3-rasm. Daromadli yondashuv hisoblash usullari
Daromadli yondashuv o‘z ichiga bir necha usullarni oladi. Ular quyidagilar:
a) Daromadni kapitallashtirish usuli. Bu usul o‘tgan va hozirgiaxborotdan foydalanadigan usullar turiga kiradi. Biroq, bu usulaktivlarni baholashga emas, balki korxona daromadlariga tayanadi.
Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, u korxonaning har yilgi sof daromadlari miqdorini, shu daromadlarga muvofiqkapitallashtirish me’yorlari va shu ko‘rsatkichlar asosida sofdaromadlarning mazkur miqdorini keltiruvchi korxona narxihisoblab chiqiladi.
Daromadlarni kapitallashtirish murakkab foiz tamoyiligaasoslangan qiymatni baholashga yondashishlardan biridir.
Daromadni kapitallashtirish obyektning daromad keltiruvchi salohiyatli imkoniyati asosida uning qiymatini baholashga imkon beruvchi usullar, qoidalardan iborat.
Bu qoidani matematik ko‘rinishda quyidagicha yozish mumkin :
RV = SED / SK,
bu yerda:
RV – joriy qiymat;
SED – sof ekspluatatsiya (muomala) daromadi;
SK – kapitallashtirish koeffitsiyenti yoki qo‘yilmasi.
Kapitallashtirishni qisqacha kelgusi daromadlarni mol-mulk joriy qiymatining yagona summasiga qaytadan sanash jarayoni kabi ifoda etish mumkin. Kapitallashtirish qo‘yilmasi har yilgi daromad va mol-mulkning qiymati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
Biror obyektni ishlatish foydaliligini qiyoslash uchun ko‘pinchafoyda me’yori qo‘llaniladi. Foyda me’yori ko‘chmas mulkka egalikqilish vaqtidakeltiradigan daromadning ko‘rsatkichidan iboratdir.
Bunda quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
– egalikning butun vaqti davomida qo‘yilgan mablag‘lar uchunhar yilgi foydaning miqdorini ko‘rsatuvchi foydaning ichki me’yori;
– xususiy mablag‘lar uchun foyda me’yori – kredit bo‘yicha to‘lovlar va obyekt sotilishidan tushgan puldan so‘ng qo‘yilganxususiy mablag‘lar uchun sarmoyador oladigan foyda;
– qarz mablag‘lari uchun foyda me’yori – berilgan kredit uchun har yilgi tushgan foyda va obyekt sotilgan holda kredit qoldig‘ini to‘lash hisobiga bankning investitsiyalar uchun foydasi.
Kapitallashtirish qo‘yilmasi va foyda me’yori o‘rtasida muayyan aloqa mavjuddir.
b) Pul oqimlarini diskontlash usuli. Korxonani uning kelgusisof daromadlari asosida baholash negizida diskontlash yotadi. Shuusul bilan korxonani baholashning eng murakkab va mas’uliyatliusuli, korxona daromadlarining (yoki pul oqimlarining) yaqin beshyilga mo‘ljallangan bashoratini tuzishdan iboratdir. Diskontlangandaromadlar usuli kelgusi foydalarni hozirgi qiymatga keltiradi.
Har bir kelgusi foyda o‘z kapitallashtirish koeffitsiyenti bilandiskontlanadi. Diskontlash tadbiri sarmoyadorga investitsiyalarqaytishini kuzatib borish, foydani va samaradorlik darajasinianiqlashga imkon beradi.
Diskont qo‘yilmasi – joriy qiymat, kelgusida olinadigan va to‘lanadigan pul oqimlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchikoeffitsiyentdir. Diskont qo‘yilmasi sarmoyador kelgusida kutilgankirimlarni olish huquqi uchun bugun to‘lay oladigan summani (joriyqiymatini) aniqlaydi. Sarmoyador daromadlarni kelgusida olishnimo‘ljal qilgani sababli ularni ololmaslik ehtimoli ham mavjud bo‘lishi mumkin.
Tavakkal deyilganda, kelgusi daromadlarni olish mo‘ljaliningoqlanganligi darajasi yoki bashorat baholanishlarini amalga oshirish ehtimoli tushuniladi.Diskont qo‘yilmasining tanlanishi hisobkitobning asosiy pallalaridan biridir.
Diskontlash qo‘yilmasini tanlashda, qo‘yilmani kamaytirish uchun bir necha qo‘yilmaga asoslangan kumulativ usulni qo‘llashmaqsadga muvofiq bo‘ladi. Odatda, tavakkalsiz daromad me’yoriasos qilib olinadi, unga esa likvidlik uchun tuzatilgan holda ko‘zdan kechirilayotgan bozor tarmog‘ida investitsiyalangan tavakkal uchundaromad me’yori qo‘shiladi. Olingan summa konkret obyektga xos omillar va moliyalashtirish shartlari hisobga olinib tuzatiladi.Daromad me’yorining oshishi qo‘yilgan pullar tavakkalining ortishibilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |