AMALIY MASHG`ULOT №9.
Mavzu:Ishlab chiqarish korxonalarida shovqinni gigienik baholash usullarini va bosqichlarini o`rganish.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:talabalarda shovqin omiliga gigienik bag‘o berish va uning salbiy ta’sirini oldinii olish choralarini ishlab chiqarishni o‘rgatishdan iboratdir.
SHovqin–eng ko‘p tarqalgan ishlab chiqarish sanitariya omillaridan bo‘lib hisoblanadi. CHunonchi, parchilash,quymalarni tekishlab kesish va chiqarish, motorlarni sinash,portlatish ishlari,yigirish,to‘qish,shtamplash va shunga o‘xshash jarayonlar ishchilar organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kuchli va jadal shovqin hosil bo‘lishi bilan boradi.Ishlab chiqarishdagi shovqinni ishchilar salomatligiga salbiy ta’sirini oldini olish hozirgi kunda katta gigienik va ijtimoiy muammo bo‘lib hisoblanadi.SHuning uchun ham ishlab chiqarishdagi shovqinni o‘lchash, tahlil qilish va baholay bilish, shuningdek uning ta’sirini oldini olishning eng mukammal chora-tadbirlarini ishlab chiqish,DSENM mehnat gigienasi shifokori ishning muhim bo‘limlaridan hisoblanadi.
SHovqinni fizik-gigienik tavsifi.
Tashqi kuch ta’siri ostida turg‘un holatidan chiqarilib,tebranma Harakatlanayotgan va natijada havoni tebranma harakatga keltirayotgan va har qanday jism shovqin manbai bo‘la olishi mumkin.Havoning tebranma harakati esa eshituv organi tomonidan tovush yoki shovqin sifatida qabul qilinadi.Inson qulog‘i 1 soniya (sekund) da 16 dan 20000 Gs gacha bo‘lgan tebranishlarni tovush sifatida qabul qiladi. SHovqin – turli chastotali turli jadallikdagi va balandlikdagi tovushlarning tartibsiz majmuasi ya’ni yig‘indisidir.SHovqin chastotasi va jadallik kuchi bilan tavsiflanadi.CHastota 1 soniyadagi tebranishlar soni bilan o‘lchanadi (Gers-Gs).Tajribada aniqlanganki,agar tovush kuchini 100 marta oshirilsa,uning eshituv organi orqali qabul qilinib,his qilinadigan balandligi 2 marta ortadi,ya’ni tovush kuchini 100 marta oshirilsa,uning eshituv organi orqali qabul qilinib,his qilinadigan balandligi 2 marta ortadi,ya’ni tovush kuchi bilan uning sub’ektiv qabul qilinqdigan balandligi orasida logarafik bog‘lanish bor.Bunga ko‘ra sub’ektiv eshitish hissiyoti tovushning kuchiga emas,uning logarifmiga proporsional ravishda ortib boradi.SHunga muvofiq, hozirgi paytda shovqinning jadalligini miqdoriy jixatdan baholash uchun tovush kuchining detsibel va bellarda ifodalanadi maxsus logarifmiy shkala qabul qilingan.SHakalada butun tovushlar diapazoni 14 bel yoki 140 db ga bo‘lingan (Eshitish bo‘sag‘asidan og‘riq bo‘sag‘asigacha).
Masalan,shovqin darajasining mazkur shkala bo‘yicha eshitish bo‘sag‘asi darajasidan 2 Belgina ko‘tarilishi tovush kuchining shu shkala bo‘yicha 100 marta oshishiga to‘g‘ri keladi va hokazo.
Hisobning boshlanishi sifatida(ya’ni shkalaning 0 teng bo‘lgan darajasi) shartli ravishda eshitish bo‘sag‘asi–10-2 Vt/m2 ga teng standart(1000 Gs chastotali) tovushning darajasi qabul qilingan.Har qanday tovushning kuchi darajasini aniqlash uchun,uning absolyut bosimini, eshitish bo‘sag‘asi sifatida qabul qilingan bosimga bo‘lib, shu nisbatning logarifmini olish kerak.
R abs
Bel = 20 lg
R0 bo‘sag‘a
Akustikada va gigienik amaliyotda aniqroq o‘lchashlar uchun belning 1/10 qismi bo‘lgan dB–detsibel birligidan foydalanish qulayroqdir. Ishlab chiqarishdagi shovqinning jadalligi sanitariya me’yoriy hujjatlarga,hamda shovqin o‘lchagich asboblarda o‘lchanganda ayni shu birliklarda beriladi.
14-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |