Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev


Aholining mexanik harakati ko‘rsatkichlari



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

11.2.2.Aholining mexanik harakati ko‘rsatkichlari 
Aholining mexanik harakati yoki migratsiyasini baholash uchun statistikada 
qator absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Absolyut ko‘rsatkichlarga 
ko‘chib kelganlar soni, ko‘chib ketganlar soni, aholini migratsiya o‘zgarishi kiradi. 


274 
Ko‘chib kelganlar soni
– ko‘chib ketganlarning absolyut miqdori, ya’ni 
muayyan aholi punktiga uning tashqarisidan ko‘chib kelganlardan iborat. Ichki 
ishlar organlari tomonidan aholini yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda 
tuziladigan ko‘chib kelishni statistik hisobga olish varaqalarini qayta ishlash 
natijasida aniqlanadi. 
Ko‘chib ketganlar soni
- ko‘chib ketganlarning absolyut miqdori, ya’ni 
muayyan aholi punktidan uning tashqarisiga ko‘chib ketganlardan iborat. Ichki 
ishlar organlari tomonidan aholini yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarishda 
tuziladigan ko‘chib ketishni statistik hisobga olish varaqalarini qayta ishlash 
natijasida aniqlanadi. 
Ko‘chib ketganlar va ko‘chib kelganlar soni asosida aholini migratsion 
o‘zgarishini aniqlaymiz. Migratsion o‘zgarish ko‘chib kelganlar va ko‘chib 
ketganlar sonini ayirmasiga teng. 
Migratsiyani nisbiy ko‘rsatkichlari
, bu ko‘chib kelish va ko‘chib ketish 
koeffitsentlaridir. Ular hisobot davrida ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar 
sonini doimiy aholining o‘rtacha soniga bo‘lib, 1000 ko‘paytirish orqali 
hisoblanadi: 

bu erda : 
-ko‘chib kelganlar soni; 
-ko‘chib ketganlar soni; -doimiy aholi 
soni. 
Endi aholini tabiiy va mexanik o‘zgarishi ko‘rsatkichlar asosida umumiy 
o‘zgarishni aniqlaymiz. Aholini umumiy o‘zgarishi absolyut va nisbiy 
ko‘rsatkichlarda ifodalanishi mumkin. Masalan, aholi sonini absolyut o‘zgarishi 
aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishi yig‘indisini hisoblash orqali aniqlanadi. 
Nisbiy ko‘rsatkichni hisoblash uchun natija 1000 ga ko‘paytirilib, doimiy 
aholining o‘rtacha soniga bo‘linadi. 
Makroiqtisodiyotning bo‘lajak istiqbolini oldindan rejalashtirish, eng avvalo, 
aholining kelgusida o‘zgarishini –istiqbolini aniqlashdan boshlanadi. Chunki reja 


275 
ko‘rsatkichlarining asosiy qismi jamiyat ehtiyojini, xususan aholi ehtiyojini
qondirishga buysundirilishi lozim. Aholining istiqbolda ko‘payishini belgilash: 
kelgusida shakllanadigan demografik tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlash; hududiy
miqyosida aholining tabiiy ko‘payishi va migratsiya ko‘lamini taxmin qilish; shahar
bilani qishloq aholisi nisbatini oldindan bilish; mehnat tarkibiy o‘zgarishini 
oldindan tahlil qilish; har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini kelgusi 15-20 yil 
mobaynigacha bashorat (taxmin) qila bilishdan iboratdir. 
Zero, bozor iqtisodiyoti faqat bugungi kunning yoxud yaqin kelajakning
manfaati bilangina yashamaydi, aksincha, u ishlab chiqaruvchi kuchlarning
bugungi salohiyatiga tayanib, istiqbolda ro‘y beradigan aholi va mehnat
resurlarining o‘sishi natijasida ta’sir etadigan oqibatlarni ham oldindan hisobga 
oladi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish