SHovqin ta’sirida eshituv holatini yo‘qolishi (pasayishi) %
SHovqinni ekvivalent darajasi (dBA)
|
Ish staji (yilda)
|
5
|
10
|
15
|
20
|
25
|
30
|
80 gacha
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
85
|
1
|
3
|
5
|
6
|
7
|
8
|
90
|
4
|
10
|
14
|
16
|
16
|
18
|
95
|
7
|
17
|
24
|
28
|
29
|
31
|
100
|
12
|
29
|
37
|
42
|
43
|
44
|
105
|
18
|
42
|
53
|
58
|
60
|
62
|
110
|
26
|
55
|
71
|
78
|
78
|
72
|
115
|
36
|
71
|
83
|
87
|
84
|
81
|
Har qanday shovqin ham ishchilar organizmiga salbiy ta’sir qilishi mumkinmi?Yo‘q.Agar shovqin jadalligi me’yoriy hujjatlarda ruxsat etilgan darajadan unchalik ko‘p oshmasa,unda dastlab organizmda adaptatsiya (moslashish) holati,keyinchalik charchash va vaqt o‘tishi bilan(shovqin muntazam ravishda uzoq muddat ta’sir qilib tursa)og‘ir quloqlik va ayrim kamdan-kam hollarda organik o‘zgarishlar natijasida,karlikka olib kelishi mumkin.Jadal shovqin,eshitish analizatorlarini ta’siridan tashqari,butun organizmga,birinchi navbatda markaziy asab sistemasiga ta’sir qiladi.Uning harakatchanligining pasayishi,diqqat e’tiborning, ish bajarish qobiliyatining pasayishi(charchash) bundan dalolat beradi.SHovqin nafas olish va yurak urish ritmiga,qon bosimiga ta’sir qiladi.Ayrim hollarda oshqozonning harakat va sekretor faoliyatiga, endokrin sistemasiga ta’siri ham kuzatiladi.Mana shu,barcha,shovqin ta’sirida yuzaga keladigan,o‘zgarish va belgilar kompleks“shovqin kasalligi”degan nom olgan kasallik turiga birlashgan.
Eshitish analizatori funksional holatini tekshirish.
Eng keng qo‘llaniladigan usullardan biri,bu audiometriya tekshirishlari– eshitish sezuvchanligini o‘lchash.Kishida eshitishning yo‘qolishini aniqlash usullariga muvofiq audiometrik tekshirishlar eshitish qobiliyatining pasayishini aniqlash,ya’ni eshitishning o‘zgarmas(qaytmas),hamda vaqtinchalik(qaytar) siljitishlarini(pasayishini)aniqlash uchun o‘tkaziladi.Bunda audiometr yordamida tekshiriluvchiga turli jadallikdagi va turli chastotadagi tovush signallari berilib, audiogrammada havo orqali yoki suyak orqali eshitish sezuvchanligining bo‘sag‘alari belgilanadi.
15-rasm. Audiometr AP-02.
Eshitish sezuvchanligining(bo‘sag‘asining)o‘zgarishlariga qarab adaptatsiya (eshitish bo‘sag‘asi 15 dB dan oshmasa va u shovqin ta’siri to‘xtagandan 3 daqiqagacha vaqt ichida qayta tiklansa);yoki eshitish analizatorining charchash (bo‘sag‘a 15 dB dan yuqoriroq oshsa va qayta tiklanish uchun 3 daqiqadan ko‘proq vaqt talab qilinsa) xaqida fikr yuritish mumkin.
Eshitish sezuvchanligining turg‘un(o‘zgarmas)pasayishi og‘ir quloqlikni rivojlanganligidan darak beradi.
Audiometrik tekshirishlar natijasiga qarab shovqinning organizmga ta’sirini baholashda albatta, kishining yoshiga qarab bo‘ladigan o‘zgarishlari va eshitish sezuvchanligini pasayishining boshqa sabablarini (turli kasalliklar natijasida) hisobga olish lozim.
SHovqin ta’siri ostida markaziy asab sistemasining o‘zgarishlari xronorefleksometriya usuli yordamida o‘tkaziladi.Undan tashqari, tovush signallarinig kritik chastotasi ham aniqlanadi (KCHSZM-1 asbobi yordamida).Bu asbobda tekshirishning mohiyati shundan iboratki,bunda tekshiriluvchiga chastotasi asta-sekin oshib boruvchi tovush signallari berilib namoyish qilinadi. Tovush signallari ma’lum chastotaga etganda tekshiriluvchi alohida tovush signallarini farqlay olmasdan,uzluksiz tovush sifatida qabul qiladi.Mana shu chastota–kritik chastota deb ataladi. 16-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |