306
Bilimingizni sinab k
o‘ring
13.1. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari
Milliy boylik
– iqtisodiy statistikaning tayanch ko‘rsatkichlaridan biridir.
Uning hajmi (solishtirma baholarda)
– mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy
salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga t
o‘g‘ri keladigan miqdori esa –
mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.
Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi hajmini
hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shu
g‘ullanganlar.
Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma
’lumki, milliy boylikning hajmini birinchi
bor Angliyada (1664 yilda) U.Petti hisoblagan. Bu k
o‘rsatkich Frantsiyada
1789 yilda, AQSh da 1805 yilda va Rossiyada esa 1864 yilda hisoblangan.
XX asr oxirlarida kelib milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash,
ularni yagona kontseptsiyalar asosida qiymatini, tarkibini, dinamikasini
hamda foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy statistik tahlil qilish
yanada dolzarb muammoga aylandi. BMT statistika komissiyasi hamda
Jahon banki huzurida Dj.Dikson (AQSh) va K.Xamilton (Kanada)
boshchiligida ishchi guruhi tuzildi. Bu guruh 1997 yilda 92 mamlakat
b
o‘yicha (1994 yil ma’lumotlari asosida) va 2000 yilda 10 mamlakat
b
o‘yicha (1997 yil ma’lumotlari asosida) milliy boylik elementlarining
qiymatini, strukturasini va jon boshiga t
o‘g‘ri keladigan darajasi hamda
indeksini hisoblashdi. 2000
yilning avgust
idagi “Daromadlar va boyliklarni
tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasi
” ning umumiy 26-konferentsiyasida turli
mamlakatlarni rivojlanishi t
o‘g‘risidagi yig‘ma hisoblashlarning natijalari
haqida ma
’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Mazkur konferentsiyada
K.Xamiltonning jahonning 110 mamlakatida milliy boylikni 1997
yildagi jon
boshiga t
o‘g‘ri keladigan darajasi va uni o‘sishi sur’atlari hisoblangan
ma
’ruzasini taqdim etdi. K.Xamiltonning hisob-kitoblariga qaraganda
k
o‘pgina mamlakatlarda (jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM darajasi
o‘rtacha jahon darajasidan past bo‘lganlarida) umumiy kapital hajmini
307
o‘sishi sur’ati aholi sonini o‘sishi sur’atidan pastligini, ya’ni bu
mamlakatlarda aholi farovonligini pasayishi jarayoni yuz berayotganini
k
o‘rsatdi.
13.1-jadval ma
’lumotlari asosida milliy boylik tarkibini tahlil qilish
mumkin. K
o‘rinib turibdiki, "Ettilik" va Yevropa ittifoqi davlatlarida aholi jon
boshiga t
o‘g‘ri kelgan milliy boylik hajmi dunyoning
boshqa davlatlariga
nisbatan bir necha barobar yuqori. Bu davlatlarda inson kapitali qiymatining
yuqoriligi mazkur davlatlarni yuqori
o‘rinda turishiga sabab bo‘lmoqda.
OPEK va MDH davlatlarida tabiiy boylikning milliy boylik tarkibidagi ulushi
bu davlatlar ulushidan deyarli 10 barobarga yuqori b
o‘lsada, inson
kapitalining ulushi 47,4% va 50% ni tashkil qiladi. Demak, shunday xulosa
qilsa b
o‘ladiki, iqtisodiyotning taraqqiy etish darajasi yuksalib borishi bilan,
inson kapitaliga sarflar ortib boraveradi, bu esa milliy boylik hajmining
k
o‘payishiga olib keladi. Hisob-kitoblar natijalari ma’lum bo‘lgan “boylar
boyimoqda, kamba
g‘allar qashshoqlashmoqda” iborasini tasdiqlaydi.
13.1-jadval
XXI asr boshida dunyoning milliy boyligi va tarkibi
15
Davlatlar
Milliy boylik
Shu jumladan
kapital turlari b
o‘yicha
inson
tabiiy
jismoniy
jami,
trln.
doll.
aholi jon
boshiga,
ming doll.
trln.
doll.
%
trln.
doll.
%
trln.
doll.
%
Dunyo b
o‘yicha jami
550
90
365
66,4
90
16,4
95
17,3
"Ettilik" va Yevropa
ittifoqi
davlatlari
275
360
215
78,2
10
3,6
50
18,2
OPEK davlatlari
95
195
45
47,4
35
36,8
15
15,8
MDH davlatlari
80
275
40
50,0
30
37,5
10
12,5
Boshqa davlatlar
100
30
65
65,0
15
15,0
20
20,0
Milliy hisoblar tizimi (MHT) iqtisodiy statistikaning nazariy-uslubiy
asosini tashkil etadi. Shuning uchun milliy boylik statistikasini tadqiq
15
Валентей С.Д. Накопление национального богатства на фоне мировых тенденций // Мировая
экономика и международные отношения. – 2011. – №4. С. 30.
308
qilishda, uni barcha qirralarini takomillashtirish borasida shu MHTga
tayanmoq zarur. Unga binoan,
milliy boylik
deganda ma
’lum bir sanaga
institutsional birliklar,
ya’ni mamlakat rezidentlariga tegishli bo‘lgan kapital
sof qiymati tushuniladi. Kapital sof qiymati institutsional birliklarning aktivlari
(nomoliyaviy va moliyaviy) va majburiyatlari orasidagi farq kabi aniqlanadi
(13.2-jadval). Milliy boylik mazkur davlat rezidentlariga tegishli b
o‘lgan
nomoliyaviy aktivlar va ularning tashqi dunyoga sof talabini ifodalaydi.
Ma
’lumki iqtisodiy aktivlar – iqtisodiy obyekt bo‘lib, ular institutsional
birliklarning mulki hisoblanadi, undan egalik qilish yoki foydalanish tufayli
iqtisodiy manfaat olinadi. Muhim manfaat
– bu kelajakda daromad olish
imkoniyatidir. Ba
’zi bir aktivlar: binolar, jihozlar va boshqalar tovar ishlab
chiqarishda va xizmat k
o‘rsatishda faol qatnashadi hamda foyda keltirishda
ulushga ega b
o‘ladi. Ba’zilari esa, masalan moliyaviy aktivlar – aktivlar
egasiga egalik qilgani uchun mulk daromadini keltiradi. BMT ning MHT
– 93
dagi kontseptsiyasiga muvofiq mamlakat (tarmoq, sektor, hudud) ning
mulkiy holati
– milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko‘rsatkichni
hisoblash
da “Aktivlar va passivlar balansi” dan foydalaniladi (2-jadval).
13.2-jadval
Aktivlar va passivlarning davr boshi (oxiri) dagi balansi
Do'stlaringiz bilan baham: