Bzdorgi adonis usimligidan olinadigan preparatlar. Adonizid — (Adonisidum). Adonizid adonilenga nisbatan yot moddalardan tularok tozalangan bo‘lib, F.D.Zilberg tomonidan taklif etilgan. Ajratma baxorgi adonisning yer ustki qismidan Sokslet asbobida universal ajraguvchi (95 kiem xloroform va 5 kiem 95% li etil spirti) yordamida olinadi Ajratma boshlangich xajmiga nisbagan 15% kolganda spirt va xloroform uchiriladi.
So‘ng xom ashyo miqdoriga teng suv kushilib, ajratuvchining kolgan xismi ham xaydaladi. Bunda ta’sir etuvchi modda suvga utadi. Suyuqlik filtr krgoziga 1,5 sm kalinlikda joylashtirilgan alyumin oksid orkali suziladi.
Adonizid tarkibida yurak glyukozidlari, eng asosiysi adonitoksin bo‘lib, u ramnoza va adonitoksigeninlarga parchalanadi. Adonizid tarkibida simarin va K- strofantin bo‘ladi. Preparat biologik usulda baxolanadi va bir millilitrida 23-27 BTB (2,7-3,5 MTB) bulguncha suv kushiladi. Suyuqlikka 20% spirt, 0,5% xloretan kushib, ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. Ehtiyotlik bilan B ruyxatida saklanadi. Kardiotonik vosita sifatida ishlatiladi.
N.A.Bug‘rim va D.G.Kolesnikov (1965) lar quruq, adonizid olishni taklif kdlganlar. Uni olish jarayoni suyuq adonizidga uxshash bo‘lib, bir necha marta kdytadan tozalanadi: spirt — xloroform xaydalgandan kolgan koldik, 2:1 nisbatda olingan xloroform — spirt aralashmasi bilan ishlaiadi, quruq, qoldiq, 20%li spirtda eritilaoi. Alyuminiy oksid orqali ugkazib, tozalanadi va kuriguncha bug‘latiladi. Bu och-sarik, rangli gurgun kukuy bo‘lib, I grammda 18000 20000 VTB bor. Quruq, adonizid suyuq, adonizid tayyorlashda, quruq, konsentrat sifatida xdmda 0,00075 g dan tabletkada va 1 ml dan ampulalarda chikdrildsi.
Angishvonagul preparatlari. Angishvonaguldan diginorm, kordigit, digalen-neo, satiturani, laktozid, dilanzid, digitsillin, digitoksinlar olinadi.
Lantozid (Lantosidum). Tukli angishvonagul (Digitalis Lanata Ehrh), barigidan olinadi. 1 g barg 60 BTB sakdashi kerak. Bargni maydalab 24% li spirt bilan ikkita ekstraktorda aralashma olinadi.
Ekstraktorga 1 g maydalangan xom ashyoni solib 400 l 24% li spirt kuyiladi va 16-20 soatgacha krldiriladi. Diffuziya jarayonini tezlashtirish maksadida 2-3 marta ajratma aylantiriladi, 300 l miqdorida olingan ajratmayot moddalarni chuktirish uchun tindirgichga solinadi, 1-ekstraktorga yana 400 l 24% li spirt solib 16-20 soatga qoldiriladi, olingan ajratma 2-ekstraktordagi xom ashyo (50 kg) uchun ajratuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Keyingi sikl ham xuddi shunday davom ettiriladi.
Har bir olingan 300 l ajratmadagi yot modda 40% li Qo‘rg‘oshin atsetat yordamida chuktiriladi. Bu eritma ajratmaga asta-sekin 1,0 — 1,5l dan kushiladi, xdmmasi bo‘lib chuktirish uchun 20l 40% li Qo‘rg‘oshin atsetat eritmasi sarflanadi. Yot moddalar tuda chukkanidan sung ajratmaga bir necha tomchi Qo‘rg‘oshin atsetat eritmasi kushiladi. Bunda loyka hosil bo‘lmasligi kerak. Hosil bo‘lgan amorf chukma 18-20 soat tindirish uchun koldiriladi. Tinik, eritma kuyib olinadi, qoldik, chukma bilan belating orkali filtrlanadi. Eritmalar birlashtirilib, ortik,cha Qo‘rg‘oshin atsetatni chuktirish uchun natriy sulfatning 25% li eritmasidan 0,5 l solib aralashtiriladi, hammasi bo‘lib 12 l natriy sulfat sarflanadi. Gozalangan suv- spirtli ajratmadan glikozidlar organiq erituvchi bilan ishlov berib ajratib olinadi. Buning uchuy toza- langan ajratmaga 20 l metilenxlorid va etanol aralashmasi (3:1) solib 30 dak,ik,a reaktorda aralashtiriladi, sungra tindirish uchun 30 daqiqaga koldiriladi. Bunda pastki kavatdagi metilen xlorid va etanol aralashmasi bilan 3:1 takrorlanadi. Olingan metilen xloridli eritmadagi suv koldigini yukotish uchun unga natriy sulfat bilan ishlov beriladi, sungra metilen xlorid vakuumostida 37-40' C da xaydaladi. Kolgan 1,0-1,5 l mikdop dagi qoldiq, kristallizatorga kuyib olinib, murili javonda kolgan erituvchi uchirib yuboriladi. Kolgan qoldiq glikozidlar yigindisi bo‘lib, 285,5 g ni tashkil etishi kerak. Bu glikozidlar yigindisi 3 l 96% li spirtda eritiladi va uning biologik faolligi aniqlanadi. Namuna natijasiga qarab 1 ml eritmada 10-12 BTB bulguncha etil spirti va suv aralashmasi solinadi. Bunda spirt konsentratsiyasi 68-70% belishi lozim. Eritma ultrafiltrlar orqali filtrlanadi va tomizgichli flakonlarga 15 ml dan quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |