Аmаliy mashg’ulotlаr mavzulari 1-amaliy mashg‘ulot ekologiya fanining bo’lumlari. Mashg‘ulotning maqsadi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/54
Sana02.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#732670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
экология амалий.умк учун (2) (1)

Gidrosfera 
- Yerning suyuq qobig’i; - Biosferaning eng muhim tarkibiy qismi, 
tirik organizmlar hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan eng muhim omil hisoblanadi. 
Suvning asosiy qismi (95%) dunyo okeanida saqlanadi. Okeanlar yer yuzasining 70% ini 
tashkil etadi. Ulardagi suv zahirasi 1300 mln. kub km-ni, ko’l va daryolarda esa 0,182 
mln kub km-ni tashkil etadi. 
Suvda ko’p miqdorda kislorod va karbonat angidrid gazlari yerigan bo’ladi. 
Suvda yerigan karbonat angidrid miqdori atmosferadagiga nisbatdan 60 marta ko’p 
bo’ladi. Kislorod suvdagi organizmlarning nafas olishi uchun zarur. Karbonat angidrid 
gazi esa suv o’tlarning fotosintez jarayonida ishtirok etadi. Suvda yerigan kislorod va 
karbonat angidrid miqdori suv haroratiga va undagi tirik organizmlar tarkibiga bog’liq. 
Odatda bir muncha sovuq suvlar kislorodga boy bo’ladi. 
Gidrosfera litosfera rivojlanayotgan geologik davrda undan ko’p miqdorda suv 
bug’lari ajralib chiqishi natijasida hosil bo’lgan. 
Litosfera
-Yerning tog’ jinslari va tuproqdan iborat qattiq geologik qobig’i, 
organizmlarning asosiy qismi litosferaning sirtqi g’ovak qatlami-tuproqda hayot 
kechiradi. Tuproqning qalinligi bir necha metrdan oshmaydi. Tuproq tog’ jinslari 
emirilishi natijasida hosil bo’ladigan mineral moddalar hamda organizmlar hayot 
faoliyatida hosil bo’ladigan organik moddalardan iborat. Tuproqning hosil bo’lishi va 
unumdorligi tirik organizmlarning faoliyati bilan bevosita bog’liq. 
Biosferaning tirik moddasi (tirik organizmlar
). Biosfera yerning yupqa 
qobig’i bo’lishiga qaramasdan, unda organizmlar juda notekis tarqalgan. Atmosferaning 
yuqori, gidrosferaning va litosferaning chuqur qatlamalarida organizmlar juda kam. Ular 
asosan gidrosfera va atmosferaning yuza qatlamlarida, atmosferaning yer sirtiga yaqin 
quyi qatlamlarida ko’p uchraydi. 
Biosferadagi tirik organizmlar umumiy biomassasi 2,43 x 10
12
t ni tashkil etadi. 
Quruqlikda yashovchi organizmlar biomassasining 99,2 % ini yashil o’simliklar, 0,8 
% ini hayvonlar va mikroorganizmlar tashkil etadi. Okeanda, aksincha o’simliklar 
umumiy biomassaning 6,3 %, ini hayvonlar va bioorganizmlar 93,7 % ini tashkil etadi. 
Hayot asosan quruqlikda tarqalgan. Okean biomassasi barcha tirik organizmlar umumiy 
biomassaning 0,13 % ini tashkil etadi. 
O’simliklar biosferadagi turlar sonining 21% 
ini tashkil etadi. Lekin 
ular umumiy 
biomassaning 99% ini hosil qiladi. Hayvonlardan 96%, umurtqasizlar, 
4% umurtqalilar hisoblanadi. Shunday qilib, 
evolyutsion rivojlanishining eng
quyi tabaqasida turgan hayvonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Tirik 
organizmlar biomassa biosfera notirik moddasi massasining 0,01-0,02 % ini tashkil etadi. 
Lekin shunga qaramasdan tirik organizmlar yer yuzasidagi geokimyoviy jarayonlarda 
asosiy o’rin tutadi. 
Organizmlar moddalar va enyergiya almashinuvi uchun zarur 
bo’lgan 
moddalarni atrof muhitdan oladi. Juda katta miqtorda tirik matyeriya hosil bo’lib, oziq 
zanjirida qayta o’zgaradi, chirib parchalanadi. O’simlik va hayvonlarning hayot faoliyati 
tufayli yer biomassasining 10% har yili qayta hosil bo’ladi.
Tirik organizmlar hosil qiladigan bir yillik mahsulot quruq organik 


moddalar hisobidan 232,5 mlrd tonnani tashkil etadi. Buning uchun ular organizimida 
kechadigan jarayonlar uchun 46 mlrd tonna karbon, 68x10
9
tonna 
suv, 
6x10
9
tonna azot, 2x10
9
tonna fosfor, shuningdek kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt,temir va 
boshqa elementlar jalb qilinadi. 
Biosferada modda va enyergiyaning aylanma harakatlari to‘xtovsiz 
amalga 
oshadi.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish