Bank quyidagi huquqlarga ega:
korxonalar, tashkilotlar va boshqa tijorat tuzilmalarini tashkil etishda va ularning xo‘jalik faoliyatida, shu jumladan, xolding asosida ham o‘z mablag‘lari bilan, shu jumladan, ulush qo‘shish asosida qatnashish;
moliya va xo‘jalik organlarida korxonalar va tashkilotlar manfaatlarini ularning ishonchnomalari bo‘yicha ifodalash;
kredit beriladigan yuridik shaxs bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, kichik va o‘rta biznes korxonalaridan hisobotlar, balanslar va ularning to‘lov qobiliyatini, shuningdek, berilgan kreditlar ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;
o‘z mablag‘lari va bank kreditlari ishtirokida obyektlarni qurish, texnika bilan qayta jihozlash va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha mo‘ljallanayotgan loyiha yechimlari ekspertizadan o‘tkazilishini talab qilish;
kredit shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganda, hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda yoki buxgalteriya hisobida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganda kredit berishni to‘xtatib qo‘yish, berilgan kredit summalarini muddatidan oldin undirib olish;
to‘lov hujjati funksiyasini bajaruvchi qimmatli qog‘ozlarni, pul mablag‘larining omonatlarga va bank schyotlariga jalb qilinganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlarni chiqaradi, xarid qiladi, sotadi, hisobga oladi, saqlaydi va ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlarni ishonchli boshqarish hamda aholini o‘ziga jalb qiladigan bir zumlik aniq maqsadli, ko‘p tirajli lotereyalarni chiqarish, yutuqli boshqa tadbirlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi;
O‘zbekiston qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish;
Mijozlar — jismoniy va yuridik shaxslarning operatsiyalari ustidan valyuta nazoratini amalga oshirish;
xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan turli xil moliyaviy vositalarni qo‘llagan holda mijozlarning eksport-import operatsiyalariga xizmat ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida O‘zbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlat amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro tijorat va notijorat munosabatlarida mustaqil ravishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bo‘limlar va filiallar tashkil etish, uning tashqarisida esa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan sho‘ba banklari, filiallar va vakolatxonalar ochish. Bank o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘z manfaatlarini himoya qilish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish uchun birlashmalarda, uyushmalarda va boshqa birlashmalarda qatnashishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |