Toshkent viloyati Angren shahar xtb tasarrufidagi 41- umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2021-2022 o‘quv yilining sentyabr, oktyabr, noyabr,dekabr,yanvar,fevral,mart, aprel, may oylari davomida bajarilgan ishlar yuzasidan



Download 31,61 Mb.
bet1/3
Sana12.07.2022
Hajmi31,61 Mb.
#783386
  1   2   3
Bog'liq
2021-2022 YIL XISOBOTI2


Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41- umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2021-2022 o ‘quv yilining sentyabr, oktyabr, noyabr,dekabr,yanvar,fevral,mart, aprel, may oylari davomida bajarilgan ishlar yuzasidan
HISOBOTI

Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish , xalqimizning ta’lim- tarbiyaga boy merosidan bahramand etish , milliy qadriyatlarimizni o`quvchilar ongiga singdirgan holda yosh avlodni tarbiyalashda 2021-2022- o`quv yilida quyidagi ishlar amalga oshirildi . Maktab pedagogika kengashi yig`ilishlarida ta’lim mazmuniga tegishli Prezident farmoni, farmoyishlari va Vazirlar Maxkamasining qarorlarlari, Xalq ta’limi vazirligi buyruq va qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi o`rganib taxlil etildi va xar bir normativ hujjatlarning yig`ma jildi tashkil etilib, mas’ul xodimlar biriktirildi.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 – yil 28- iyuldagi “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish yangi bosqichga ko`tarish to`g`risidagi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va bu sohadagi ishlarni muntazam nazorat qilib borish yuzasidan aniq tadbirlar ishlab chiqildi . Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 14- martdagi 2833 - sonli qarori bo`yicha ishlar olib borilmoqda .



  1. O`quv yili davomida Mustaqilligimizni 30 yilligi munosabati bilan Yangi O‘bekistonda erkin farovon yashaylik ” shiori ostida 2021–yil 6-sentabrda birinchi qo`ng`iroq tadbiri karantin qoidalariga rioya qilgan holda bo`lib o`tdi . Yangi o`quv yili davomida maktabda jami 1163 nafar o‘quvchi bo`lib, bulardan 1163 nafar o`quvchi ijara darsliklari bilan ta’minlandi. Bundan 14 nafari kam ta’minlangan oila farzandlaridir.
















  1. 2021-yil 17-sentyabr kuni Fransiyalik sayyox bir qancha kitoblar muallifi tadqiqotchi doctor Morey Angren shahar 41-maktabiga tashrif buyurib yuqori sinf o‘quvchilari bilan fikr almashishdi va Fransiya davlati urf-odatlari bilan o‘quvchilarimiz suhbatlshdi.

Shu bilan birgalikda o‘quvchilarni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Kitob,bilim,ilm,ziyo va nomoddiy-madaniy me’ros mavzusida suhbat-uchrashuv o‘tkazildi.O‘quvchilar qiziqtirgan savollariga javob oldilar.





3. 2021-yil 19-sentabr ichki turizmni rivojlantirish va yangi o‘quv yili boshidan jamoani ko‘tarinki ruxda boshlashlari uchun, ichki muhitni yaxshilash maqsadida poytaxtimiz Toshkent shahriga sayohat tashkillashtirildi.


6. 2021-yil 22-sentabr kuni maktab foallar zalida “Kitob mening do‘stimsan”deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qatnashdilar va o‘zlari ta’til vaqtida yodlagan she’rlari,o‘qigan kitoblaridan gapirib berishdilar.




7. 2021-yil 24-sentabr kuni maktab foallar zalida “Hosil bayrami”deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qatnashdilar va o‘zlarining sahna ko‘rinishlari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladilar.



8. 2021-yil 29-30-sentabr kuni foallar zalida 7-B va 7-D sinflar 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazishdi.Tadbirda o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchilarga atalgan she’rlar, qo‘shiqlar kuylashdi va rus millatiga xos qo‘shiqlarga qizlar raqsga tushishdi. 7-B sinf o‘quvchilari ishtirokida sahna ko‘rinishi ijro etildi.Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘qituvchilarga o‘zlarining samimiy tilaklarini va o‘z rahmatlarini aytishdi. Tadbirda 250 nafar o‘quvchi va o‘qituvchilar ishtirok etishdi .

2021-yil 29-sentabr kuni “Ustoz va murabbiylar” bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.Tadbirga Angren shahar hokim o‘rinbosari Salim Maxmudovich tashrif buyurdilar.






9. 2021-yil 29-sentabr kuni foallar zalida boshlang‘ich sinflar 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” bayrami “Hosil” bayrami va sentabr boshlang‘ich fan oyligini yopilish mtadbirini o‘tkazishdi.Tadbirda o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchilarga bag‘ishlangan she’rlar,qo‘shiqlar, raqslar, tabriklar aytildi.O‘quvchilar “Hosil” bayrami uchun yod olgan she’rlar, raqslar, sahna ko‘rinishlarini ijro etishdi. Tadbir so‘ngida boshlang‘ich sinf fan oyligida faol qatnashgan va o‘z bilimlarini ko‘rsatgan o‘quvchilarni sinf rahbarlari maqtov yorliqlari bilan taqdirlashdi.


10. 2021 yil 30-sentyabr kuni maktabimizda faoliyat olib borayotgan MMIBDO‘ Sh.Kuralov hamda maktab targ'ibotchisi Doniyirov.B.va Dukent Imom xatibi Ibroxim domla boshchiligida “Vatan taraqqiyotiga mening xissam” mavzusida 5-11-sinflar ishtirokida karantin qoidalariga amal qilingan xolda davra suhbati o'tkazildi. Targ'ibotchi Doniyirov.B.davra suhbati jarayonida o'quvchilarga avvalo tarbiya, vatanga bo'lgan muhabbatini, “Vatan ostonadan boshlanadi” ruknlarida yangicha asoslar bilan milliy qadriyatlarimiz zamirida ona vatanimizning bir qaricha yerini asrab avaylash, ona zaminimizni sevib ardoqlash lozim (shart)ligini yana bir bora ta'kidlab o'tdilar. Davra suhbati jarayonida o'quvchilar erkin, o'zlari qiziqqan savollariga qoniqarli javob berildi. Davra suhbati juda qiziqarli olib borildi.

.
13. 2021-yil 8-oktabr kuni faollar zalida “Xotira muqaddas xotira sharaf” munosabati bilan “Ko‘zga surtgum ustoz bosgan tuproqlarni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirga bir qancha Davlat mukofotlari sovrindori xoji Turdali Pardayev ishtirok etdilar Suhbat davomida o‘quvchilar o‘rtasida qizg‘in suhbat o‘tkazildi. O‘quvchilar ushbu suhbatdan yaxshi ta’asurotlar olishdi.




14. 2021-yil 14-oktabr kuni 8-11 sinflarga “Giyohvandlikka qarshi kurash ” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.Tadbirda IIB xodimlari qatnashdilar va maktabimizning 9-10-11 sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashdilar,suhbat jarayoni savol javoblarga boy bo‘ldi.



16. 2021-yil 21-oktabr kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Ona tilim sarchashmangdan sarhush dilim” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq kuychisi,maqomchi,laparchi Nasriddin Xidirov mehmon bo‘lib qatnashdilar o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan go‘zal kuy- qo‘shiqlar tilimizni tarannum etuvchi she’rlar, hikmatli so‘zlar, maqollar va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi. Ushbu bo‘lib o‘tgan tadbir ko‘pchilikda yaxshi taasurot qoldirdi. Tadbirda 7-“A”,8-“A”,9-“A” sinf o‘quvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi va 250 nafar ishtirokchi qatnashdi.


17. 2021-yil 22-oktabr kuni ichki ishlar hodimlari kelib 8-9-10-11 sinflar bilan davra suhbati o‘tkazishdi. Suhbat jarayonida maktab o‘quvchilari tomonidan ichki ishlar hodimlari uchun kelayotgan 25-oktabr ichki ishlar hodimlari kuni bilan o‘zlarining she’rlari va tabrik so‘zlarini bildirishdi. O‘quvchilar va ichki ishlar hodimlari bilan qizg‘in savol javoblar bo‘ldi.Davra suhbatida 250 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.




21. 2021-yil 4-noyabr kuni maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida maktab psixologi voyaga yetmaganlar deganda 18 yoshga to‘lmagan shaxs, ijtimoiy jixatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmagan, nazoratsiz, aniq yashash joyi bo‘lmagan nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar tushunilishini haqida aytib o‘quvchilarga tushunchalar berib o‘tdi. O‘tkazilgan suhbatdan o‘quvchilar o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarishdi.


22. 2021-yil 10-noyabr kuni maktabimizda “YASHIL MAKON” loyihasi doirasida maktab direktori Sh.Raxmonova,shahar Xokimi Maxmudov Sh N va sector raxbarlari boshchiligida MMIBDO‘lari, O‘IBDO‘lari, psixologlar, maktab jamoasi hamda maktabning sinf sardorlari va faol o‘quvchilar bilan birgalikda “Maktabni yashil maskanga aylantiramiz” shiori ostida 105 ta mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlari olib borildi.





23. 2021-yil 11-noyabr kuni maktabimizda MMIBD o‘rinbosari va maktab psixologi tomonidan 8-9-10-11 sinflarga va ota-onalariga “Giyohvandlik-umr zavoli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida giyohvandlik-umr zavoli ekanligi, uning salbiy oqibatlari, inson tanasiga salbiy ta’siri, shu yomon illat tufayli oiladagi tinchlikning buzilishi, giyohvand moddani qabul qilgan insonlardan tug‘iladigan nogiron farzandlar va uning oqibatlari haqida qizg‘in suhbat olib borildi. Suhbat so‘ngida o‘quvchilar bilan savol-javoblar qilindi,o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdilar.

25. 2021-yil 13-noyabr kuni 5-11 sinf o‘quvchilariga “Zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati olib borildi,O‘quvchilar sahna ko‘rinishlari bilan tadbirga fayz kiritdilar.


26. 2021-yil 15-noyabr kuni “Bag‘rikenglik festivali” haftaligi doirasida 5-6 sinflar o‘rtasida “ Mening bag‘rikeng dunyoim” mavzusida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda 5-6 sinflar faol ishtirok etib mening bag‘rikeng dunyoim mavzusidagi o‘zlarining tushunchalari va bag‘ri keng dunyo deganda ko‘z oldilariga nima kelishlarini qog‘ozga tushurishdi. So‘ngra rasm o‘qituvchisi tomonidan faxrli 1-2-3 o‘rinlari aniqlanib taqdirlandi.


29. 2021-yil 18-noyabr payshanba profilaktika kunida maktabimizga voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratchilik va huquqbuzarlikning oldini olish profilaktikasi xodimlaridan kapitan J.Nishonov,jinoyat qidiruv bo‘limidan D.Bekpo‘latovlar maktab o‘quvchilarini ota-onalari bilan suhbat olib borishdilar va sinflar kesimida o‘quvchilar bilan voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha suhbat, o‘tkir tig‘li buyumlar va davomad bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdi.
2021-yil 18-noyabr kuni o‘quvchilarga “Yoshlar orasida suitsid va uning oldini olish choralari” mavzusida sinflar kesimida yig‘ilishlar olib borildi.

30. 2021-yil 18-noyabr kuni “Bayrog‘im faxrim” mavzusida 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda davlatimiz bayrog‘i to‘g‘risida she’rlar, vatanni madh etuvchi go‘zal kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari o‘quvchilar tomonidan ijro etildi. Tadbirda 254 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.

31. O'quv yil boshlanishi bilan har haftaning payshanba profilaktika kuni bo‘lganligi uchun 2021 yil 26 noyabr kuni“Tig‘ va davomat” tadbiri o‘tkazildi.

2. 2021-yil 1-dekabr kuni maktabda o‘quvchilar,mahalla faollari va ichki ishlar bilan birgalikda Xalqaro OITS( SPID)ga qarshi kurash kuni munosabati “OITS nima, OIV nima” “Giyohvandlik ofat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda o‘quvchilar OIV va OITS haqida tushunchalar berildi, sahna ko‘rinishlar ijro etildi. Tadbir bo‘lib o‘tdi va 250 nafar o‘quvchi ishtirok etishdi.


3.2021-yil 3-dekabr “Nogironlarni huquq va erkinliklarini himoya qilish” kuni munosabati maktab direktori Sh.Raxmonova MMIBD o‘rinbosari M.Mirzabayeva tomonidan “Inson qadri uchun” hayriya aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu aksiya doirasida maktabning uy ta’limida o‘qiydigan o‘quvchilarini uylariga borib ajratilgan sovg‘alarni o‘quvchilarga taqdim etishdi. O‘quvchilar va ularning ota-onalari bunday e’tibordan juda xursand bo‘ldilar.


4. 2021-yil 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining 29 yilligiga bag‘ishlab “Qomusimiz 29 yoshda” nomli tadbir 8-sinflar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qomusimiz to‘g‘risidagi she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari ijro etildi. So‘ngra moddalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir juda chiroyli tarzda o‘tdi va tadbir ishtirokchilari ham ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.



6.Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2021-yil 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi bo‘yicha maktabda “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.

10.Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2021-yil 18-dekabr kuni Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Z.Mirgaziyevaning 2021-yil 9-dekabrdagi ZM-K-4677-sonli munosabat belgili ko‘rsatmasi asosida “Otalar kuni” tadbirlari senariy asosida tashkil etildi. Barcha ota-onalarga taklifnomalar tarqatildi.Maktabda “Otalar kuni” ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda rasm va insholar tanlovida faxriy o‘rinlarni olgan o‘quvchilar va ularni otalari rag‘batlantirildi.



12.Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 23-dekabr kuni “Savodxonlik” bayrami bo‘lib o‘tdi. Tadbirda oquvchilar tomonidan turli xil chiqishlar , go‘zal raqslar, she’rlar ijro etildi.So‘ngra alifbo kitobidagi barcha harflar to‘g‘risida she’rlar aytishdi.Tadbir so‘ngida yaxshi bahoga o‘qigan bolalarni sinf rahbari tomonidan rag‘batlantirildi.

13. 2021-yil sentabr oyidan to II chorak tugaguniga qadar har payshanba kunlari profilaktika inspektorlari va VEN xodimlari bilan birgalikda “Tig‘ va davomat” tadbirlari o‘tkazib borildi.

15. 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 27-dekabr kuni “Yangi yil” bayrami 8-9-10-11 sinflar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.Tadbirda o‘quvchilar tomonidan turli xil bayramona sahna ko‘rinishlar, yangi yil she’rlari, qo‘shiqlar va go‘zal raqslar ijro etildi. Tadbirga tashrif buyurgan qorbobo va qorqiz o‘zlarining yaxshi tilaklarini tilab tadbirni tomosha qilishdi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar “Eng yaxshi raqs”, “Eng yaxshi she’r”, “Eng yaxshi sahna ko‘rinishi”, “Eng chiroyli devoriy gazeta” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi.







7.Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasrrufidagi 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning bo‘yicha maktabimizda o‘quvchilarni, sog‘lom turmush tarziga odatlantirish, jismoniy faollikni rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida barcha kechki to‘garaklar o‘z faoliyatini olib bormoqda.




18.Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022 yil 9-fevral kuni Alisher Navoiyning 581 yilligi munosabati bilan 7-V sinf o‘quvchilari bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilar tamonidan Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, g‘azallari, sherlarini aytildi. O‘quvchilar tamonidan sahna ko‘rinish ko‘rsatildi va raqs ijro etildi.Bayram ma’zmunli va maroqli o‘tildi.



19.Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022 yil 14-fevral kuni Z.M.Boburning tavalludi munosabati bilan“Shoh,shoir va sarkarda” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir ona tili va o‘zbek tili o‘qituvchilari tomonidan 7-8-9 sinf o‘quvchilari bilan birgalikda o‘tkazildi. Tadbirda O‘quvchilar tomonidan Boburning g‘azallari, she’rlari yod olindi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari va go‘zal raqs ijro etildi. Tadbir juda chiroyli va mazmunli o‘tkazildi.





20. Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yoshlar orasida giyohvandlik, norkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi” doirasida o‘quvchilar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, IIB xodimlaridan iborat ma’sullar birgalikda tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilarga va ota-onalariga giyohvand va norkotik maddalarni qabul qilish va ularga beriladigan jazo choralari to‘g‘risida gapirildi.







Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida yo‘l xarakat qoidalariga rioya etish bo‘yicha davra suxbati bo‘lib o‘tdi suxbatni Angren shahar IIB YXXBB o‘tkazdi.



25. Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022-yilning 7-mart kuni “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktabning 3-4 sinflar ishtirokida go‘zal kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushishdi, onalar haqida she’rlar aytildi. Tadbirda 275 nafar o‘quvchi qatnashdi.

Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022-yilning 14-mart kuni “Sa’nat shaydolari” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktabning 7-9 sinflar ishtirokida go‘zal kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushishdi, onalar haqida she’rlar aytildi. Tadbirda 275 nafar o‘quvchi qatnashdi.




41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022-yilning 19-mart kuni 1-11-sinf o‘quvchilarining bahor fasliga “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Maktabning o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan folklor jamoasi chiqishlari, “Shalola”, guruhining xor jamoasi ishtirokchilari o‘zlarining musiqiy chiqishlari, go‘zal kuy-qo‘shiqlari, raqslari bilan mehmonlarning kayfiyatini ko‘tarib, tomoshabinlarning e’tiboriga sazovor bo‘lishdi.








Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasi Angren shaharida joylashgan Osiyo ma’daniyat saroyida 28.03.2022 yil kun bo‘lib o‘tgan “Navro‘z bayrami”tadbirida faol qatnashdilar

29. Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 29-30-mart kunlari maktab kutubxonasining kitob fondini boyitish maqsadida kitob marafoni tashkilashtirildi, yarmarkada arzonlashtirilgan kitoblar savdosi yo‘lga qo‘yildi,xarid qilingan kitoblardan o'quvchilar bo'sh vaqtlarida kelib foydalanishmoqda.


35. Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022-yil 9-aprel kuni amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan tadbirlar va rasmlar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. 3-B sinf o‘quvchilar tadbirga she’rlar yod olindi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari va go‘zal raqs ijro etildi. Tadbir juda chiroyli va mazmunli o‘tkazildi.7-8 sinflar o‘rtasida sohibqiron Amir Temur rasmlar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.G‘oliblar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.



27.Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 18-aprel kunlari o'quvchilar orasida bahorgi ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida "Bahorgi ta'til 5 tashabbus bilan" shiori ostida to'garaklar o'tkazildi. bunda Angren shahrida joylashgan harbiy bo‘linmaga sayohat uyushtirildi.



40. Toshkent viloyati Angren shahr XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022-yil 19-aprel kuni 5 tashabbus doirasida maktabning MMIBDO‘lari va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tomonidan 8-9-10 sinf o‘quvchilari ishtirokida sportning futbol turi bo‘yicha 10-11-sinflar o‘rtasida sport musobaqalari va 5-7 sinflar o‘rtasida “Quvnoq startlar”sport o‘yini ,9-11sinflar o‘rtasida futbol o‘yini bo‘lib o‘tdi.


40. Toshkent viloyati Angren shahr XTB tasarrufidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022-yil 20-aprel kuni Temurbeklar



Angren shahar 41-maktabda 22.04.2022 yil kuni maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirga oily ta’lim vakillari tashrif buyurdilar va o‘quvchilarni oily o‘quv yurtiga bo‘lgan qiziqishlari to‘g‘risida suhbatlashdilar.



Angren shahar 41-maktabda 26.04.2022 yil kuni O‘zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusufning tavallud topgan kuniga bag‘ishlangan kitobxonlik kechasi tashkil etildi.



41. Angren shahar 41-maktabda 29.04.2022 yil kuni sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha 6-9-sinflar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. bo‘lib o‘tdi.

Maktab o‘quvchilarning Ekzel dasturida ishlash ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tanlovi o‘tkazildi. Bu tadbir orqali 29 nafar yoshlar qamrab olindi.







Download 31,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish