SHovqin spektral tarkibi grafigi (chastotasi Gs)
Agarda shovqinni turli ko‘rsatkichlarini batafsil va chuqur o‘rganib,tahlil qilmoq lozim bo‘lsa,unda ishlab chiqarishdagi shovqinni magnitofonga yozib olib, uni laboratoriya sharoitida qo‘shimcha yordamchi asboblar(ossillograf,darajasini o‘zi yozadigan asbob, dozimetr,statistik taqsimlanishning analizatori vahokazolar) yordamida tahlil qilinadi.
Ishlab chiqarishda shovqinni o‘lchash San Q va M №0120-01“Ish joylarida shovqinning ruxsat etilgan darajadagi sanitar me’yorlari”ga muvofiq o‘tkaziladi. O‘lchashlar doimiy ish joylarida (mashinalarni boshqaruv organlari oldida,pultlar oldida va kabinalar ichida va hokazo)yoki mashinalarga xizmat ko‘rsatish xonalarida(ish zonasining 3 tadan kam bo‘lmagan nuqtasida) o‘tkaziladi.Mikrofon 1,5m balandlikda va mashinalardan 0,5-1 m masofada(kabinalarda ularning markazida),o‘lchayotgan kishidan kamida 0,5 m masofada o‘rnatiladi.SHovqinni o‘lchashda olingan natijalar maxsus qayd varaqasiga(№334/x) to‘ldiriladi.San Q va M №0120-01 ga muvofiq baholanadi.
Masalan, shovqinning umumiy va ekvivalentli darajasi ishlab chiqarish korxonalarining doimiy ish joylarida va umuman korxona ichki hududida 80 dbA dan oshmasligi lozim.
Ishlab chiqarishda shovqinni gigienik me’yorlashda mehnat faoliyatining ta’sirini hisobga olish katta ahamiyat kasb etadi.Mehnatning og‘irligi va keskinligi shovqin bilan birgalikda ta’sir qilganda organizm uchun qo‘shimcha yuklanish bo‘lib hisoblanadi.SHovqinning differensiallashgan me’yorlarini ishlab chigilganda (mehnatning og‘irligi va keskinligini hisobga olib) bunda ma’lum bir miqdoriy bog‘lanish hisobga olinib aniqlanadi.Bunda,mehnatning og‘irligi va keskinligi oshib borgan sari,shovqinning me’yor darajasi 50 dBA gacha pasayadi.
SHovqinning ishchilar organizmiga ta’siri.
SHovqinning organizmiga ta’siri uning chastotasi,kuchi,vaqtli ko‘rsatkichlari va ta’sirining doimiyligi bilan belgilanadi.
CHastota qanchalik yuqori bo‘lsa,uning biologik ta’sirining namoyon bo‘lishi ham shunchalik jadal bo‘ladi.
Inson qulog‘i1000 Gs chastotali tovushning eng yaxshi eshitadi(ya’ni bu chastotada eng past eshitish bo‘sag‘asiga egadir)va shuning uchun ham bu tovush standart ton sifatida qabul qilingan. quloqning eng yaxshi eshitish zonasida 500-4000 Gs oralig‘ida joylashgan(so‘zlashish nutqi diapazoni).
Turli chastotali tovushlardan bir xildagi kuchga ega bo‘lgan eshitish hissiyotini hosil qilish uchun turli darajadagi tovush bosimi bo‘lishi kerak. Masalan,past chastotali tovushni eshitish uchun,yuqori chastotali tovushga qaraganda ko‘proq(jadalroq)darajadagi tovush bosimi kerak.
YOsh o‘tishi bilan insonning eshitish bo‘sag‘asi ko‘tarilib boradi(ya’ni eshitish qobiliyati pasayadi).SHuningdek turli kasalliklar yoki zaharli moddalar ta’sirida ham eshitish qobiliyati pasayadi.
15-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |