10-MAVZU
|
|
IQTISODIY INDEKSLAR
|
REJA:
|
10.1
|
Indekslar to’g’risida tushuncha va ularning turlari
|
10.2
|
Miqdor ko’rsatkichlari indekslari
|
10.3
|
Sifat ko’rsatkichlari indekslari
|
10.4
|
O’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli hamda tarkibiy siljishlar indekslari
|
10.5
|
Bazisli, zanjirsimon va hududiy (territorial) indekslar
|
Asosiy tayanch iboralar
Indeks
Dinamika indekslari
Hududiy indekslar
O‘rtacha indekslar
Individual indekslar
Agregat indekslar
O‘zgarmas tarkibli indekslar
O‘zgaruvchan tarkibli indekslar
|
Tarkibiy siljish indekslari
Umumiy indekslar
Guruhli indekslar
Bazisli indekslar
Zanjirsimon indekslar
Miqdoriy indekslar
Sifat indekslari
|
10.1 Miqdor ko’rsatkichlari indekslari
Indeks so’zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’noni bildiradi. Lekin har qanday ko’rsatkich ham indeks deb atalavermaydi. Indeks so’zi pochta, poligrafiya va boshqa tarmoqlarda tartib nomeri ma’nosida ishlatiladi. Statistikada esa ushbu so’z butunlay boshqa ma’noga ega. Statistik indeks – bu bevosita qo’shib bo’lmaydigan bo’laklardan tashkil topgan ikki to’plamni taqqoslashga aytiladi.
Bevosita qo’shib bo’lmaydigan hodisalarni vaqt bo’yicha yoki makonda o’zgarishini baholash uchun ularni mutloq yoki o’rtacha hadlari bilan o’zaro taqqoslab bo’lmaydi. Bu ishni bajarish uchun indeks metodining maxsus usullarini qo’llash kerak.
Statistikada shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo’lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish (mahsulotni moddiy natural formulada o’zgarishini yoki narxlarni, tannarx va boshqalarni baholash) zaruriyati tug’iladi.
Bu kabi muammolarni echish uchun statistikada mahsulot hajmi indeksi, baho, tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi.
Indeks metodi yordamida murakkab hodisalarning vaqt bo’yicha va hududiy o’zgarishi, reja va buyurtmalar bajarilishi o’rganiladi. Mana shu vazifalarga qarab indekslar quyidagi turlarga bo’linadi: dinamika indekslari; hududiy indekslar; reja yoki buyurtmalarning bajarilishi indekslari.
Hodisaning miqdori (fizik xajmi) q; narxlar-r; tannarx –s; unumdorlik harflar bilan belgilanadi. Joriy davr ko’rsatkichi “1” satr osti ishorachasi, o’tgan davr esa “0” –bilan ifodalanadi. “i” va “I” lar individual va umumiy indekslarni ifodalaydi, “” – yig’indini bildiradi.
Individual indekslar quyidagicha ifodalanadi:
mahsulot fizik hajmi individual indeksi ,
bu yerda: q1 va q0 - joriy va o’tgan davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulot fizik hajmi. Bu indeks yuqorida ta’kidlaganimizdek, mahsulot fizik hajmini vaqt, hudud va ob’ektlar bo’yicha faqatgina bitta mahsulot uchun o’zgarish xarakterlaydi.
Baho individual indeksi - ip=
bu erda: p1 va p0 – joriy va o’tgan davrlarda mahsulot bir birligini bahosi (narxi).
Tannarx individual indeksi iZ=
bu erda: z1 va z0 – joriy va o’tgan davrlarda mahsulot birligini tannarxi.
Do'stlaringiz bilan baham: |