Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev


 Aholi harakati statistikasi



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 
11.2. Aholi harakati statistikasi 
Aholi harakati deganda aholi sonini o‘zgarishi tushuniladi. Aholi harakati 
tabiiy va mexanik harakatlardan tashkil topadi. 
Aholini tabiiy harakati aholi sonining o‘zgarishiga bevosita va bilvosita 
ta’sir ko‘rsatadigan demografik hodisalarni o‘z ichiga oladi. Statistikada aholini 
tabiiy harakatini baholash uchun tug‘ilish, o‘lim, nikohlar va ajralish koeffitsentlari 
qo‘llanilib, bunda 1000 (promille), 10000 (detsimille) va 100000 (prodetsemille) 
aholiga nisbatan hisoblanadi. Quyida ushbu ko‘rsatkichlarni hisoblash 
texnologiyasi bilan tanishamiz. 
11.2.1. Aholini tabiiy harakati ko‘rsatkichlari 
Aholini tabiiy harakati ko‘rsatkichlari umumiy va qismiy turlarga bo‘linadi. 
Agar ko‘rsatkichlar mavjud va doimiy aholi soniga nisbatan hisoblansa umumiy, 
aholini ijtimoiy, professional va yosh-jinsiy guruhlariga nisbatan hisoblansa qismiy 
koeffitsentlar deyiladi. 
Tug‘ilish koeffitsenti
– hisobot yilida jami tug‘ilganlar (tirik) sonini joriy 
davrdagi doimiy aholining o‘rtacha soniga bo‘lib, 1000 ga ko‘paytirish orqali 
hisoblanadi, ya’ni 
bu 
erda: 
T-tug‘ilganlar 
(tirik) 
soni; 



272 
Misol. “A” va “B” aholi punktlarining birida aholining yillik o‘rtacha soni 
100000 kishin tashkil etadi. Yil davomida tug‘ilganlar soni tegishli ravishda 1700 
va 2500 bola. Har bir aholi punkti uchun tug‘ilish koeffitsentini hisoblaymiz. 
Demak, “A” aholi punktida har 1000 kishiga 17 ta bola, “B” aholi punktida -
25 ta bola tug‘ilgan ekan. Bu degani “B” aholi punktida tug‘ilish koeffitsenti “A” 
punktiga nisbatan har 1000 kishiga 8 bolaga ko‘p. 
O‘lish koeffitsenti – hisobot davrida jami o‘lganlar sonini shu davrdagi 
doimiy aholining o‘rtacha soniga bo‘lib, 1000 ga ko‘paytirish orqali hisoblanadi
ya’ni 
bu erda: 
-o‘lish koeffitsienti; -o‘lganlar soni; 
-aholining o‘rtacha soni. 
Aholi soni tabiiy o‘zgarib boradi. Aholining tabiiy o‘zgarishi ko‘rsatkichi 
tug‘ilganlar bilan o‘lganlar soni o‘rtasidagi farqni ifodalaydi. 
Aholini tabiiy o‘zgarish koeffitsenti tug‘ilganlar bilan o‘lganlar farqini 
aholining o‘rtacha soniga nisbati bilan aniqlanadi yoki tug‘ilish koeffitsenti bilan 
o‘lim koeffitsentini ayirmasiga teng. Ya’ni, 
Aholini tabiiy o‘zgarishini statistik baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan 
ham keng foydalaniladi: 

maxsus tug‘ilish koeffitsenti – tug‘ilganlar (tirik) sonini 15-49 yoshgacha 
bo‘lgan ayollarni o‘rtacha soniga nisbati; 

tug‘ilishni yig‘indi koeffitsenti – har bir yosh oralig‘ining uzunligini 
hisobga olgan holda yosh koeffitsentlarining yig‘indisi sifatida hisoblanadi; 

o‘limning yosh koeffitsenti – hisobot davrida muayyan yoshda o‘lganlar 
sonini shu yoshdagilarning o‘rtacha soniga nisbati; 


273 

100000 tug‘ilganlarga nisbatan onalar o‘limi koeffitsenti – vafot etganlar 
sonini tug‘ilganlar (tirik) soniga bo‘lib, 100000 ga ko‘paytiriladi; 

maxsus, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi koeffitsenti quyidagi formula 
yordamida aniqlanadi: 

bu erda: m –joriy yilda tug‘ilganlardan 1 yoshgacha o‘lganlar soni; T
1
va T

– joriy 
va o‘tgan yilda tug‘ilganlar soni. 

100000 aholiga nisbatan o‘limning alohida sabablari koeffitsenti – hisobot 
davrida alohida sabablarga ko‘ra koeffitsenti o‘lganlar sonini doimiy aholining 
o‘rtacha soniga bo‘lib, 100000 ga ko‘paytirish orqali hisoblanadi; 

0 yoshdan 4 yoshgacha bolalar o‘limi koeffitsenti – 4 yoshgacha o‘lgan 
bolalar har bir yosh bo‘yicha koeffitsentlar yig‘indisidan iborat. Har bir yosh 
koeffitsenti go‘daklar o‘limi koeffitsentiga o‘xshab hisoblanadi; 

hayotiylik koeffitsenti (V.N. Pokrovskiy koeffitsenti ham deyiladi) – 
tug‘ilganlar 
sonini 
o‘lganlar 
soniga 
nisbati 
bilan 
aniqlanadi 
(
). Agarda ushbu nisbat 1 dan katta bo‘lsa aholi 
punktida aholi sonini tabiiy ortganligini, 1 dan kichik bo‘lsa kamayganligini 
bildiradi; 

nikohlar koeffitsenti – hisobot davrida tuzilgan nikohlar sonini doimiy 
aholining o‘rtacha soniga bo‘lib, 1000 ga ko‘paytirish orqali hisoblanadi; 

ajrimlar koeffitsenti – hisobot davrida nikohdan ajralishlar sonini doimiy 
aholining o‘rtacha soniga bo‘lib, 1000 ko‘paytirish orqali hisoblanadi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish