Amaliy psixologiya


Boshqaruv xodimlarining mehnatini tashkil qilish



Download 111,82 Kb.
bet5/8
Sana28.01.2023
Hajmi111,82 Kb.
#904314
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5371064123582851290

1.3. Boshqaruv xodimlarining mehnatini tashkil qilish
yo‘nalishlari
Boshqaruv tizimida boshqaruv xodimlarining faoliyati muhim o‘rin egallaydi. Bu esa o‘z harakteri bo‘yicha - siyosiy va klassik faoliyatdir. Rahbar davlat ko‘rsatmalarini ruyobga chiqaradi, u xo‘jalik tizimida davlatning vaqili hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, xakikiy rahbar ushbu jamoaning ilg‘or kishisi bo‘lib, u o‘z korxona va tashkilotining foydasini ko‘zlovchi va uning sha’nini himoya kiluvchi shaxsdir.
Rahbar o‘zining boshqaruv apparatiga, kasaba tashkilotiga suyangan holda va ularning yordami asosida faoliyatini davlat tomonidan belgilangan reja topshiriqlarini bajarishga yo‘naltiradi. Rahbarning boshqa xodimlardan farqi uning boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, joriy qilish va ularning bajarilishini nazorat qilishdan iborat.Boshqaruvning murakkablashuvi rahbar xodimning roli va mas’uliyatnni oshirmoqda. Bu esa ularning kasb qobiliyati tayyorgarligini ko‘taradi.Rahbar lavozimiga mutaxassisligi bo‘yicha kamida oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan va bu ishga ma’lum qobiliyat ko‘rsatgan shaxslargina tayinlanmog‘i kerak. Hech kim rahbar bo‘lib tug‘ilmaydi, faqat o‘zining sitqidildan qilgan mehnati va uning samarali natijalari bilan shaxs o‘zining rahbarlikka loyiq xususiyatini namoyon qiladi.Rahbar mehnatining muhim omili — qaror qabul qilish va uni bajarishda har xil boshqaruv apparati bo‘g‘inlari harakatini to‘g‘ri yo‘nalishga solishdan iborat. Bu esa undan samarasiz ishlovchi uchastkalarga alohida ahamiyat berishni talab qiladi.
Rahbarning mehnat faoliyati asosan uchta yunalishdan tashkil topgan:
texnik-iqtisodiy
ijtimoiy-tarbiyaviy
tashkiliy boshqaruvdir
Rahbar texnik-iqtisodiy va ijtimoiy-tarbiyaviy muammolarni ma’muriy-boshqaruv faoliyati davrida xal qiladi. Ana shu faoliyat rahbar mehnatining asosiy mezoni hisoblanadi. Rahbar boshqaruv apparati ishini tashkil qiladi va u orkali ishlab chiqarish jamoasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir katorda har bir rahbar o‘z ishini to‘g‘ri tashkil qila olishi kerak. Rahbar mehnatining samaradorligi uning o‘z mehnatini to‘g‘ri tashkil qilishidadir. Rahbar mehnatini maqsadga muvofiq tashkil qilish uning o‘z vazifalarini va mehnati tarkibini mukammal bilishiga bog‘liqdir. Ana shunda unga o‘z mehnatini takomillanggirish imkoniyati tug‘iladi.Rahbar mehnatining muvaffakiyatlari uning faoliyatining boshqaru jarayonida to‘g‘ri yo‘nalishlarni tanlashiga bog‘liq. Agar rahbar asosiy yunalishlardan chetlansa, unda u muhim ishlab chiqarishga oid masalalarni unutishi mumkin. Bu esa uz navbatida turli muammolarni keltirib chiqarishi tabiiy holdir.Ba’zi bir rahbarlarning ish kuni tartibidan tashqari doimiy ishlar bilan band bo‘lishi sababli o‘z ustida ishlashiga, oilada bo‘lishiga va dam olishga vaqti kolmaydi. Bu kamchilikni bartaraf qilish uchun ba’zi vazifalarni o‘zining yordamchi va o‘rinbosarlariga topshirsagina rahbar uchun o‘z mehnatini maqsadga muvofiq tashkil qilish imkoniyati tug‘iladi.
Rahbar mehnatini tashkil qilishning quyidagi yo‘nalishlari mavjud:
1. Rahbarning ish vaqtini taqsimlash. Ish vaqtini maqsadga muvofiq tashkil qilish rahbar mehnatini takomillashtirishning asosiy omilidir. Bunda asosan ishga sarf qilinadigan vaqt tahlil qilinadi. Bunday tahlilni tez-tez takrorlab turish ijobiy samara keltiradi. Ish kuni, ish xaftasi, o‘n kunlik, oy va yillar tahlil asosi bo‘ladi. Kundalik tahlil natijalarini rahbarning o‘zi nazorat qilib turishi lozim. Bir necha tahlillar o‘tkazilgandan keyin rahbar uchun. manzara oydinlashib, aniq ma’lumotlar olinadi. Rahbar bu ma’lumotlar asosida ish vaqtidan kanchalik to‘g‘ri foydalanayotganligini, asosiy ishlar uchun sarf qilinayotgan vaqti va ularning me’yorini aniqlaydi. Tahlil natijasiga ko‘ra bajarilayotgan ishlar uning vazifasi doirasiga tegishli yoki tegishli emasligini ham aniqlashi mumkin. Bu natijalar rahbarning ish vaqtini to‘g‘ri va unumli bo‘lishiga xizmat qiladi. Rahbarning ish vaqtini tashkil qilish uning mavzulari ruyxatini tuzishdan boshlanadi. Bu rahbar bajaradigan ishlarni o‘z ichiga oladi:
2. Rahbarning xizmat yuzasidan xodimlar bilan uchrashuvlari. Bunday uchrashuvlar boshqaruv ishining bir qismi hisoblanadi. Bu vaqtda rahbar xuzuriga boshqa kishilarning maqsadga nomuvofik ishlar bilan tez-tez kirib turishi uning ish faoliyatiga putur yetkazishi, rahbar xodim bilan ko‘zda tutilgan suhbatni o‘tkaza olmasligi, xodim esa ko‘nglidagi fikrini to‘liq bayon qila olmasligi mumkin. Xodimlarning rahbar xuzuriga kirib-chiqishini maxsus jadval orqali tashkil qilish maqsadga muvofik keladi.
3. Rahbarning xodimlar bilan suhbatlashishi.Ish yuzasidan uchrashuvlar oralig‘ida rahbarning o‘z xodimlari bilan suhbatlashib turishi muhim ahamiyatga ega. Suhbatlarning mazmuni, vazifasi va natijasi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ma’lumot olish yoki berish, xodimlar bilan tanishish, ularga vazifa berish va shu kabilar. Suhbat xodimlarni ishga qabul qilishda va odatdagi ma’muriy jarayon davrida ham o‘tkaziladi. Suhbatlarni ma’noli, madaniyatli va kerakli mavzuda o‘tkazish ham rahbarning malakasidan darak beradi.
Suhbatni reja asosida tuzish kerak. Birinchi navbatda, suhbatning vazifasini (mehnat intizomini mustaxkamlash, unumdorlikni oshirish, ragbatlantirish va hokazo), suhbatni olib borish usulini (nimadan boshlash, nimalarni gapirish va xokazo) va uni o‘tkazish vaqtini aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
4. Kichik majlis (yigilish) o‘tkazish va unda so‘zga chiqish. Rahbar faoliyatida ishlab chiqarishga oid har xil yig‘ilishlar o‘tkazish va o‘tkazilayotganlarida ishtirok etish katta ahamiyatga ega. Bunday yigilishlar rahbar ishining samaradorligini oshiradi. Yig‘ilish mavzusi va maqsadiga qarab qatnashuvchilar doirasi aniqlanadi. Yig‘ilishda rahbar ma’ruza qilishi yoki so‘zga chiqishi mumkin. Shuning uchun u yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi, notiqlik san’atiga ega bo‘lishi, o‘z xodimlariga so‘zga chiqishdan maqsadini tushuntira olishi kerak. Har qanday yig‘ilishdan so‘ng uning ishini tahlil qilish samaralidir. Bunda maqsadga kay darajada erishilgani ma’lum bo‘ladi.
5. Axborot va texnik vositalar. Rahbar faoliyatining asosini odamlar bilan ishlash tashkil qiladi. Ammo u barcha xujjatlardan va texnik vositalardan samarali foydalanishi zarur. Korxonaga kelib tushuvchi va undan chikuvchi xujjatlarning aniq ruyxati bo‘lishi kerak. Kotiba xujjatlar ro‘yxatini aniq yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa hech qachon hech narsa yo‘qolmaydi, hamma javob va yechimtalab xujjatlar o‘z vaqtida bajariladi. Yana shuni eslatib o‘tish kerakki, tezda bajarilishi zarur bo‘lgan xujjatlar alohida ro‘yxatda bo‘lishi kerak. Texnik vositalar orasida telefon va boshqa turdagi aloqa vositalari katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bunday vosita bilan ishlash usulini aniq tahlil qilish zarur.
Telefon orqali gaplashish usulini ham takomillashtirish talab qilinadi. Agar rahbarga favqulodda ko‘ng‘irok qilinganda so‘zlashuv vaqti uch minutdan ortmasligi kerak, oldindan kelishilgan taqdirda ham telefon orqali so‘zlashuv davri uzayib ketmasligi lozim. Amalda ikki ko‘ng‘irok tizimi tez-tez qo‘llaniladi. Birinchi ko‘ng‘irokda so‘zlashuv vaqti mavzusi va davri kelishiladi, ikkinchisida esa tez-tez va aniq gaplashiladi. Agar telefon orqali so‘zlashuv cho‘zilib ketadigan bo‘lsa, unda uchrashuv tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Rahbar ishini videoselektor va sirkulyar aloqa tizimi biroz yengillashtiradi, chunki bunda bir necha xodim bilan bir vaqtda gaplashish mumkin bo‘ladi.

Download 111,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish