AMALIY MASHG`ULOT№5 Ishlovchilar organizimiga noqulay mikroiqlim ta`sirini o`rganish usullari. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:1.Meteorologik omil ko`rsatkichlari,ISHLAB CHIQARISH muhitining METEOROLOGIK ShARTLARI,ATMOSFERA HAVOSI GIGIYENASI,Meteorologik omil ko`rsatkichlari bilan tanishish.
havo harorati-bu havo molekulasida mavjud issiqlik miqdoridir selsiy gradusida(0C)o`lchanadi.
havoning namligi bu havo tarkibida mavjud namlik miqdori(nisbiy namlik) % ko`rsatkichda aniqlanadi
havo harakati tezligi havo qatlamlari orasidagi haroratdagi farqga bog`liq bo`lib m/s da aniqlanadi.
issiqlik nurlanishi yoki infraqizil nurlanishlar deb 760 nm 1 mm to`lqinning uzunligiga ega bo`lgan elektromagnit to`lqinlarga aytiladi.
Bu nurlanishlar manba bo`lib har qanday issiq tana hisoblanadi.Bular hamisha baland haroratli tanadan past haroratli tana tomon yo`nalgan bo`lib o`z yo`lida bevosita havo haroratiga ta'sir ko`rsatmaydilar,yutilgan joyida issiqlik vujudga keltiradigan.Issiqlik(infraqizil nurlanishlar darajasi /m2birligida aniqlanadi.
Mehnat gigiyenasi mutaxassisii meteorologik omilga gigiyenik bahoni berishni quyidagi masalalarni hal etishda bajaradi.
ogohlantiruvchi sanitariya nazoratida qurilib(ta'mirlanib)ishga tushirilayotgan
korxonalarga (sexlardagi);sog`lomlashtirish chora-tadbirlari samaradorligiga baho berishda;reja bo`yicha mukammal sanitariya tekshiruvlari o`tkazilishida;
havo namunalarini olish (sanitariya kimyo tekshiruvlari o`tkazishda );
ishlovchilar fiziologik holatini o`rganishda;
kasb bilan bog`liq va umumiy kasalliklar sabablarini aniqlashda;
joriy etilgan(o`zgartirilgan)sog`lomlashtirish chora–tadbirlarining samaradorligini aniqlashda va boshqa.
Meteorologik omilga baho berish quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
1. Texnologik jarayonning o`rganish(havo holatiga ta'sir etuvchi omillar va
ular manbalarini aniqlash,ta'sir etish sharoitlarini o„rganish,infraqizil nurlar
manbalarini va nurlanish tarqalishi sabablarini aniqlash,mavjud sog`lomlashtirish chora-tadbirlarini o`rganish).
2.Ish xonalari eskizlarini(nusxalarini)chizish va unda tekshiruv o`tkazilishi lozim bo`lgan nuqtalarni aniqlash.
3.Asbob-uskunalar yordamida tekshiruvlar o`tkazish.
4.olingan natijalarni amaldagi hujjatlarda keltirilgan normalarga nisbatan baholash.
5.Talablarga javob bermaydigan meteorologik sharoitni yaxshilash choratadbirlarini ishlab chiqarish.
Yuqorida keltirilgan bosqichlar asosan mehnat gigiyenasi vrachi tomonidan olib boriladi.Asbob uskunalar yordamida omil ko`rsatkichlarini DSENMlarning sanitariya gigiyena laboratoriya xodimlari tomonidan olib boriladi.Bu ishlarni bajarilishi xaqida mehnat gigiyenasi vrachi laboratoriya va talabnoma beradi (qachon,qaerda,qay sharoitda tadqiqotlar.O`tkazilishi ko`rsatiladi).DSENM tarkibida laboratoriyasi bo`lmagan holda tekshirishlar mehnat gigiyenasi bo`limi xodimlari tomonidan olib borilishi lozim.Bu maqsadlarda katta korxonalar qoshida mavjud maxsus laboratoriyalar(ish sharoitlarini o`rganuvchi)xizmatidan foydalanish ham maqsadga muvofiq hisoblanadi.