Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev


 Bazisli, zanjirsimon va hududiy (territorial) indekslar



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

9.4. Bazisli, zanjirsimon va hududiy (territorial) indekslar 
Indekslar, yuqorida ta’kidlanganidek, taqqoslanish asosiga qarab bazisli va 
zanjirsimon indekslarga bo‘linadi. Agarda o‘rganilayotgan qatorning hadlari baza 
sifatida qabul qilingan bitta had bilan taqqoslansa, bunday indekslar bazisli 
indekslar deyiladi, agarda har bir had o‘zidan oldin keladigan had bilan 
taqqoslansa unday indekslar zanjirsimon indekslar deb yuritiladi. 
Masalan, tovar miqdori bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
Choraklar 

II 
III 
IV 
Miqdor 
darajalari 
q
1
q
2
q
3
q
4


241 
Birinchi chorakni taqqoslash bazasi deb qabul qilsak, bazisli indekslar 
quyidagicha ko‘rinish oladi: 
.
;
;
1
4
1
3
1
2
q
q
q
q
q
q
Zanjirsimon indekslarni quyidagicha yozish mumkin: 
.
;
;
3
4
2
3
1
2
q
q
q
q
q
q
Bazisli va zanjirsimon indekslar o‘rtasida quyidagicha bog‘liqlik mavjud. 
Bundan foydalanib, ularni biridan ikkinchisiga o‘tish mumkin: 
1
4
q
q
=
1
2
q
q
·
2
3
q
q
x
3
4
q
q
yoki 
1
4
q
q
:
1
3
q
q
=
.
3
4
q
q
Bu o‘zaro bog‘liqlikni doimo esda tutish kerak, chunki u individual indekslar 
uchun shartsiz bajariladigan ishdir. Ushbu bog‘liqlikni umumiy indekslarga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib bo‘lmaydi, chunki vaznlar turlicha. Agarda hamma 
indekslar bitta vaznda hisoblansa, u bog‘liqlikni umumiy indekslarga ham qo‘llash 
mumkin (hayotda juda kam uchraydigan voqea). 
Yuqorida keltirilgan misolimizda tovar miqdori emas, balki qiymati berilgan 
deb faraz qilaylik: 
Choraklar 

II 
III 
IV 
Qiymat darajalari 
q
1
r
1
q
2
r
2
q
3
r
3
q
4
r
4
Bunday sharoitda bazisli va zanjirsimon indekslarning vazn masalasi turlicha 
echiladi. Masalan, mahsulot fizik hajmining zanjirsimon indeksini hisoblashda 
vazn o‘zgarmas bo‘lishi mumkin, ya’ni quyidagicha: 
;
1
1
1
2
1
/
2
p
q
p
q
Iq



;
1
2
1
3
2
/
3
p
q
p
q
Iq



;
1
3
1
4
3
/
4
p
q
p
q
Iq



Bu indekslarning hammasi bitta vaznda hisoblanganligi uchun doimiy vaznli 
indekslar deb ataladi. Bu erda ham individual indekslarga o‘xshab zanjirli 
indekslardan bazisli indekslarga o‘tish mumkin. 


242 
x
p
q
p
q
1
1
1
2


x
p
q
p
q
1
2
1
3


3
1
1
4
p
q
p
q


Zanjirsimon indekslar qatorini tuzishda boshqacha ish tutamiz. Har bir davr 
uchun fizik hajm indeksini hisoblashda o‘zidan oldingi davr bahosi vazn rolini 
bajaradi. Ularni quyidagicha yozamiz: 
;
1
1
1
2
p
q
p
q


;
2
2
2
3
p
q
p
q


;
3
3
3
4
p
q
p
q


Bu indekslarning har birida vazn o‘zgarganligi uchun ularni o‘zgaruvchan 
vaznli indekslar deb ataladi. 
Bunday indekslarni (doimiy va o‘zgaruvchan vaznli) boshqa ko‘rsatkichlar 
(baho, tannarx va h.k.) bo‘yicha ham hisoblash mumkin. 
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarning faqatgina zamonda o‘zgarishi emas, balki 
makonda o‘zgarishini o‘rganish ham juda katta ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida bu ish zaruriyatga aylanadi. 
Turli hudud(territoriya)larga taalluqli hodisalarni taqqoslash hududiy 
indekslar deyiladi. Ular ham individual va umumiy indekslarga bo‘linadi. 
Individual indekslar hodisani hududlar bo‘yicha bo‘lgan nisbatini tavsiflaydi. 
Bu indekslarni hisoblashda hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmaymiz. Chunki 
bu erda vazn masalasi muammosi yo‘q. Lekin, umumiy hududiy indekslarni 
hisoblash jarayonida vazn masalasini aniqlashda ancha-muncha qiyinchiliklar 
mavjud. Bu erda, ayniqsa, taqqoslash bazasi va vazn qilib qaysi bir hududni olish 
to‘g‘riligini hal qilish murakkab ishdir. Bu muammo, birinchi navbatda kuzatish 
oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga qarab echiladi. Masalan, Jondor va Kogon 
tuman dehqon bozorlarida sotilgan mahsulotlarning bahosini taqqoslamoqchimiz. 
Bu erda qaysi bir tumanda sotilgan mahsulot miqdorlarini vazn sifatida olish 
to‘g‘ri bo‘ladi? degan savol tug‘iladi. Bu savolga quyidagicha javob berish 
mumkin. Agarda Jondor tumanida Kogon tumaniga nisbatan baho o‘zgarishi 
o‘rganilsa, hududiy indeks quyidagicha yoziladi: 


243 
ж
к
ж
ж
к
ж
q
Р
q
Р




/
Agarda Kogon tumanida Jondor tumaniga nisbatan baho o‘zgarishi 
o‘rganilsa, hududiy indeks quyidagicha yoziladi: 
к
ж
к
к
ж
к
q
Р
q
Р
Ip



/

Demak, birinchi indeksda taqqoslash bazasi qilib, Kogon tumanidagi baho, 
vazn vazifasini bajarish uchun esa Jondor tumanidagi mahsulot hajmi qabul qilindi. 
Ikkinchi indeksda esa, aksincha. 
Hududiy indekslarni hisoblashda vazn vazifasini bajarish uchun umumiy 
hudud ko‘rsatkichlari ham olinadi. Masalan, ikkita tumanning dehqon bozorlarida 
sotilgan mahsulot miqdori qo‘shib olinishi mumkin. Unda hududiy indeks quyidagi 
ko‘rinishni oladi: 




к
ж
к
к
ж
ж
q
Р
q
Р







Miqdor ko‘rsatkichlari indekslashtirilayotganda vazn vazifasini o‘rtacha 
darajalar ham bajarishi mumkin. Masalan, mahsulot fizik hajmi hududiy 
indekslarni hisoblamoqchi bo‘lsak, vazn o‘rnida o‘rtacha bahoni ishlatish mumkin, 
ya’ni
p
q
p
q
J
к
ж
g




Oxirgi xulosa va taklif shuki, umumiy hududiy indekslar hisoblanayotganda 
vaznni tanlash eng qiyin va muhim masalalardan biri va u tekshiruvchining oldiga 
qo‘ygan maqsad va vazifaga bog‘liqdir. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish