Amaliy mashg`ulot№1. Mavzu: Ishlab chiqarishda ish kuni xronometraji,mehnatning og`irligi va keskinligi(zo`riqish) ni baholashni o`rganish



Download 3,3 Mb.
bet88/170
Sana10.07.2022
Hajmi3,3 Mb.
#771868
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   170
Bog'liq
AMALIY MASHG

Filtrlovchi-chang yutuvchi protivogaz qutichasi ichiga olinayotgan havoni radioaktiv,ZM lar va bakterial vositalardan tozalash uchun xizmat qiladi.U(ki­chik yoki katta)tsilindrdan iborat bo`lib,tsilindr ichiga havo oqimi bo`ylab aerozolga qarshi filtr hamda(maxsus ishlov berib aktivlashtirilgan ko`mir solingan)yutqich bilan ta`min etilgan. Bu yutqichni ko`pincha shixta deb atashadi.Aerozolga qarshi filtrda har qanday aerozollar-radioaktiv chang,ZM larning to`tun va tumanlari hamda bakterial aerozollar ushlanib qoladi.SHixta ZM larning bug` va gazlarini ushlab qoladi.Filtrlovchi yutqich qutisining tagida nafas olinadigan havo kirishi uchun yumaloq teshikcha bo`ladi;tozalangan havo quticha qopqog`iga burab o`rnashtirilgan naycha orqali o`tib keladi.Protivogazning gaz qismi(SHlem-niqob yoki niqob)pro­tivogaz qutisidagi filtr-yutqichda tozalangan havoni nafas olish organlariga etkazish uchun, shuningdek yuz va ko`zni radioaktiv,ZM va bakterial vositalar tushishidan himoya qilish uchun mo`ljallangandir.SHlem-niqob (niqob) rezinadan tayyorlanadi;uning ikkita ko`zoynak o`zeli,obtekatellari va klapan qopqoq qutichasi bo`ladi,niqobda esa bundan tashqari uni odamning boshiga kiygizib qo`yiladigan tasmalari ham bor.Ko`zoynak uzeli kuzatish oynagidan, ichki va tashqi oboymalardan iborat bo`ladi.Bu oboymalar bilan oynak SHlem-nikob(niqob)korpusiga mustahkamlanadi.Bundan tashqari terlamaydigan plyonkani mustahkamlash uchun xizmat qiladigan qisqich halqa ham ko`zoynak uzeli tarkibiga kiradi.Obtekatellarning vazifasi nafas olganda keladigan nisbatan sovuqroq havoni bevosita ko`zoynak uzelining oynalariga etkazib berishdan iborat bo`lib, mana shu tufayli oynaklarning terlash darajasi ancha pasayadi.
Klapanli korobka-quticha nafas olganda va nafas chiqargan vaqtdagi havo oqimini taqsimlash uchun xizmat qiladi.Uning ichida nafas olish klapani va ikkita - asosiy qo`shimcha nafas chiqarish klapanlari bo`ladi.Niqobning boshga kiygiziladigan qismi esa tasmalar tizimidan iborat bo`ladi.SHlem-niqoblar 5 xil o`lchamda(membranali korobka bilan 4 xil o`lchamda),nikoblar esa 3 xil o`lchamda chiqariladi.Ularning nomerlari niqob va SHlem-niqobning engak qismiga raqam bilan yozib qo`yiladi.
SHlem-niqob protivogazning filtrlovchi-yutqich qutichasi bilan vintli patrubka orqali birlashtiriladi.Patrubka o`z navbatida klapan qutichasiga mustahkamlangan bo`ladi.SHuningdek SHlem-niqob protivogazning filtrlovchi-yutqichi bilan yana filtrlovchi-chang yutuvchi qutining qopqog`iga burab o`rnatilgan naycha orqali ham birlashtirilgan bo`ladi.Niqob filtrlovchi-chang yutuvchi quticha bilan birlashtiruvchi trubka orqali birlashtiri­ladi.
Niqobdagi birlashtiruvchi trubka bir uchi maska-niqobining klapan korobkasidagi patrubkaga zich qilib o`rnatilgan bo`ladi,ikkinchi uchida esa ko`chma gayka bo`lib,uning yordamida filtrlovchi chang yutuvchi qutining og`zi bilan birlashtiriladi.Sumka protivogazni saqlash va uni yonida olib yurish uchun xizmat qiladi.Olib yurishga qulay bo`lishi uchun unga elkaga osadigan osgich (tasma)tikilgan bo`ladi.Tasmaning uzunligini surilma to`qa (halqa)yordamida muvofiqlashtirish mumkin.Bundan tashqari sumkaga yana belga taqiladigan tasma ham o`rnatilgan bo`ladi.Is gazidan himoyalanish uchun gopkalit patronidan foydalaniladi (3-rasm).Is gaz bilan zaharlangan atmosferada ishlashda,uniSHlem-niqobga birlashtirish zarur, chunki odam organizmini SHlem-niqobdagi filtrlovchi-yutuvchi quticha is gazidan himoya qilolmaydi.
3 - rasm. Gopkalitli patron:
1-gopkalit;2-quritgich;3-birlashtiruvchi trubkani burab kiritish uchun gorlovinasi; 4- protivogaz karobkasiga birlashtiruvchi ichki gorlovinasi.Gopkalitli patron metall korpusidan tuzilgan bo`lib,uning yuqori tashqi qismida birlashtiruvchi trubkani burab kiritish uchun tashqi gorlovinasi,kor­pus ichki qismining tagida filtrlov­chi-shimib oluvchi qismi bilan birlash­tiruvchi ichki gorlovinasi bor.Patron gopkalit quritgich bilan jihozlangan.Gopkalitli patronining korpusi metaldan ishlangan.Uni tashqi yuqori qismida protivogazni trubkasiga SHlem-niqob bi­lan birlashtirish uchun vintli gorlovi­na joylashgan.Filtrlovchi-yutuvchi pro­tivogazning qutichasini birlashtirish uchun uning ostki qismi ichida vintli gorlovina joylashgan.Ko`rsatgich-xlorit kaltsiy bilan shimilgan silikageldan tuzilgan.U havodagi suv bug`larini,gapkalitdan o`tgan suv bug`larini o`ziga shimib olib,uni namlikdan himoya qiladi.Namlangan gopkalit o`z xususiyatini o`zgartiradi.Og`irligi,namlik hisobiga 20g dan ko`proq bo`lsa patrondan foydalanish mumkin emas.Patronning og`irligi qutichada ko`rsatilgan bo`ladi. Gopkalit patroni 2 soat davomida himoya qila oladi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish