Amaliyot korxonasi( AT Xalq banki) haqida malumot.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki (keyingi o‘rinlarda “Bank” deb ataladi) “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zjamg‘armabank”ni O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish to‘g‘risida” 1995-yil 4-oktabrdagi 386-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-tijorat Xalq bankini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-dekabrdagi PF-2162-son Farmoni bilan tashkil etilgan.
Bank yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bankning muassislari hisoblanadilar.
Bankning firma (to‘liq rasmiy) nomi davlat tilida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki”, qisqartirilgan holda “Xalq banki”.
Jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, kredit-hisob-kitob va boshqa xil bank operatsiyalarini va jismoniy va yuridik shaxslar bilan bitishuvlarni amalga oshirish bank faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, mulkchilikning har qanday shakllaridagi yuridik shaxslar bankning mijozlari va omonatchilari bo‘lishlari mumkin.
Faoliyati maqsadiga erishish uchun bank quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
depozitlarning o‘ziga jalb qiluvchi turlarini taklif etish yo‘li bilan aholi va korxonalarning mablag‘larini jalb qiladi hamda jamlaydi;
ularning o‘z vaqtida qaytarilishini, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni xalqaro standartlargacha yetkazgan holda ular sifati oshirilishini, yangi turlar va modifikatsiyalarni joriy qilish bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar rivojlantirilishini ta’minlaydi;
davlat va boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, xarid qilish, saqlash va hisobga olish hamda ikkilamchi bozorda sotish yo‘li bilan fond bozorida ular bilan operatsiyalar olib boradi;
xorijiy mamlakatlar va MDH a’zolari bo‘lgan davlatlar banklari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatadi;
bank aktivlaridan samarali foydalanish, kredit tavakkalchiliklarini pasaytirish, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida boshqa tijorat banklarini, ixtisoslashtirish fondlarni jalb qilgan holda kreditlashning qo‘shma sxemalarini amalga oshirishda qatnashadi;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish uchun kreditlar va mikrokreditlar beradi;
ko‘chmas mulk qurish, ularni tuzatish, aholining uzoq muddat foydalaniladigan — transport vositalari, garajlar, mebellar, maishiy texnikalar va boshqa buyumlarni sotib olishi iste’mol krediti tizimini rivojlantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aholining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlari bilan operatsiyalarni amalga oshiradi;
lotereyalar chiqarishni va ularni sotishni amalga oshiradi, boshqa yutuqli tadbirlarni o‘tkazadi;
omonatchilarning omonatlari bank tomonidan jalb qilinadigan mablag‘larni ishonchli va ko‘p daromad keltiradigan sarmoyalarga joylashtirish orqali saqlanishini ta’minlash yo‘li bilan ularning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarz oluvchi, garant va kreditorlik funksiyalarini amalga oshirish vazifalarini topshirgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi, garant va kreditor bo‘lib ish ko‘radi;
jismoniy va yuridik shaxslarga hisob-kitob — kassa xizmati ko‘rsatadi, uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlarni amalga oshiradi;
amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa xil bank faoliyatini olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |