Izolyatsiya oluvchi protivogazlar.Izolyatsiya qiluvchi(IP-4,IP-5) protivogazlar nafas organlarini,ko`z,teri,yuzni havodagi hamma ZM lardan himoyalaydigan maxsus vositalardir.
Havoda kislorod etishmasa filtrlovchi-chang yutuvchi protivogazlar bunday himoyani ta`minlash maqsadida ishlatiladi.Izolyatsiyalovchi protivogazlar nafas olayotgan havoni kislorod bilan regenerativ patrondagi maxsus moddalar(perekis va nadperekis natriya)lar orqal boyitadi.Protivogaz yuza qismidan,regenerativ patrondan,nafas oluvchi qopdan,karkas va sumkadan tashkil topgan.
4. Nafas organlarini himoyalovchi oddiy vositalar va respiratorlar.
Respirator R-2(6-rasm)GM tizimida ko`proq qo`llaniladi.Respiratorlar nafas organlarini radioaktiv changdan,havodagi chang-to`zondan himoya qilishda hamda bakterial vositalarning qayta hosil bo`lgan bulo`tlari ichida harakat qilgan vaqtda foydalaniladi.Respiratorlar ZM lardan odamni himoya qilolmaydi.R-2respiratori filtrlovchi yarim niqobdan iborat bo`lib,unda nafas oladigan ikkita klapan,bitta (predoxranitelli ekrani bilan) nafas chiqarish klapani,boshga taqiladigan elastik va cho`zilmaydigan tasmalari hamda buringa o`rnashtirish qisqichi bo`ladi.
6- rasm. R-2 respiratori:
chapda–umumiy ko`rinishi;o`ngda – jangovor holatda;1-yarim niqob;2-nafas olish klapani;3-nafas chiqarish klapani;4-elastik tasmalar;5-cho`zilmas tasmalar; 6- burun qisqichi.
Yarim niqobning sirtki qismi engil sintetik material poliuretandan tayyorlanadi, ichki qismi esa havo o`tkazmaydigan yupqa plyonkadan ishlanib, unga nafas olish klapanlari o`rnatiladi.Poliuretan bilan plyonka orasiga polimer tolalaridan yasalgan filtr-suzgich joylashtirilgan bo`ladi.Nafas olgan vaqtda havo respirator bilan filtrning bo`tun sirtidan aylanib o`tib,changdan tozalanadi va nafas olish klapanlari orqali nafas olish organlariga etib keladi.Nafas chiqarilgan vaqtda havo tashqariga nafas chiqarish klapanlari orqali chiqib ketadi.
R-2raspiratori uch xil o`lchamlarda tayyorlanadi,o`lchamlar yarim niqobning iyakka taqiladigan ichki qismi(polietilen paket)ga yozib quyiladi.Respirator o`lchamini GP-4u protivogaziga uxshagan tartibda tanlanadi.
Respiratorning yuzga zich yopishib turganlignni tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.Nafas chiqarish klapanining teshigi qo`lning kafti bilan markam berkitib turib,engil nafas chiqariladi.Agar shunda respiratorning yuzga tegib turgan chiziqlaridan havo chiqib ketmasa,faqat yarim nikobni biroz ishirsa,demak respirator germetik holda qiyilgan bo`ladi:agar havo burunniig ikki chetidagi qismida chiqayotgan bo`lsa,u holda burun qisqichining uchlarini burun ustiga yana ham mahkamroq qisib quyish kerak havo o`tkazib yuboradigan respiratorni kichikroq o`lchami bilan almashtirish kerak.Respiratorni qo`yib o`lchab bo`lgandan kenin,maxsus halqa yordamida yopib quyiladigan polietilen xaltachada o`z yoningizda saqlashingiz kerak.
RMlar bilan zaxarlangan sharoitda ishlatilgan respiratorni echgandan keyin uni dezaktivatsiya qilish zarur,ya`ni sirtqi qismini radioaktiv changdan tozalab, ichki tomondagi yuzasi nam tompon bilan artib chiqiladi. So`ngra respirator paketda saklanadi.
Agar respiratordan foydalangan vaqtda namlik ko`p tplanib qolsa respiratorni 1—2 daqiqa echib,namlik ichki tomondan oqizib chiqariladi va ichki sirti artib yana taqib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |