Ehtiyojiy nazorat qilish turli muassasalami loyihalashtirish va qurish jarayonida gigiyena me’yorlari va sanitariya qoidalari amaliyoti tekshirilgandan keyingina qabul qilib olish bilan yakunlanadi.
Joriy sanitariya nazorati muassasalaming ishlab turgan vaqtidagi sanitariya holatini muntazam ravishda tekshirib turish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda aholi sog'lig'ini mustahkamlashga yordam beradigan omillardan foydalanish,yuqumsiz kasalliklar(yurak-tomir kasalliklari,revmatizm,xavfli o‘smalar)ning oldiniolish,yangi ishlab chiqarish omillarining sog‘liqqa ta’siri, uzoq umr ko‘rish masalalariga borgan sari katta e’tibor berilmoqda.
Hozirgi vaqtda gigiyena fani oldida turgan vazifalar ko‘payib va murakkablashib bormoqda.Bu ilmiy-texnika taraqqiyotining va mustahkamlashga imkon bersa, ikkinchi tomondan sog'liq uchun sog‘liqqa ta’siri qarama-qarshi bo'lishi mumkin.Ilmiy-texnika taraqqiyoti bir tomondan og'irimizni yengillatib, moddiy farovonlikni ta’minlasa,sog‘liqni saqlash aniq va yashirin xavf tug'diradi. Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish masalalarini targ'ibot qilish va xavfsizlik texnikasi yo'riqnomalaridan o’tkazish maqsadida mehnatni muhofaza qilish kabineti tashkil qilinadi. Bu kabinetlarning hajmi mashinasozlik sanoatida ushbu korxonada mehnat qilayotgan ishchilar soniga qarab belgilanadi.
Mehnatni muhofaza qilish kabinetlaridan quyidagi hollarda foydalaniladi:
Ishga yangi kirayotgan ishchi va xizmatchilarni xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi bo'yicha yo'riqnomalardan o'tkazish, shuningdek, bu yerda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari talabalarini ishlab chiqarish amaliyoti vaqtida kirish yo'riqnomasidan o'tkazish. Xavfsizlik texnikasi bo'yicha maxsus bilim talab qiladigan ishlarda mehnat qilayotgan ishchilar bilan suhbatlar o'tkazish, korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dastur bo'yicha muhandis-texnik xodimlar va kasaba uyushmasi faollari bilan mehnatni muhofaza qilish masalalarida seminarlar o'tkazish.
Mehnatni muhofaza qilish haqidagi kinofilmlar namoyish qilish,suhbatlar o'tkazish va ma'ruzalar uyushtirish.
Sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish sohasidagi korxona yutuqlarini va turdosh korxonalar yutuqlarini ko'rsatuvchi vistavkalar tashkil qilish.
Mashinasozlik sanoatida mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilashi mumkin bo'lgan, ishlab chiqarishning yangi usullari, yangi materiallar, ishlab chiqarish jarayonlari fan va texnikaning yutuqlarini targ'ib qilish.
Mehnatni muhofaza qilish kabineti yangi zamonaviy modellar bilan jihozlanishi, ko'rgazmali qurollar (plakatlar, sxemalar, maketlar, natural eksponatlar, diafilmlar) bilan ta'minlanishi ishchi va xizmatchilarni kirish
yo'riqnomasidan otkazish va muhandis-texnik xodimlar bilan seminar o'tkazishga kerak bo'ladigan uslubiy ko'rgazmalar, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish ma'lumotnomalari va targ'ibotning texnik vositalari
(kinoproektor, diaproektor, epidioskoz, filmoskoz va boshqalar) bilan jihozlanishi, o'qish-o'rgatish qurollari bo'lishi kerak.Mehnatni muhofaza qilish kabinetdagi ko'rgazmali qurollar sanoat korxonasining ishlab chiqarish xususiyati va unda mehnat qilayotgan ishchilar soniga, shuningdek, kelajakda rivojlanish re-jasiga bog'liq. Har qanday holda ham mehnatni muhofaza qilish kabinetida quyidagi bo'limlar bo'lishi shart:
— umumiy bo'lim, bu bo'lim mehnatni muhofaza qilishning hamma ishlovchilar uchun taalluqli bo'lgan asoslaridan tashkil topadi. Bu bo'limga mehnatni muhofaza qilish qonunlari, mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, sanoat korxonalarini shamollatish, sanoat korxonalarini yoritish masalalari,shovqin va tit-rashdan saqlanish, shaxsiy muhofaza vositalari, texnika xavfsizligini asosiy vositalari, elektr xavfsizligi, yong'in xavfsizligi;
— maxsus bo'lim, bunda xavfsizlik texnikasi va ish sharoitini sog'lomlashtirishning asosiy ishlab chiqarish jarayonlari. bo'yicha aks ettirilishi, masalan, metallarga qirqib ishlov berish, metallaiga bosim bilan ishlov berish, elektr va gaz bilan payvandlash, sanoatda xavfsiz ish olib borish nazorati obyektlarini ishlatish va boshqalar.
Kabinet ish rejalarini va eksponatlar tarkibini korxona bosh muhandisi tasdiqlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |