Amaliyot korxonasi( at xalq banki) haqida malumot. Xafsizlik qoidalari



Download 0,94 Mb.
bet10/13
Sana24.09.2021
Hajmi0,94 Mb.
#184038
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Norbekov T Sh

Tavakkalsiz qo‘yilma ta’rifi.

Investitsiyalash bo‘yicha tavakkalsiz ishlar jumlasiga mablag‘larni O‘zbekiston banklarida joylashtirish imkoniyati kiradi. Buqayta investitsiyalash qo‘yilmasidir.



Likvidlik uchun tuzatish.

Mavjud ijarachi bankrotlikka uchragan yoki ijaradan voz kechgan holda yangi ijarachini izlash vaqti, obyektning bozordasotuvga qo‘yilganligi va sotuvning muddati hisobga olinadi.

Hozirgi vaqtda bozorning rivojlanmaganligi tufayli obyekt ko‘rgazmasi vaqtini belgilash murakkab ish. Birinchi yondashishdako‘rgazmaning normal muddatini 4 oyga teng deb qabul qilishmumkin.

Tavakkalliklar.Bundan tashqari, obyektni boshqarish borasida

boshqa tavakkalliklarga ham duch kelishi mumkin, bular tashqi ta’sir, yetakchi ishchilarni jalb qilish, siyosiy, ekologik ta’sirlarni e’tiborga olish va h.k.

Xarajatli yondashish o‘z ichiga bir necha usullarni oladi.

Jumladan:

– balans qiymati usuli va tuzatilgan balans qiymati usuli;

– o‘rindoshlik usuli;

– tugatish qiymati usuli;

– tiklash usuli.



  1. Balans qiymati usuli va tuzatilgan balans qiymati usuli. Ko‘chmas mulk (korxona)ning qiymati u o‘tmishda qanday salohiyat to‘plaganiga bog‘liq. Bu salohiyatning eng muhim tavsifiuning aktivlari qiymatidir. Aktivlarni baholash negizida balans(yoki kitobiy) qiymat usuli yotadi. Xalqaro buxgalteriya hisobitamoyillariga muvofiq, korxonaning balans qiymati korxonaningyemirilish natijasida olib tashlangan aktivlari bilan uningmajburiyatlari orasidagi farqdan iborat.

  2. O‘rindoshlik usuli. Aktivlarning joriy qiymatini baholashnegizida o‘rindoshlik va tugatish qiymatlari usullari yotadi.

O‘rindoshlik usuli quyidagi savolga javob olish imkonini beradi:

shunday biznesni hozir boshlash va bozorda o‘xshash mavqegaerishish uchun qancha mablag‘ zarur? Mazkur usul baholanadiganmulkning funksional, iqtisodiy va jismoniy yemirilishi uchunqilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda uning o‘rindoshlikqiymatini belgilash orqali korxona mulkining iqtisodiy qiymatinianiqlashni o‘z ichiga oladi.

d) Tugatish qiymati usuli. Tugatish qiymati korxonatugatilganidan, aktivlar sotilganidan va qarzlar to‘langanidan keyinqancha mablag‘ qolishini ko‘rsatadi. Ma’lumki, tugatish qiymatituzatilgan balans qiymatidan tugatishga ketgan chiqimlar miqdorigaqaraganda kamdir. Bu komission olib sotishlarni, tovar zaxiralarinisotishga, debitorlik qarzini yig‘ishga, xodimlarni bo‘shatishgaketadigan xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tezkorsotuvlarda sotilish narxi, odatda, bozordagi normal narxdan kamroqbo‘ladi.

e) Tiklash usuli. Tiklash usuli deganda, binoning aniq nusxadagiqurilishining joriy baholardagi qiymati tushuniladi. Unda xuddishunday materiallardan, qurilish me’yorlaridan foydalaniladi, sifati,nuqsonlar ham o‘xshash bo‘ladi. Tiklash usuli quyidagi savolgajavob olish imkonini beradi: hozir mavjud bo‘lgan obyektni tiklashuchun va shunga o‘xshash mavjud obyektda o‘xshash natijagaerishish uchun qancha mablag‘ lozim? Bu usul smeta hujjatlardagisummani, indeksatsiya koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilanobyekt qiymatini aniqlashni o‘z ichiga oladi.

Xarajatli yondashishda yemirilishlarni aniqlash.

Yemirilish shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:

– jismoniy yemirilish – tiklanadigan va tiklanmaydigan;

– vazifaviy yemirilish – tiklanadigan va tiklanmaydigan;

– tashqi yoki iqtisodiy yemirilish.

Vaqt o‘tishi bilan turli omillar ta’sirida ko‘chmas mulk qiymatiningpasayishi yemirilish deb yuritiladi.

Agar yemirilishni tuzatishga ketadigan xarajat ayni paytdaqo‘shiladigan qiymatdan kam bo‘lsa, u tiklanadigan deb sanaladi.

Agar yemirilishni tiklashga sarflanadigan chiqim binoningqo‘shiladigan qiymatidan ko‘p bo‘lsa, u tiklanmaydigan hisoblanadi.



Binoning jismoniy yemirilishi.

Jismoniy yemirilish deganda, vaqt o‘tishi bilan qurilishkonstruksiyalari, muhandislik asbob-uskunalari va umuman binoholatining yomonlashuvi tushuniladi. Jismoniy yemirilish natijasidakonstruksiya elementlari va butun obyekt qiymati yo‘qolib boradi.Bino 70% yemirilganda foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanadi.

Yemirilish darajasi bahosining obyektivligi oxir-oqibat muhandisekspert,

baholovchining tayyorgarlik darajasi va tajribasiga bog‘liq.Chunki, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalardagi shikast ajratib turuvchikonstruksiya qismlariga qaraganda ancha jiddiy ahamiyatga ega.Shuning uchun konstruksiyadagi shikast ta’mirlash va qayta tiklashqiymatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.

Binoning jismoniy yemirilishi ayrim konstruktiv elementlarninguzil-kesil yemirilishi sifatida belgilanadi.

Ij = Σgi x Li/100,

bu yerda:



Ij – binoning dastlabki paytdagi darajasiga ko‘ra jismoniyyemirilishi;

gi– binoning ayrim elementlari yemirilishi;

Li bino elementi qiymatining butun bino qiymatiga nisbatanulushi.

Jismoniy yemirilishni hisobga olgan holda binoning qiymatiquyidagicha ifodalanadi:



Kmk = Ksk · 100 – Ij / 100,

bu yerda:



Kmk – binoning yemirilishni hisobga olib baholanayotganpaytdagi qiymati;

Ksk – tiklash qiymati. Aniqrog‘i, xuddi shunday yangi binoninghozirgi narxi;



Ij – binoning jismoniy yemirilishini hisobga oluvchi koeffitsiyent(foizda).

Ba’zan jismoniy yemirilish darajasi xizmat muddatiga qarabbelgilanadi. Taxminiy hisoblarda shunday qilsa bo‘ladi. Bundayhollarda xatolik 1,5–2 baravar oshib ketadi. Tiklanadigan vatiklanmaydigan yemirilishlar bo‘ladi.



Tiklanadigan jismoniy yemirilish.Bu xildagi yemirilishningnomi o‘z mazmunidan anglatib turibdi. Tiklanadigan yemirilish –bu unchalik katta bo‘lmagan joriy ta’mir bilan o‘z holiga keltirishmumkin bo‘lgan yemirilishdir.

Tiklanmaydigan jismoniy yemirilish.Tiklanmaydigan jismoniyyemirilishni qurilish konstruksiyasining xizmat ko‘rsatish muddatibo‘yicha ikkiga ajratish mumkin:

– kapital ta’mirlash orqali almashtirish mumkin bo‘lganyemirilish;

– kapital ta’mirlash orqali qisman almashtiriladigan qurilishkonstruksiyasining eskirganligi.

Vazifaviy yemirilish.Ushbu yemirilish – hajmiy, rejaviy vakonstruktiv yechimlar bo‘yicha zamonaviy talab hamda davlat andozalariga mos kelmaslikni anglatadi. Ya’ni obyekt ishlabturaveradi, biroq zamonaviy ekspluatatsiya talablariga javobbermaydi. Vazifaviy yemirilish ham ikkiga – tiklanadigan vatiklanmaydigan xillarga ajraladi.

Tiklanadigan vazifaviy yemirilish.Tiklanadigan vazifaviyyemirilish obyekt qiymatining yangi qurilish obyekti qiymatiganisbatan pasayganligida namoyon bo‘ladi.

Tiklanmaydigan vazifaviy yemirilish.Tiklanmaydigan vazifaviyyemirilish hajmiy, rejaviy va konstruktiv yechimlar, materiallarningzamonaviy talablarga mos kelmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan tannarxpasayishida aks etadi. Bunday nomuvofiqlikni iqtisodiy nuqtayinazardan to‘g‘rilash maqsadga muvofiqdir.

Tashqi yoki iqtisodiy yemirilish.Tashqi, ma’naviy yemirilishko‘chmas mulk omillari chegaralariga nisbatan tashqi zararlarnianglatadi. Ular iqtisodiy, siyosiy, ekologik bo‘lishi mumkinva asosan ko‘chmas mulk joylashgan o‘ringa bog‘liqdir.

Obyektning qiymatiga uning yonida qurilgan shovqinli ishlabchiqarish korxonalari – aeroport, restoranlar salbiy ta’sir etishimumkin.Yomon landshaft, ya’ni botqoq, joyning ifloslanganligiuning iqtisodiy jihatdan eskirganligini, keraksizligini anglatadi.Muayyan turdagi binolar uchun kommunal to‘lovlar, mulksolig‘ining oshishi binoning yemirilishiga siyosiy yoki ma’muriyta’sir ko‘rsatadi.

Xarajat yondashuvi baholanayotgan obyekt qiymati jismoniy vama’naviy eskirish hisobga olingan holda uni ishga tushirish yokio‘rnini almashtirish uchun resurslar xarajati miqdori bilan aniqlanadi.Bu yondashuv xaridor obyektni sotib olish xarajatlarini o‘xshashobyektni tashkil qilish bo‘yicha xarajatlar bilan qiyoslashga harakatqilgan vaqtda yanada samarali tus oladi. Usulning kamchiligishundan iboratki, nou-xau, tovar markasi, mijoz bazasi kabinomoddiy aktivlar qiymatini individual baholash ancha murakkabva subyektiv jarayon sanaladi.

Xarajat yondashuvining bazaviy formulasi quyidagicha:

Xususiy kapital = aktivlar – majburiyatlar

Aktivlar qiymatini aniqlashga asoslanadigan baholashning ikkitaasosiy usuli mavjud: sof aktivlar usuli va tugatish qiymati usuli.




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish