427
2018 yilda ishlab chiqarilgan barcha 96 trln. so‘mlik YaIMning barchasi
jamiyat farovonligini oshirishga olib keldi deb e’tirof etish mumkin-mi? Yo‘q,
albatta. Chunki, 16 trln. so‘mlik investitsion tovarlar ushbu yilda iste’mol qilingan
mashina va uskunalar o‘rnini qoplashga sarflangan. Agar YaIM hajmidan yil
davomida iste’mol qilingan investitsion tovarlar qiymatini chegirib tashlasak, yillik
ishlab chiqarishning yalpi emas, balki sof hajmini aniqlaymiz: 96 - 16 = 80 (trln.
so‘m).
Ushbu ko‘rsatkich iste’mol va kapital jamg‘arish uchun ishlab chiqarish
hajmini o‘lchashda YaIMga nisbatan ancha takomillashtirilgan ko‘rsatkichdir.
MXTda sof ichki mahsulot (SMD) quyidagicha hisoblanadi: SIM = YaIM - asosiy
kapital iste’moliga ajratmalar. Bizning misolimizda: SIM = 96 - 16 = 80 (trln.
so‘m).
Ushbu ko‘rsatkich yordamida, uy xo‘jaliklari,
kompaniyalar, davlat va
xorijliklarni ham qo‘shganda, keyingi yillarda ishlab chiqarish imkoniyatlarini
pasaytirmasdan, iqtisodiyot iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan umumiy yillik ishlab
chiqarish hajmini ifodalaydi.
Daromadlar bo‘yicha SIMni hisoblashda YaIMdan amortizatsiya ajratmalari
(asosiy kapital iste’moli) chegirib tashlanadi, xarajatlar usulida esa,
hisob-
kitoblarda yalpi xususiy investitsiyalar o‘rniga, undan eskirgan asosiy kapitalni
qoplashga yo‘naltirilgan investitsiyalarni ayirish natijasida hisoblangan sof ichki
investitsiyalar olinadi.
Iqtisodiy-statistik tahlil ishlarida ushbu sof ishlab chiqarish hajmini ishlab
chiqarish uchun jamiyat qancha resurslar sarflaganini aniqlash muhim rol
o‘ynaydi. SIM tarkibida joriy iqtisodiy resurslar ulushini ifodalamaydigan yagona
element bo‘lib biznesga bilvosita soliqlar hisoblanadi. Davlat biznesni sof bilvosita
soliqlarga tortish evaziga ishlab chiqarishga hech narsa kiritmaydi. Shu sababli
davlatga iqtisodiy resurs etkazib beruvchi sifatida qaralmaydi. Shunday qilib,
mehnat haqi, renta to‘lovlari, ushbu yilda ishlab
chiqarilgan YaIM hisobiga
olingan foydadan foizlarning umumiy hajmini hisoblash uchun SIMdan biznesga
bilvosita soliqlar chegirib tashlanishi kerak.
428
Shu zayilda olingan ko‘rsatkich milliy daromad (MD) deb yuritiladi.
Resurslarni etkazib beruvchilar nuqtayi nazaridan MD joriy ishlab chiqarishda
qatnashish hisobiga olingan daromadlarni ifodalaydi. Kompaniyalar nuqtayi
nazaridan MD ishlab chiqarish omillari yoki resurslar narxlarini o‘lchovi bo‘lib
hisoblanadi: MD ushbu yildagi ishlab chiqarish hajmini yaratishga sarflangan
iqtisodiy resurslarning bozor narxlaridagi qiymatini ifodalaydi.
MDni shuningdek YaIM tarkibidagi daromadlar yig‘indisi sifatida aniqlash
mumkin, biroq bunda YaIMdan farqli o‘laroq, unga amortizatsiya ajratmalari va
biznesga bilvosita soliqlar qo‘shilmaydi.
Shaxsiy daromad
(olingan daromad) va MD (ishlab topilgan daromad) shu
bilan farqlanadilarki, mehnat bilan ishlab topilgan daromadning bir qismi -
ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar (ijtimoiy sug‘urtaga soliqlar), korporatsiyalar
foydalariga soliqlar va korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydalari – amalda uy
xo‘jaliklariga etib bormaydi. Bundan farqli o‘laroq, uy xo‘jaliklari ixtiyoriga kelib
tushgan daromadlarning bir qismi – masalan, transfert to‘lovlari – mehnat natijasi
bo‘lib hisoblanmaydi. Transfert to‘lovlariga quyidagilar kiradi: qarilik va baxtsiz
hodisalarni sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlar; ijtimoiy dasturlarga asoslangan
ishsizlik bo‘yicha to‘lovlar; faxriylarga turli to‘lovlar, masalan, mehnatga
qobiliyatsizlik bo‘yicha
nafaqalar; ishsizlik bo‘yicha nafaqalar va xususiy
nafaqalar (pensiyalar); iste’molchilarga davlat tomonidan foiz to‘lovlari.
Nima sababdan biz davlat qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini
joriy ishlab chiqarishda ishlab topilmagan daromad sifatida qaraymiz? Axir
xususiy kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizlari MDga ishlab
topilgan daromad tarzida qo‘shiladi-ku.
Bunday istisnoning sababi nima? Sababi – davlat qarzining asosiy qismi,
odatda, urushlar, mamlakat mudofaasini ta’minlash hamda ishlab chiqarishning
pasayishi bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘lganligidadir.
Aeroportlar va magistral yo‘llar qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hukumat
kamomadidan farqli o‘laroq, harbiy xarajatlar va ishlab
chiqarishning pasayib
ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan kamomad iqtisodiyot uchun ishlab chiqarish
429
aktivlarini (xizmatlarni) yaratmaydi. Shunday qilib, bunday qarz uchun to‘langan
foiz qandaydir ishlab chiqarish va daromadlar hajmining oshishini ifodalamaydi.
Huddi shunday mulohaza iste’mol bo‘yicha qarzdorlikka foiz to‘lovlarining
transfert to‘lovlariga kiritilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.
Ishlab topilgan daromadni o‘lchaydigan MDdan haqiqatda olingan shaxsiy
daromad ko‘rsatkichiga o‘tishda MDdan ishlab topilgan, lekin olinmagan uch
turdagi daromadlar chegiriladi hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi bo‘lib
hisoblanmaydigan daromadlar qo‘shiladi:
MD(ishlab
topilgan
daromad)
-
ijtimoiy
sug‘urtaga
badallar
-
korporatsiyalarning foyda solig‘i - korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi +
transfert to‘lovlari = Shaxsiy daromad (olingan daromad).
Ixtiyordagi daromad (ID)ni aniqlash uchun shaxsiy daromaddan individual
soliqlarni ayirish lozim. Individual soliqlarga jismoniy shaxslar to‘laydigan
daromad solig‘i, shaxsiy mulkka soliq va vorislik uchun soliqlar kiradi.
Ularning
ichida etakchi o‘rinni jismoniy shaxslar to‘laydigan daromad solig‘i egallaydi.
ID –uy xo‘jaliklari oqibatda foydalanishlari mumkin bo‘lgan daromaddir. Uy
xo‘jaliklari IDning bir qismini iste’mol tovarlari va xizmatlarini xarid qilish uchun
sarflasalar, undan ortib qolgan boshqa qismini jamg‘arib boradilar.
Asosiy tayanch iboralar
Asosiy
umumlashtiruvchi
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar.
YaIMni hisoblash usullari.
YaIM
ni ishlab chi
q
arish
usulida
h
isoblash.
YaIMni daromadlar usulida
hisoblash.
YaIM
ni xarajatlar
usulida
h
isoblash.
Jam
g‘
arish va
investitsiya xarajatlari.
Xususiy jam
g‘
armalar.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM).
Oraliq iste’mol.
Sof ichki mahsulot.
Sof eksport.
Sof milliy daromad.
Yalpi milliy daromad (YaMD).
Xorijdan olingan sof omil
laromad.
Egalikdagi
yalpi
milliy
daromad.
YaIM
deflyatori.