yoki alohida jihozlanadi. Yugurish davomida mashq ishtirokchilari bir-biriga xalal bermasligi lozim. Yugurish amalidan yurish amaliga o‘tgan yoki distansiyadan chetga chiqqan ishtirokchi mashqni bajara olmadi deb hisoblanadi.
13. Nomzodlar belgilangan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash talablarining barchasini muvaffaqiyatli
topshira olgan taqdirda, jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Jismoniy tayyorgarlik sinovlarida qatnashgan nomzodlar uchun qaydnoma rasmiylashtiriladi.
15. Qaydnoma komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/241/0379-son)