Aminokislotalar, peptidlar va oqsillar.
1. Aminokislotalarning klassifikatsiyasi va nomenklaturasi. Tabiiy α-aminokislotalar strukutraviy tiplari, stereoximiyasi va konfiguratsion qatorlari. Aminokislotalarning kislota, asos, hamda amfoterlik xossalari, va ularning muhitning rN qiymatiga bog‘liqligi. Izoelektrik nuqta. Proteinlarni hosil kiluvchi aminokislotalarning xiralligi.
2. α-Aminokislotalarni sintez qilish usullari – ketonlardan, siangidrinlar orqali, galogen- va ketokarbonkislotalardan, malon efirining hosilalaridan. β-Aminokislotalarni to‘yinmagan karbonkislotalarning reaksiyalariga asoslangan sintez qilish usullari.
3. Aminokislotalarning kimyoviy xossalari. Karboqsil- va aminogruppa bo‘yichahosilalarning olinishi, betainlar. Nitrit kislota bilan o‘zaro ta’siri, aminokislotalarning temeperatura ta’sirida o‘zgarishiga ulardagi funksional gruppalarning o‘zaro joylashishining ta’siri.
4. Peptidlar, polipeptidlar va oqsillar. Peptid sintezi haqida tushuncha. Peptidlar va oqsillardagi aminokislota tarkibi va aminokislota ketma-ketligi, va ularni aniqlashyo‘llari. Oqsillarning birlamchi ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi strukturalari. Oqsillar va peptidlarning tuzilishini aniqlashning umumiy prinsiplari. Fermentlar va fermentativ kataliz haqida tushuncha.
Uglevodlar va polisaxaridlar.
1. Monosaxaridlar va polisaxaridlar. Monosaxaridlarning klassifikatsiyasi, nomenklaturasi, stereoximiyasi va izomeriyasi. Aldozalar va ketozalar. Fisherning proeksiyalarida aldozalar va ketozalarning stereoximiyasi. Aldogeksozalarning siklik yarim atsetal shakllari – glyukopiranozalar va glyukofuranozalar, α va β anomerlar. Anomer monosaxaridlar uchun Xeuors formulalari. Siklik va ochiq ko‘rinishga ega bo‘lgan monosaxaridlarning eritmalarida tautomeriya xodisasi, glyukozaning mutarotatsisi, piranoza siklining konformatsiyasi. Pentozalar – ksiloza, riboza. Geksozalar - glyukoza, galaktoza, mannoza, fruktoza. Dezoksimonosaxaridlarning eng muhim vakillari: 2-dezoksiriboza, 2-dezoksi-2-aminoglyukoza (glyukozamin), 2-dezoksi-2-aminogalaktoza (galaktozamin). Askorbin kislotasi (vitamin S).
2. Monosaxaridlarning reaksiyalari. Monosaxaridlarning yod kislotasi bilan to‘liq oksidlanishi. Fenigidrazin bilan reaksiyasi natijasida ozazonlarning hosilbo‘lishi. Aldozalarning aldon kislotalarigacha oksidlanishi, aldon kislotalarning laktonizatsiyasi. Siklik atsetallarning maxsus shakli bo‘lgan glikozidlarning olinishi. O-, N-, S- glikozidlar, va ularning xossalari. Monosaxaridlarning oddiy va murakkab efirlarining olinishi. Monosaxaridlarning qaytaruvchanlik xossalari, O-glikozidlarning olinishi. Ksilit, sorbit. Aldoza va ketozalarning o‘zaro bir-biriga o‘tishi – ishqoriy muhitdagi epimerizatsiya.
3. Disaxaridlar (biozalar) – maltoza, sellobioza, laktoza, saxaroza. Tuzilishi va nomenklaturasi. Siklo-okso-tautomeriya. Metanoliz va gidroliz. Qaytaruvchi va qaytaruvchi bo‘lmagan disaxaridlar.
4. Polisaxaridlar (poliozalar). Klassifikatsiyasi va tuzilish prinsipi. Gomopolisaxaridlar - kraxmal (amiloza, amilopektin), glikogen, sellyuloza, dekstranlar, inulin.Polisaxaridlar va ularning efirlarining gidrolizi. Amiloza va sellyulozaning fazoviy tuzilishi. Polisaxaridlarning ikkqilamchi strukturasining shakllanishida vodorod bog‘larining roli. Sellyulozaning strukturaviy o‘ziga xos xususiyatlarining mexanik xossalar va kimyoviy barqarorlik bilan bog‘liqligi. Sellyulozaning hosilalari – nitratlari va atsetatlari. Metilsellyuloza, karboksimetilsellyuloza (KMS). DEAE-sellyuloza. Ularning meditsinada qo‘llanilishi va gidrolizga munosabati. Pektin moddalari, ularning tabiatda uchrashi, tuzilishi haqida tasavvur.
Geteropolisaxaridlar. Gialuron kislotasi. Xondroitinsulfatlar va ularning suyak to‘qimalarini kalsifikatsiyalanishidagi roli. Geparin va uning tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |