Milliy siyosatning shakllanishi va xalqaro hamkorlikning asosiy yo’nalishlari
mamlakat ekologik salohiyatini saqlashga asoslanadi.
Ekologik muammolarning ko’lami
va murakkabligi, tabiiy resurslarning
qo’llanilishi va ulardan to’liq foydalanishni yo’lga qo’yish bozor iqtisodiyoti sharoitida
muhim masaladir.
Shu sababli bu sohalarni moliyalashtirish resurslardan hamkorona foydalanish va
mavjud ekologik muammolarni hamkorlikda echishni taqozo etadi. Shunga bog’liq
tarzda O’zbekiston xalqaro ekologik makonda xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro
hamkorlik asosida integratsiya jaryoniga qo’shilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
O’zbekiston Respublikasi 1992 yil BMT ga a’zo bo’ldi. 1993-2004 yillar
mobaynida quyidagi xalqaro tashkilotlar bilan ishga aloqador bog’lanishlar o’rnatildi:
BMT, TASIS, BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha
departamenti,
KUROON, YUNIDO, YUNESKO, VOZ, VMO, Yer Kengashi, Konventsiya
Kotibiyati, Butun Jahon banki, GEF. 2001 yilda O’zbekiston Respublikasi KUROONga
a’zolikka saylandi.
Bulardan tashqari O’zbekiston Yevropa hamkorligi doirasida «Yevropada
xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha tashkilot, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti
(OESR), NATO kabi xalqaro tuzilmalar bilan faol aloqa bog’lagan. O’zbekiston Evropa
uchun Iqtisodiy komissiya bilan hamkorlik o’rnatib,
uning
«Evropa uchun atrof-muhit» jarayonida ishtirok etmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi sohasida Osiyo mintaqasidagi xalqaro tashkilotlar,
xususan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, EKO
va boshqa qator mamlakatlar bilan o’zviy aloqa bog’lagan. Shuningdek, soha bo’yicha
AQSH, Hamdo’stlik mamlakatlari bilan ham aloqa mavjud.
YUNEP tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda Hududiy ekologik markaz tashkil
etilib, har bir respublikada uning milliy ofislari faoliyat ko’rsatmoqda.
Orol va Orol bo’yi. 1993 yil 26 martda Rossiya va Markaziy
Osiyo mamlakatlarining rahbarlari Qozog’ston Respublikasining
Qizil Orda shaxrida Orol va Orolbo’yida ekologik muammolarga bag’ishlangan
konfyerentsiyaga yig’ilib Orol va Orolbo’yi ekologiyasi mavzusida Orolni saqlab qolish
xalqaro jamg’armasi tuzildi.
Rossiya va Markaziy
Osiyo mamlakatlarining
rahbarlari 1994 yil 11
yanvarda
Nukusda Orol va Orol bo’yi muammosiga bag’ishlangan kengash o’tkazdi.
Bu kengashda Orol va Orol bo’yi ekologiyasiga bag’ishlangan tadbirlar ishlab
chiqildi.
1995 yil 20 sentyabrda Nukus shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari
uchrashuvining eng katta jahon banki Orol muammosiga moliyaviy yordam berishini
e’lon qildi.
Olma-otada 1997 yil 28 fevralda Markaziy Osiy mamlakatlari rahbarlari Orol
va Orolbo’yi ekologik muammosiga bag’ishlangan «Almati bayonoti» e’lon qilindi.
Orol va Orolbo’yi muammosi bo’yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarini «Orolni
qutqarish Xalqaro jamg’armasini tashkil etish» masalasida 8-9 aprelda 1999 yil
I.A.Karimov nutq so’zlardi.
Inson va biosfera dasturini bajarishda 80 ortiq mamlakatlar ishtirok etadi.