5.PTM-1 changga qarshi gazlama niqobi va paxta-doka bog`ichlar. Odamning nafas olish organlarini RM lardan himoya qilish uchun hamda BV larning takroriy bulo`ti hosil bo`lgan joylarda harakat qilish vaqtida taqish uchun qo`llanilishi mumkin. Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek bunday vositalarni ko`proq aholining o`zi tayyorlaydi.Biroq ular odamlarni ZM lardan himoya qilolmaydi. Gazlama niqob ikki asosiy qism korpus va mustahkamlovchi qismlardan iborat(7-rasm,a).Korpus turt-besh qavatli gazmoldan tayyorlangan.Unda ko`rish uchun teshiklar qilingan bo`lib,unga oyna ko`yiladi Niqobning boshga zich kiyilishi rezina tasma yordamida ta`min etiladi.Bu tasma yuqoridagi uloqqa va pastki mustahkamlash chokiga qo`shib tiqilgan tugunga o`rnatiladi.Niqobni bevosita ishchi,kolxozchi,xizmatchi,o`quvchi ham tayyorlashi mumknn.
Niqobni tayyorlashda maxsus istruktsiyadan foydalanib,uning qismlari o`lchamlarga qarab bichiladi.Niqob etti xil o`lchamda tayyorlanadi.Yuz uzunligi 80 mm gacha bo`lsa,birinchi o`lchamli niqob tayyorlanadi;yuz uzunligi 81 dan 90 mm gacha bo`lsa, ikkinchi; 91 dan 100 mm gacha bo`lsa, uchinchi; 101 dan 110 mm gacha bo`lsa, to`rtinchi; 111 dan 120 mm gacha bo`lsa, beshinchi; 121 dan 130 mm gacha bo`lsa oltinchi va 131 mm va undan ortiq bo`lsa - ettinchi o`lchamli niqoblar tayyorlanadi.
Niqobning yuqori qatlamiga gazmol;bo`z shtapel,shatlanka,ichki qatlamlar namlikdan ifloslanmaydigan paxmoq(bumazey)movo`t,jun qo`shib to`qilgan ip gazlama, jun mato, polotnolardan tayyorlanadi.
Niqobning korpusi va bog`ichlarini bichish uchun kartokga chizilgan (qirqilgan)chizmadan foydalannladi.Niqob tikib bo`lingach,yaxshilab ko`zdan kechiriladi va o`lchab ko`riladi.To`g`ri tikilgan niqob chetlari undan foydalanadigan kishining peshonasiga,chekkalariga, yonoqlariga va dahaniga mos kelishi va 2-3 sm uzunlikda engakdan pastroq tushib turishi,niqob oynaklari ko`zning to`g`isida bulishi kerak.Niqob radioaktiv changdan saqlanishi uchun ishlatilib, quyidagicha taqiladi.
7- rasm.CHangga qarshi gazlama niqob(PTM)(a):va paxtali–doka bog`lagich (VMP)(a):1-korpus:2-mustahkamlash:3-niqobni mahkomlovchi rezinka;4- oynaklar.
Bosh kiyim echiladi,ikki qo`l bilan bog`ichning past tomoni chetlaridan shunday o`lchanadiki,bunda bosh barmoqlar tashqi tomonda bo`lsin, niqob korpusining quyi qismini daxanga zich qilib kiygiziladi,bog`ichni boshining orqasiga o`tkazib kaftning orqasi bilan niqob yuzga mahkam bosiladi.So`ngra boshga taqilgan bog`ichni tekislab,uni tarangroq qilib tortiladi,boshning ensa qismiga bog`ichning uchlari keltirib bog`lanadi hamda niqob yuzda eng qulay holatda o`rnashtirib kiygiziladi.SHundan keyin bosh kiyim kiyiladi. Paxta-doka bosh(7-rasm,b)ni axolining o`zi mustaqil tayyorlashadi.
Buning uchun uzunligi 100 sm va eni 50 sm bo`lgan bir parcha doka olinadi doka parchasining o`rta qismidan 30×20 sm joyga taxminan 2 sm qalinlikdagi bir tekis paxta qatlami quyiladi,dokaning paxtadan bo`sh qolgan qismlariga paxta o`rab chiqiladi dokaning har ikkala tomonidagi uchlari(30—35smga yaqin) qirqilib ikki juft bog`ich tayyorlanadi;bog`ichlarning cheti pishiq ip bilan tikiladi.
Paxta-doka bog`ich bilan og`iz va burin bekiladi,yuqori uchlari boshning orqa qismiga,pastki uchlari esa boshning tepasiga bog`lanadi.Burinning ikki tomonida qolgan ingichka ochiq joylar paxta bilan bekiladi.Ko`zlarni himoya qilish uchun changga qarshi to`tiladigan ko`zoynakdan foydalanish zarur.Agar nafas organlarini saqlaydigan himoya vositalari bo`lmasa,bu holda xar qanday lattani,ro`molchani suvga, suv bo`lmagan taqdirda,siydikka ho`llab burinni ustiga qo`yib nafas olish kerak.Bu holda radioaktiv moddalar lattada ushlanib qoladi.Nafas olish organlarini himoya qiluvchi barcha vositalarki hamma vaqt foydalanishga tayyor qilib qo`yish kerak.
Terini himoyalovchi maxsus vositalar tanani suyuq tomchi holidagi ZM lar, radioaktiv chang va bakteriologik qurol,alfa-zarrachalar ta`siridan to`liq himoya qiladi.Yadro quroli portlaganda ajraladigan yorug`lik nurini ham ancha susaytiradi.
Terini himoya qilishiga ko`ra bu himoya qiluvchi vositalar izolyatsiya kiyimi va filtrlovchi himoya kiyimlariga bo`linadi.Terini himoya qiluvchi izolyatsiya vositalari rezina qo`shib to`qilgan gazmoldan tayyorlanadi va zararlangan o`choqlarda dezinfektsiyalash ishlari o`tkazilganda ishlatiladi.
Terini himoya(izolyatsiya)qiluvchi vositalar GM bo`linmalarining shaxsiy sostaviga mo`ljallangan.Ular bunday kiyimlarni o`ta xavfli sharoitda ishlaganda kiyadilar.Maxsus himoya kiyimiga, umumqo`shin himoya jamlamasi, engil himoya kostyumi L-1,himoya kombinzoni va filtrlovchi himoya kiyimlari kiradi.
Bo`yi 165 sm gacha bo`lgan kishilar uchun birinchi rost; 165 sm dan 170 sm gacha, ikkinchi;170 sm dan 175 sm gacha,uchinchi;175 sm dan 180 sm gacha, turtinchi;180 sm dan baland bo`yli kishilar uchun beshinchi rost bo`ladi.Himoya kombinezoni radioaktiv,ZM lar hamda bakterial vositalar bilan kuchli darajada zaharlangan sharoitlarda ish olib borayotgan kishilarni himoya qilishi uchun foydalaniladi.
L-1 engil himoya kostyumы (8-rasm) terini RM lar, ZM lardan himoya qiladi. L-1 engil himoya kostyumidan odatda radiatsion,kimyoviy va bakteriologik razvedka olib borish vaqtida foydalaniladi.Kostyumlar 3 xil o`lchamda tayyorlanadi: bo`yi 165 sm gacha bo`lgan kishilar uchun birinchi;165 sm dan 172 sm gacha ikkinchi;172 sm dan baland bo`yli kishilar uchun uchinchi rost bo`ladi.
8- rasm.L-1engil himoya kostyumi:
1-qalpoqli kurtka;2-poypoqli shim;3-ikki barmoqli qo`lqop;4-podSHlemnik qalpoqni ichidan kiyadigan bosh kiyim;5-sumka;6-bo`yin klapani;7-o`rtadagi bog`ich;8-elka tasmalari;9-oyoq bog`ichlari.
O`lchamlar ko`ylakning old qismini pastiga,shimning yuqori qismidagi chap tomoniga va qo`lqopning yuqori qismida belgilanadi.
Himoya kombinezoni(9-rasm)rezina qo`shib to`qilgan gazmoldan tayyorlangan hamda kapyushonli ko`ylak;paypoqli shim va podshlyopnikdan iborat bo`ladi.
9- rasm.Umumiy qo`shin himoya komplekti:
Do'stlaringiz bilan baham: |