Filtrlovchi nafas olish a’zolari uchun SHHV kislorod etarli bo‘lgan sharoitda 16-18 hajmi protsentlardan kam bo‘lsa va xavfli narsalarning miqdori aniq bo‘lsagina(0.5hajmi protsentdan oshmasa)ishlatiladi.Hamma filtrlovchi NOA SHHVbelgilangan markadagi filtrlovchi elementlar bilan ta’minlanadi. Respiratorlar vatanimizda ishlab chiqarilgan bitta FPP filtr bilan ta’minlangan. Bu perxloratorlar o‘zidan elektr zaryadni o‘tkazuvchi tolalardan tayyorlangan. Ular katta bo‘lmagan qarshilikka ega.
Respiratorlar ichida eng soddasi“Lepestok”.Bu ingichka tolali filtrlovchi materialdan ishlangan engil doka niqob bo‘lib,ularning 3 xil turi chiqariladi: “Lepestok–200”,“Lepestok–40”,“Lepestok–5”.Ular yuqori dispersli changning konsentratsiyasi 5 marta oshganda himoya qila oladi.
Nafas olish a’zolarining turli xil changlardan himoya qilish uchun 2K respiratori ishlatiladi (bu engil yarim niqob bo‘lib,2 qavatli filtrlovchi materialdan tashkil topgan).Havodan tozalash samaradorligi 99,9%.Zararli bo‘lgan aerozol va gazlardan saqlash uchun ommabop respiratorlar ishlab chiqarilgan,bu rezinali yarim maska va o‘zgarib tortuvchi 2 ta filtrlovchi patronlardan iborat.Bu patronlar maxsus yutuvchi vaaerozolga qarshi filtrlovchidan iborat.
Bularning bir necha turi ishlab chiqariladi:“A4markali”–organik moddalardan,simob bug‘laridan,“B 4 markali”–nordon gazlardan,“Gmarkali” – simob bug‘laridan va boshqalardan asraydi.Ishlagan vaqtda changli muhit bo‘lsa, masalan,MIOT–49 shlem ishlatiladi.Bu temir qolipiga o‘rnatilgan qalpoqchalardan iborat. SHlem tagidan havo kompressor yo‘lidan berilib turiladi,kislorod berishda burma shlem qo‘yilishidan oldin ochiladi.Respiratorlarning boshqa markalaridagilar ham(changga qarshi“Astra–2”,RP-K,F-62 va boshqalar), shuningdek NOA SHHV lariga kiradi.Bu gaz niqob komplektidan iborat:
gazniqob quticha;
yuz qismi;
g‘ijimlangan shlem;
haltachalarni o‘z ichiga oladi.
Yuz qismi 5 xil o‘lchamda tayyorlanadi(0,1,2,3,4).Sanoat gaz niqoblarini ishlab chiqarishda va qishloq xo‘jaligida uchraydigan zararli maxsulotlardan,ya’ni havoda gaz bug‘i,chang-tutun va tuman holida uchraydigan moddalardan saqlaydi va ular ko‘z,nafas olish a’zolarini asrash uchun mo‘ljallangan.Ishlatishga qarab turli miqdordagi gazga qarshi IXV ishlab chiqariladi.Masalan,aerozolli filtr bu organik bug‘lardan(benzin,benzol,atseton,oltingugurtdan)saqlaydi.A-jagarrang, ochqizil aerozolli filtr organik bug‘lardan hamda chang,tutun,tumandan saqlaydi. G-qora va sariq aerozolsiz filtr simob bug‘laridan hamda chang,tutun,tumandan saqlaydi. Bundan tashqari boshqa xil miqdordagilar ham bor.Bu SHHV havodagi zararli bug‘ gazlarining miqdori REKdan 10-15 marta oshib ketganida ishlatiladi. Ajratib qo‘yuvchi NOA SHHV atmosferada kislorod etishmaganda(16-18%)yoki unda har qanday darajadagi zararli gaz,bug‘ chang bo‘lganda saqlaydi.Ular shlangli apparatlar bo‘lib havo berish kompressori,havo purkagichlari va havo suzgichlari orqali amalga oshiriladi.Bularga shlangli protivogazlardan PSH-1, PSH-2 kiradi.PSH-2 chegaralovchi nafas olish asbobi 1 komplekt havo beruvchi belbog‘ 25 m,signalli qutqaruvchi arqon,nafas oluvchi toza havo zonasida turadi. RMT-62 shlangli respirator keng tarqalgan bo‘lib,shlang apparatlariga skafandr va pnevmoshlem kiradi.O‘ta xavfli kimyoviy moddalar chiqaruvchi sexlarda halokat zaxirasi bo‘lishi kerak,ularni olish uchun oson joyda saqlash kerak.Har kuni ishlatilgandan so‘ng respirator va protivogazlarning yuz qismi zararlansizlashtirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |