226
Indeks so‘zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo‘lib, belgi, ko‘rsatkich
degan ma’noni bildiradi. Lekin har qanday ko‘rsatkich ham indeks deb
atalavermaydi. Indeks so‘zi pochta, poligrafiya va
boshqa tarmoqlarda tartib
nomeri ma’nosida ishlatiladi. Statistikada esa ushbu so‘z butunlay boshqa
ma’noga ega. Statistik indeks – bu bevosita qo‘shib bo‘lmaydigan bo‘laklardan
tashkil topgan ikki to‘plamni taqqoslashga aytiladi.
Bevosita qo‘shib bo‘lmaydigan hodisalarni vaqt bo‘yicha yoki makonda
o‘zgarishini baholash uchun ularni mutloq yoki o‘rtacha hadlari bilan o‘zaro
taqqoslab bo‘lmaydi. Bu ishni bajarish uchun indeks metodining maxsus usullarini
qo‘llash kerak. Indekslarning maxsus usullari yoki turlari turli tuman. Masalan,
professor Irving Fisher indekslarni tuzish metodlari asarida indekslarni 6
turini
farqlaydi: agregat, arifmetik, garmonik,
geometrik, moda va mediana. Ohirgi
ikkitasini indeks deyish mumkinmikan ? Bizningcha yo‘q.
Statistikada shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo‘lmagan
sharoitda umumlashtirib baho berish (mahsulotni
moddiy natural formulada
o‘zgarishini yoki narxlarni, tannarx va boshqalarni baholash) zaruriyati tug‘iladi.
Bu muammolarni echish uchun statistikada mahsulot hajmi indeksi, baho,
tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi.
Mahsulot hajmini taqqoslaydigan bo‘lsak, uni moddiy natural formadan
qiymat formasiga o‘tkazish kerak, ya’ni mahsulot unsurlari (miqdor va baho)
o‘zaro ko‘paytiriladi. Lekin bir
narsani esda saqlash zarur, mahsulot qiymatining
o‘zgarishi, ikki omilga, ya’ni uning miqdori va bahosining o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘ladi.
Mahsulot qiymatini taqqoslash bilan biz indeks metodi oldiga qo‘yilgan
vazifani hal qilmaymiz. Bizning maqsadimiz barcha mahsulotlar bo‘yicha
birgalikda miqdorni yoki bahoni o‘zgarishini o‘rganishdir.
Bu maqsadga erishish
uchun, ya’ni turdosh mahsulotlarning hajmi qanday o‘zgarganligini bilish uchun
taqqoslashdan oldin taqqoslanuvchi va taqqoslanadigan davrlarda mahsulot hajmi
o‘zgarmas (bitta davr)
baholarda hisoblaniladi, agar bahoning o‘zgarishini
227
o‘lchamoqchi bo‘lsak, mahsulot miqdorining ta’sirini yo‘qotish kerak. Bu indeks
metodining o‘ziga xos xususiyatidir.
Indeks metodi yordamida murakkab hodisalarning vaqt bo‘yicha va hududiy
o‘zgarishi, reja va buyurtmalar bajarilishi o‘rganiladi. Mana shu vazifalarga qarab
indekslar quyidagi turlarga bo‘linadi:
dinamika
indekslari;
hududiy
indekslar;
reja
yoki
buyurtmalarning
bajarilishi indekslari.
Indeks metodi o‘rtacha ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini o‘rganishda ham keng
qo‘llaniladi. Masalan, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan turdosh tovarlar uchun
o‘rtacha baho o‘zgarishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, joriy davrdagi o‘rtacha
bahoni
o‘tgan davrga bo‘lamiz. Ma’lumki, o‘rtachalarni o‘zgarishiga faqat
o‘rtalashtirilayotgan belgini o‘zgarishi emas, balki shu to‘plam tarkibining
o‘zgarishi ham ta’sir qiladi. Demak, o‘rtachaning o‘zgarishiga ikki omil ta’sir
ko‘rsatadi. Bu omillar ta’sirini
baholash uchun statistikada
o‘zgaruvchan va
o‘zgarmas tarkibli hamda tarkibiy siljishlar
Do'stlaringiz bilan baham: