V.I.Vernadskiy «tirik modda» deb ataydi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha
biota
deb ham
nomlanadi.
V.I.Vyernadskiy bo‘yicha biosferaning quyidagi tarkibiy qismlari ajratiladi:
tirik
modda(biota)-barcha tirik organizmlarning yig‘indisi; o‘lik modda- hosil bo‘lishida tirik
organizmlar qatnashmaydigan tog‘ jinslari, suv, minerallar va boshqalar;
biogen
moddalar-organizmlar hayot faoliyati mahsuli sifatida hosil bo‘lgan ko‘mir, torf, neft, gaz
va boshqalar; oraliq modda-biogen moddalarning noobiogen kelib chiqqan mineral jinslar
bilan aralashmalari-tuproq, slanetslar va boshqalar.
Biosfyerdagi tirik moddalarning umumiy massasi
biomassa
deyiladi.
Biosfera biomassasining asosiy qismi-98,6%i quruqlikdagi o‘simliklarga to‘g‘ri
keladi va yalpi biomassaning kimyoviy tarkibini belgilaydi. Dunyo okeanining
biomassasi biosfera biomassasining 0,57%ini
tashkil qiladi, lekin mahsuldorligi katta.
Biosfera biomassi (quruq modda hisobida) 1,4 trln.tonnaga teng kelsa, uning yillik
mahsuldorligi o‘n marta kamdir(Akimova, 1998).
Planetamizni uchta geologik qobiq: g’azsimon atmosfera, suyuq gidrosfera va qattiq
jinslardan tashkil topgan litosfera o’rab turadi
.
1
-rasm. Biosfera tarkibi
Tirik organizmlarning asosiy qismi ana shu qobiqlar: atmosfera, gidrosfera va
litosfera tutashgan joyda to’plangan.
Biosfera
– Yer geologik qobig’ining tirik organizmlar va ular faoliyati natijasida
hosil bo’lgan moddalar tarqalgan qismi
.
Biosfera chegaralari
. Yer planetasida tirik organizmlar
tarqalgan chegara
Biosfera chegarasi hisoblanadi.
Atmosfera
– Yerning gazsimon qobig’igi, tarkibi asosan azot (78.09), kislorod
(20.95), oz miqdorda argon (0.93%), karbonat angidrid (0.03%) va boshqa gazlar
aralashmasidan iborat. Atmosfera litosfera va gidrosferada sodir bo’lib turadigan fizik,
kimyoviy va biologik jarayonlarga katta t’asir ko’rsatadi. Yerda sodir bo’lib
turadigan
biologik jarayonlarda atmosfera kislorodi va karbonat angridining ta’siri ayniqsa katta.
Kislorod nafas olish va organik moddalarning parchalanib, qayta minerallashishi va
yonish jarayonlarida ishtirok etadi va atmosferaning yuqori
qatlamida ozon ekrani
hosil qilib, planetamizda tirik organizmlarni kosmik nurlardan himoya qiladi.
Karbonat angidrid gazi fotosintez orqali organik moddalar hosil bo’lishida
ishtirok etadi. Kislorod o’simliklarda sodir bo’ladigan fotosintez jarayonida hosil bo’ladi.
Karbonat angidrid, azot va suv bug’lari ko’p miqdorda vulqonlar otilishi jarayonida
atmosferaga ajralib chiqadi. Karbonat angidrid, azot va suv tirik organizmlarda sodir
bo’ladigan moddalar aylanishi hamda tabiatda chirish va yonish jarayonida hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: