Amaliyotchi talabaning amaliyot vaqtidagi vazifalari
Amaliyotchi talabaning vazifalarini quyida sanab o’taman:
- amaliyot dasturida ko'zda tutilgan topshiriqlarni to'liq bajarish lozim;
- xarakatdagi korxona, qo'shma korxona, xissadorlik jamiyati, tashkilot va xo'jaliklarning ichki mexnat rejimiga bo'ysinishi shart;
- mexnat muxofazasi texnikasi va ishlab chiqarish sanitariya qoidalarini o'rganish va qattiq rioya qilishi shart;
- kafedra tomonidan berilgan topshiriqqa mos ravishda ratsionalizatorlik va yaratuvchanlik ishlariga qatnashishga majbur;
- bajarilayotgan ishlarni, shtat bo'yicha ishlayotgan hodimlar darajasidagi javobgarlikni xis etish (mas'uliyatni);
- kundalik tutish, unga yoziladigan kerakli sonli materiallar, ma'ruza va suxbatlarning mazmuni, eskiz, chizma va boshqalarni chizib yozib olish;
-amaliyot raxbariga bajarilgan topshiriqlar bo'yicha yozma xisobot tayyorlash va amaliyot bo'yicha sinov (xisobotni ximoya qilish) topshirishi shart.
- amaliyotchi talaba amaliyot tugashi bilan yozma xisobot tayyorlayda va tashkilot, korxona, qo'shma korxona, xissadorlik jamiyati, xo'jalik tomonidan tayinlangan amaliyot raxbarining imzosini qo'ydirib, oliy o'quv yurti tomonidan tayinlangan amaliyot raxbariga kundalik xisobotini topshiradi. Amaliyot xisobotida talaba tomonidan bajarilgan aniq ishlar, xamda, tashkilotning qisqacha tavsifi va uning ishlab chiqarish faoliyati mexnat muxofazasi masalalari, korxona xaqidagi istak va takliflarning mazmuni, xisobotni yozma xolatga keltirish uchun talabaga 2-3 kun ajratiladi.
Amaliyot tugagandan so'ng talaba amaliyot bo'limi tomonidan tayinlangan komissiyaga sinov (xisobotni ximoya qiladilar) topshiradi. Komissiya tarkibiga fan bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'qitgan o'qituvchi, o'quv yurtidan tayinlangan amaliyot raxbari, o'quv bo'limi xodimlari kiradi. Talabaga umumiy baxoni qo'yish davrida korxona, tashkilot va xo'jaliklar tomonidan berilgan ishlab chiqarish tavsifnomasi komissiya tomonidan e'tiborga olinishi shart.
Ishlab chiqarish amaliyotidan olgan baxoning natijasi talabaning kursdan kursga o'tishi va stipendiya tayinlash davrida xisobga olinadi.
Ishlab chiqarish amaliyot yakuni oliy ta'lim muassasasining ilmiy-uslubiy kengashi va amaliyot ob'yektining ishlab chiqarish kengashida muxokama qilinadi.
Talaba, amaliyot dasturini bajarmasa, yozma xisobotiga yomon taqriz olsa yoki xisobotni qoniqarsiz baxoga ximoya qilsa, betobligi sababli qatnasha olmasa, bunday xollarda amaliyotni ta'til paytida qayta o'tishga qaytariladi. Aloxida xollarda rektor talabaning oliy o'quv yurtida qolishi yoki qolmaslik masalasini ko'rib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |