Audiogramma blankasi.
|
F.I.SH.
YOsh
Kasb
Tashxis
O‘ng
CHap
Havo
Suyak
|
Kritik chastotaning yuqoridan pastga qarab siljishi eshitish analizatorining charchaganligini ko‘rsatadi. Barcha fiziologik tekshirishlar shovqin ta’siri bilan bo‘lgan ishdan oldin, ish paytida va ishdan kayin o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarishda shovqinning zararli ta’sirini oldini olish choralari.
Ishlab chiqarishda shovqinga qarshi kurash murakkab muammolardan biri hisoblanadi.Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar eng samarador hisoblanadi.
Bu tadbirlarga quyidagilar kiradi:texnologik jarayonni o‘zgartirish,ya’ni katta shovqin hosil bo‘lishi bilan kechadigan jarayonlarni,operatsiyalarni shovqin kam chiqadigan yoki umuman shovqin chiqarmaydigan texnologik jihozlarga, asboblarga,mexanizm va mashinalarga,operatsiyalarga almashtirish,parchinlashni payvandlash bilan,shtamplanishni presslash bilan almashtirish;shovqinni uning tarqalish yo‘lida kamaytirish maqsadida turli shovqin yutuvchi materiallar(rezina kigiz,bitum va boshqalar),so‘ndirgichlar qo‘llash yo‘li bilan.Bu tadbirlarning barchasi umumiy, ya’ni jamoaviy choralardir.
Tibbiy-profilaktik tadbirlarga mehnat qilish va dam olishni qulay va ratsional tartibini ishlab chiqish(shovqinning ta’sir etish vaqtini kamaytirish,ya’ni shovqinsiz kasblar bilan almashtirib turish, qo‘shimcha tanaffuslar kiritish,dam olishni shovqinsiz xonalarda tashkil qilish yo‘li bilan kamaytirish),ishga kirishdan oldin va ish davomidagi davriy tibbiy ko‘riklardan ishchilarni o‘tkazish, shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash,ishlab chiqarishda shovqinning jadallik darajasini nazorat qilish va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar kiradi. Shovqinga qarshi shaxsiy muhofaza aslahalari Ba'zi bir texnologik jarayonlarda shovqin darajasini umumiy texnik vositalar yordamida kamayitirish imkoniyati bo'lmay qoladi. Masalan,shtampovka sexlarida, mixlarni qalpoqlash yo'li bilan biriktirish sexlarida metall qirqish sexlarida, shuningdek, ichdan yonar dvigatellarini sinovdan o'tkazishda, shovqinni yo'qotish, shuning bilan birga ishchilarning shovqin kasalliklariga tushmasliklarini ta'minlash birmuncha qiyinchiliklar tug'diradi. Bunday hollarda ishchilar uchun shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanada. Sanoat korxonalarida shovqinga qarshi shaxsiy muhofaza aslahalari sifatida vkladish, naushniklar va shlemlardan foydalaniladi.Vkladishlar. Bu paxtadan qilingan, quloq teshigiga o'rnatishga mo'ljallangan vositadir. Uning samaradorligini oshirish maqsadida ba'zi bir parafinga o'xshash moddalar shimdiriladi. Bundan tashqari, qattiq moddalardan, masalan, rezina, ebonit kabilardan yasalgan vkladishlardan ham foydalaniladi. Vkladishlar eng arzon va ishlatishga eng qulay vositalar hisoblanadi. Lekin ularning samaradorligi oz, ya'ni 5-20 dB gacha tovushni kamaytira oladi.Shuningdek, ba'zi hollarda noqulayligi quloq teshigini yallig'lantirishi mumkinki, bu uning salbiy jihatlari hisoblanadi.Naushniklar. Sanoat korxonalarida SNIIOT naushniklaridan keng foydalaniladi. Naushniklar quloqni yaxshi erkitadi va prujinalar yordamida ushlab turiladi. Naushniklar past chastotadagi tovushlarga nisbatan yuqori chastotadagi shovqinlardan yaxshi muhofaza qiladi. Uning samaradorligi 7—38 dB atrofida bo'ladi.Shlemlar. Haddan tashqari katta shovqin sharoitida (120 dB dan ortiq) shovqin inson bosh miyasiga ta'sir ko'rsatadi. Bunday hollarda naushnik va vkladishlar hech qanday foyda bermaydi. Shuning uchun bosh miyani muhofaza qiladigan shlemlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |