TARBIYANING UMUMIY METODLARI
XTA 1-Fakultet 2018-guruh
talabasi Shokirov Botirjon
Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Maqsad, mazmun, shakl, metod va vosita kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Endi bevositda tarbiyani tashkil etish masalasiga to’xtalsak. Tarbiyani qanday amalga oshirish kerak? – degan savolga tarbiya metodi tushunchasi javob beradi. Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” – yo’l) – bu tarbiya oldiga qo’yilgan maqsadga erishish yo’lisdir. Metodlar bu tarbiyalanuvchilarda tarbiya maqsadi bilan belgilangan sifatlarni shakllantirish maqsadida ularning ongiga, irodasiga, his-tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish yo’llaridir. Tarbiya mazmunining kengligi va serqirraligi bois, tarbiya metodlari ham xilma-xildir. Tarbiya metodining qay birini tanlash hamda qo’llash tarbiyachining tajribasi va mahoratiga, tarbiyalanuvchining xarakteri va xulq-atvoriga, hal qilinishi zarur bo’lgan vazifalarga, aniq vaziyatga bog’liqdir. Tarbiya jarayonida bizga qadar foydalanib kelingan metodlar umumiy metodlar deb ataladi. Jamiyat hayotida inson yashaydigan shart-sharoitlarning o’zgarishi tarbiya mazmuni va, albatta, tarbiya metodlarini ham takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Tarbiya usuli – metodga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, u ma’lum bir metodni qo’llashga xizmat qiladi. Tarbiya vositasi – tarbiya metodi bilan birgalikda qo’llanilib, uning samaradroligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tarbiya metodlarining turlariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, G.I.Shukin, Yu.k.babanskiy, i,.p.podlasiylarning fikriga qo’shilgan holda ularni tarbiyaning maqsadi sari yo’nalganligiga qararb turlash eng qulay deb hisoblaymiz. Bular quyidagilar: Tarbiya metodlari Shaxsning ongini shakllantirish metodlari Hikoya tushuntirish, ta’riflash, ma’ruza, axloqqa oid suhbat, ko’ndirish, ta’sir ko’rsatish, ko’rsatma berish, munozara, nutq, namuna Faoliyatni tashkil qilish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari Mashq, saboq berish, pedagogic talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat (tanbeh berish, tanqid qilish) Rag’batlantirish metodlari Musobaqa rag’batlantirish (maqtov, faxriy yorliq) jazolash (ogohlantirish ko’rsatish, hayfsan e’lon qilish)
Shaxsning ongini shakllantirish metodlari oldin ishontirish metodlari deb ham atalgan. Tarbiya jarayonida qandaydir sifatni shakllantirish uchun, avvalo, uning mazmun-mohiyatini tasavvur qila olish kerak. Tarbiyachilar tarbiya mazmuni bilan belgilangan faoliyatga kirishga tayyor bo’lganidagina metodlari o’z maqsadiga erishadi.
Metodlarning ayrimlariga to’xtalib o’tamiz.
Axloqqa oid hikoya bolalarni axloqiy me’yorlarni, “nima yaxshi?”, “nima yomon?” – kabi savollarga javob topishga, hikoyadagi timsollarning xatti-harakatlarini baholashga o’rgatadi, ularning xulqini ijobiy tomonga o’zgartiradi.
Ta’riflash – tinglovchiga hissiy – nutqiy ta’sir ko’rsatish metodi. Oddiy huquqbuzarlik sodir etilganida ta’riflash shart emas. Masalan, partaga chizmaslik, tuflamaslikni tushuntirish uchun ta’rif shart emas. Agar butun sinf dasrdan ketib qolsa yoki navbatchilikni tashlab ketsa, ushbu xatti-harakatlarning oqibatlarini chuqurroq tahlil qilib, ta’riflash maqsadga muvofiqdir.
Hikoya
O’quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq
misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o’tmishi, tabiiy boylar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televideniya, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o’quvchilar uchun qimmatli material bo’ladi. Suhbat ham, hikoya ham o’quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so’zlar vositasida adabiy tilda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o’quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o’quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |