O'quv reja: 1 Ishlab chiqarishda titrash va uning fizik xususiyatlari



Download 30,57 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi30,57 Kb.
#688940

Ishlab chiqarishda titrash va shovqin hamda muhofazalanish chora-tadbirlari

O'quv reja:
1 Ishlab chiqarishda titrash va uning fizik xususiyatlari
2. Titrashdan saqlanishning shaxsiy muhofaza jihozlari va titrashni o'lchash vositalari
3. Ishlab chiqarishda shovqin va uning fizik xususiyatlari
4. Shovqinga qarshi kurashish usullari va shaxsiy himoya vositalari
5. Infratovush va ultratovushlar va ulardan himoyalash

Tayanch so'z va iboralar: ishlab chiqarish, titirash, shavqin, fizik xususiyati, muhofaza jixozlari, shaxsiy himoya vositalari,infratovush, ultratovush, myo'erlar,sanitariya, gigiena, xavfsizlik, lagarifm, ish joyi

1. Ishlab chiqarishda titrash va uning fizik xususiyatlari

Ishlab chiqarishda titrashning fizik xususiyatlari Ish joylari va xonalarda tebranish darajasi San QvaM 0326-16 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me'yorlari” va GOST 12.1.012-90 “MXST. Tebranma.Umumiy xavfsizlik talablari” talablaridako'rsatilgan bo'lib, unda titrashga ta'rif va uning quyidagi xususiyatlari keltirilgan:


“Titrash” – deb hech bo'lmaganda bitta koordinata bo'ylab, nuqta yoki mexanik tizimning vaqt birligida navbatma-navbat ortib va kamayib turuvchi harakatiga aytiladi.
Titrash mashina va mexanizm qismlaridagi kuchlarning nomuvofiqlik harakati natijasida kelib chiqadi. Bunga mexanizmlarning chiziqli harakatini aylanma harakatga aylantirishdagi tirsakli val mexanizmlarining harakati, silkituvchi harakat hosil qiluvchi shibbalash qurilmalari, shuningdek po sangilashtirilmagan aylanma harakatqiluvchi qismlar, masalan qo'lda ishlatiladigan silliqlovchi mashinalar, stanoklarning silliqlovchi va qirquvchi qismlaridan kelib chiqadigan titrashlar misol bo'laoladi.
Titrashning kelib chiqishiga ba'zan ishqalanuvchi va birikuvchi mexanizmlar (masalan podshipniklar, tishli g'ildiraklar va h.z.) ham sababchi bo'ladi. Umuman mexanizmlardagi muvozanatning buzilishi titrashning kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Titrashning o'lchov birligi desibel (dB) bilan belgilanadi. Uning chastotasi Gsbilan o'lchanadi.
Titrashning asosiy xarakteristikasi tebranish tezligida rajasining spektrlari hisoblanadi. Tebranish tezligi darajasi L (dB) qo'yidagitenglamaorqalianiqlanadi

L = 10lg(v2/v02) L= 20lg(v/v0),


(1)

bunda, v- o'lchash nuqtasidagi tebranuvchi tezlik; v0–tebranuvchi tezlikning bo'sag'asi (kuchsiz) qiymati, v0 =510-8m/s.

Yuzaga kelish manbaii bo'yicha titrash umumiy, transport, texnologik va transport-texnologik titrashlarga bo'linadi.
Fizik xossasiga asosan, tebranish amplitudasi titrash tezligi va tezlanishi orasidagi ma'lum boshlanish borligini, ularning vaqtga nisbatan funksiya sifatida, ya'ni Xm=X(t) yoki Vm=V(t) asosida olib qarasak:

Vm = X(t)dt


(2)

Har xil chastotadagi titrashlarning qo'shilgan ta'sirini aniqlaganda ularning ma'lum parametrlari (masalan, tezligi) o'rtacha geometrik miqdorlari yig'indisi sifatida qarash mumkin.

V = V21 + V22 + ... + V2n,
(3)

bunda: n – spektr tashkil etuvchilarining soni.


Titrash me'yorlari-titrashning inson organizmiga ta'siri asosan, uning mexanizmida kelib chiqishiga ta'sir ko'rsatuvchi kuchlar bilan uzviy bog'liq. Bunda ta'sir ko'rsatuvchi va titrash hosil qiluvchi kuch butun tizimga yoki uning ayrim bir bo'lagiga ta'sir qilishi mumkin. Davlat standartiga ko'ra, titrash odamga ta'sir etish usuli, ta'sir yo'nalishi va yuzaga kelish manbaii bo'yicha klassifikasiyalanadi. Inson, titrash ta'sirida-18% kasb kasaligiga chalinadi.
Titrash umumiy va lokal bo'lishi mumkin. Umumiy titrashda inson organizmi butunlay titrash ta'sirida bo'ladi. Umumiy titrashga transport vositalarini boshqaruvchilar, qoliblangan tizimlarini, yuk ko'tarish kranlari va boshqa vositalarni boshqaruvchilar umumiy titrash ta'siri ostida bo'ladi. Umumiy titrashning 0,7 Gs dan kichik bo'lgan chastotalari umuman titrash kasalligiga olib kelmaydi, ammo bunday chastotadagi titrashlar dengiz to'lqinlari singari bo'lganligi sababli, dengiz kasalligiga olib kelishi mumkin. Bunda odam ichki organlarining muvozanati buzilishi kuzatiladi.
Lokal esa inson organizmining ba'zi bir qismlarigina titrash ta'siriga tushadi. Lokal titrash ta'siriga qo'lda ishlatiladigan elektr va pnevmatik qurilmalar bilan ishlayotganlar (qo'lda silliqlash ishlarini bajaradigan vositalar, elektr drellari, betonga ishlov beruvchi vibratorlar va h.z.) tushadi. Ko'pincha ishchilar har ikkala titrash ta'sirida bo'ladi.
Inson organizmining deyarli hamma qismlarida har xil chastotadagi titrashlar mavjud. Agar ushbu titrovchi qismlarga tashqaridan xuddi shu chastotadagi titrashlar ta'sir ko'rsatsa, organizmda rezonans vujudga kelishi mumkin, ya'ni bu titrashni bir necha o'n marta ortishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida organizm qismlarida siljishni vujudga keltiradi.
Masalan: tik turib ishlaganda bosh, elka, bo'yin va umurtqa qismlari titrashi 4-6 Gs ni tashkil qiladi. O'tirib ishlaganda boshning elkaga nisbatan titrashi 25-30 Gs ni, ko'pchilikichkiorganlartitrashi 6-9 Gs atrofidabo'ladi. Xuddi shunday chastotadagi titrash ta'siriga tushish katta asoratlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi, ba'zan mexanik jarohatlarga olib kelishi mumkin.
Titrashning doimiy ta'siri esa titrash kasalligini kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Lokal titrash qon tomirlarida spazmani (qonning aylanish jarayoni buzilishi) vujudga keltiradi. Bu holat asosan, tananing oxirgi qismlari bo'lgan qo'l panjalaridan boshlanib, butun qo'lga o'tadi va yurakdan kelayotgan qonning o'tishini yomonlashtiradi va natijada qon ta'minoti susayadi. Shuningdek, titrash ta'siri tashqi asab tizimlari ishini yomonlashtiradi, natijada terining sezish qobiliyatini susaytiradi, pay qavatlarining qotib qolishiga olib keladi, bo'g'imlarda tuz yig'iladi va bo'g'imlar harakatini susaytiradi.
Titrashning gigienik me'yorlari –titrash inson organizmiga ta'siri va titrashning gigienik tavsifnomasini baholash usullari GOST 12.1.012-90 “ MXST. Tebranma.Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga Ishlab chiqarish jarayonlari. umumiy xavfsizlik talablari”.Titrash, xavfsizlikning umumiy talablari”ga asosan belgilangan.
Titrash me'yorlari umumiy va lokal titrashlar asosida baholanadi.
Umumiy titrash me'yorlari bajarish xarakteriga qarab, aqliy mehnat bilansh shug'ullanuvchilar uchun titrash bilan bog'liq sexlar va titrashdan holi bo'lgan zonalarda mashina va mexanizmlar turlari asosida belgilangan.
Ish joylarining titrash me'yori belgilanganda (pol, mashinalarning asosi va boshqaruvchilar uchun o'tirgichlar) titrash tezligining logarifmik darajasi o'rtacha geometrik chastotalari 2, 4, 8, 16, 32, 63, Gsgacha belgilanadi. Lokal titrashda esa 16, 32, 63, 125, 250, 500, 1000 Gsgacha me'yor belgilanadi. Gigiena me'yorlari 8 soatli ish vaqti uchun belgilanadi.
Titrashni me'yorlash bilan uni inson organizmiga salbiy ta'sirini oldini olish mumkin. Titrash ta'sirini me'yorlashning quyidagi 3 ta talabi mavjud:
-ishlash qobiliyatini saqlash;
-qulaylikni ta'minlash;
-sog'liqni saqlash va xavfsizlikni ta'minlash.
Lw- moslamaning ko'rsatishi bo'yicha tebranish tezlanishining logarifmik darajasi, dB.
Titrashning turli chastotalari inson organizmiga turlicha ta'sir qiladi. Titrovchi yuzada tikturgan odamga ikki rezonansli sikl 5-12 Gs va 17-25 Gs, o'tirgan odamda esabu 4-6 Gs chastotada bo'ladi. Odamning boshi uchun titrash rezonans chastotalari 20-30 Gs atrofida bo'ladi.
Mashina va agregatlarda titrashni kamaytirish usullari-titrashni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash, mashina sozlik sanoatidagi mashina sozlik sexlarini butunlay mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish kerak. Chunki titrash ta'sirini butunlay yo'qotishning birdan-bir chorasi – butun texnologiyani avtomatlashtirish va titrash zonalariga odamlarning kirmasligini ta'minlashdir. Chunki sexlar masofadan turib boshqarilsagina, titrash ishchiga ta'sir ko'rsatmasligi mumkin. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarish uchastkalarida titrashning quyidagi kamaytirish usullaridan foydalaniladi:
-titrashni ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish;
-titrashni tarqalish yo'lida kamaytirish;
-maxsus ish sharoiti tashkil qilish yo'li bilan titrash ta'sirini kamaytirish;
-shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish;
-sog'lomlashtirish chora-tadbirlarini belgilash;
-titrash ajralib chiqayotgan manbaiga ta'sir ko'rsatish yo'li bilan kamaytirish;
-rezonans rejimini yo'qotish mexanizmni oqilona massasini tanlash yoki titrovchi tizimning ustuvorligini oshirishni amalga oshirish;
-titrash energiyasini boshqa turdagi energiyalarga aylantirish usuli; (vibrodempfirlash usuli).
Titrashni dinamik so'ndirish – bunda tizimga titrovchi tayanch orqali ma'lum kuch qo'yish natijasida, titrashni fundamentga o'tmasligi ta'minlanadi.
Mashina elementlari va qurilish konstruksiyalarini o'zgartirish yo'li bilan kamaytiriladi.
Titrashdan muhofazalash usullari GOST 12.1.012-90 “MXST. Tebranma.Umumiy xavfsizlik talablari”talablariga Ishlab chiqarish jarayonlari. umumiy xavfsizlik talablari”ga asosan titrash ajralib chiqayotgan manbaga ta'sir ko'rsatish natijasida titrash parametrlarini kamaytirish va titrashni tarqalish yo'lida kamaytirish usullari bo'yicha qaraladi. Bu keyingi usulga yuqorida keltirilgan 2, Z, 4 – usullar kiradi, shuningdek unga titrashni izolyasiya qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo'llashni ham kiritish mumkin. Bu usullarni qo'llash titrashni keltirib chiqaruvchi har qanday kuchlar asosida bo'lganda ham yaraydi.
Titrashni ajralib chiqayotgan manbaiga ta'sir ko'rsatish bilan quyidagicha kamaytirish mumkin:
-texnologik jarayonlarni loyihalash vaqtida dinamik kuchlar ta'siri natijasida keskin urilish jarayonlari va keskin tezlashib, sekinlashishlari bo'lgan mashina mexanizmlarni yo'qotish yoki keskin kamaytirishga harakat qilish zarur. Bu titrashlarni kamaytirishning asosidir;
-titrashni kamaytiruvchi vosita sifatida dumalovchi podshipniklarni sirg'anuvchi podshipniklar bilan almashtirish.
Nasos, ventilyator kabi mashinalardagi past chastotalardagi titrashning hosil bo'lishida ularning aylanuvchi qismlari nomutanosibligi sabab bo'ladi. Bu mashinalar katta tezlikda aylanganliklari sababli, uncha katta bo'lmagan nomutanosiblik ham katta titrash kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Bu nomutanosiblik GOST 12.1.012-90 “MXST. Tebranma.Umumiy xavfsizlik talablari” bo'yicha muvofiqlashtirish yo'li bilan tugatiladi.
Rezonans rejimini yo'qotish –titrashni kamaytirishda undagi rezonans rejimini yo'qotish katta ahamiyatgaega. Bunda mexanizmning o'z tebranish chastotasini titrash hosil qiluvchi kuch chastotalaridan farqli bo'lishini ta'minlash muhim.
Mexanizm chastotasini aniqlashda, hisoblash usuli va tajriba usullardan foydalaniladi. Texnologik uskunalarda rezonans rejimini yo'qotishda asosan uch usul qo'llaniladi.
Hisoblash usuli-tizim tavsifi o'zgartiriladi (og'irligi va ustuvorligi).
Tajriba usulida-esa mexanizm ish rejimi o'zgartiriladi. Ustuvorligini o'zgartirish qovurg'alar o'rnatish bilan amalga oshiriladi. Ish rejimini o'zgartirish esa mashina yoki mexanizmni loyihalash davrida amalga oshiriladi.
Vibrodempfirlash usuli- tizimda hosil bo'lgan titrash energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Titrash energiyasini kamaytirishda ishqalanish hosil bo'lishi mumkin bo'lgan joylarda konstruktiv material sifatida ichki ishqalanish qarshiligi katta bo'lgan materiallardan foydalanish yaxshi natija beradi. Mashinasozlik sanoatida asosan foydalanadigan cho'yan va po'lat konstruksiyalari ishqalanish koeffisienti 0,001 - 0,01 ni tashkil qiladi. Shuning uchun sanoat mashinalari titrash tezligi ancha yuqori va titrash o'tkazuvchanligi ham katta.
Sanoatda qo'llaniladigan qotishmalar Su-Ni, Ni-Ti, Ni-Co larning ishqalanish koeffisientlari taxminan 10 marta katta va 0,02-0,1 ni tashkil qiladi. Ttitrashni kamaytirishga marganes, mis va magniy qotishmalaridan tayyorlangan konstruksiyalar yaxshi natajalar beradi.
Vibordempfirlash vositasini har xil qatlamli qotishmalar, masalan po'lat-alyuminiy, po'lat-mis yordamida ham kamaytirish imkoniyatlari mavjud.
Titrashni kamaytirish nuqtai nazaridan, mashinasozlik sanoatida konstruksiya detallari sifatida plastmassa, yog'och, rezina materiallaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Ba'zi bir sekin yurar reduktorlarda metall tishli g'ildiraklar o'rniga tekstolitdan (maxsus plastmassa) va kaprondan tayyorlangan tishli g'ildiraklardan foydalanilmoqda.Shuning natijasida fundamentga titrashning o'tishi etarlicha kamaytirilgan. Shuningdek plastmassa materiallaridan qirqish stanoklari uchun har xil yordamchi qurilmalar va konduktorlar, konduktor vtulkalari, podshipnik va qisish qurilmalarida keng foydalanilmoqda.
Ba'zi bir hollarda bunday materiallardan foydalanish imkoniyati bo'lmay qoladi.
Bunda titrashni kamaytirish maqsadida har xil titrashga qarshi qoplamalardan foydalaniladi. Bunda asosan, qoplamalarning deformasiyalanishi natijasida ishqalanish energiyasi (shuningdek, titrash energiyasi) issiqlik energiyasiga o'tishi natijasida titrash so'ndiriladi.
Bunday qoplamalar rezonans titrashi bo'lgan holatlarda yaxshi natija berishi kuzatilgan.
Moylovchi materiallar titrashni yaxshi so'ndiradi. Masalan :tishli g'ildiraklarning moy vannalarida ishlashi titrashlarni keskin kamaytirishga olib keladi. Chunki bunday hollarda metall detallar oralig'iga yopishgan moylovchi moddalar ularning titrash tarqatishiga to'sqinlik qiladi.
Titrashni dinamik so'ndirish –ko'pgina hollarda titrashni so'ndirish uchun agregatlar mustahkam fundamentlar ustiga o'rnatiladi. Ayniqsa, katta hajmga ega bo'lgan fundamentlardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Qo'shimcha kuch, ya'ni so'ndiruvchi tizim titrash hosil qilayotgan agregatga mustahkam o'rnatilgan, shuning uchun bu qo'yilgan qo'shimcha kuch agregatda hosil bo'ladigan titrashga qarama-qarshi bo'lgan tartibda titrash hosil qilishi hisobiga, agregat titrashini anchagina kamaytirishga olib keladi.
Bunday usulda titrashni kamaytirishning asosiy kamchiligi – uning ma'lum chastotalarda ishlatish mumkinligidir. Ba'zi bir hollarda qo'shimcha kuchning chastotasi titrash hosil qilayotgan mexanizm chastotasiga mos kelishi natijasida, rezonans hosil qilishi mumkin. Bu esa titrashni so'ndirish o'rniga kuchaytirib yuborishi mumkin.
Suyuqlik va gazlar bosim ostida quvurlar orqali harakatlantirilganda kompressor ta'sirida hosil bo'lgan titrashlar, quvurlar orqali tarqalishni pulsasiya oqimini bir tekis oqimga aylantirish yo'li bilan titrashlarni yo'qotishga erishiladi. Bu usuldagi titrashni so'ndirish kompressori so'ruvchi va haydovchi tomonlarida o'rnatilishi mumkin. Xuddi shunday qurilmalardan suyuqliklarni harakatlantirishda hosil bo'ladigan titrashlarni so'ndirishda foydalaniladi.
Mashina va qurilish konstruksiyasidagi elementlarini o'zgartirish –titrashning tarqalish yo'lida kamaytirish usuli sifatida uning ustuvorligini oshirish yo'lini ko'rsatish mumkin. Masalan: mashina korpuslarini qovurg'alar bilan ta'minlash va boshqalar kiradi. Bunda titrashning elastik qarshiligi oshadi va mashina qismlarida vujudga kelayotgan titrashlar sinxronligi buziladi, bu esa o'z navbatida, mashina ma'lum qismlari nuqtalarida titrash amplitudasining qisqarishiga olib keladi. Natijada titrash ta'sirini ma'lum miqdorda kamaytirish imkoniyatini beradi.
Titrashni izolyasiya qilish –bu usul titrash tarqatayotgan manbadan muhofaza qilinayotgan ob'ektga titrashning o'tishiga halaqit beradigan vositalar o'rnatish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bu vositani amalga oshirishda titrovchi tizimga qo'shimcha elastik bog'lovchi material o'rnatiladi. Bu material titrashni yo'qotish (yutish yo'li bilan) yoki asosiy agregat va uning asoslariga o'tishini kamaytirish imkoniyatini yaratadi.
Prujinali titrashni –izolyasiya qilish vositalarining bir muncha ijobiy tomonlari bor. Ularni ham yuqori chastotadagi ham past chastotadagi titrashlarni so'ndirish maqsadida qo'llash mumkin, ya'ni ular har qanday deformasiyada o'z elastik xususiyatlarini yo'qotmaydi. Shuningdek issiq va sovuqqa, yog'lar ta'siriga yaxshi bardosh beradi,
Rezinadan qilingan titrashni so'ndirish vositasi – qo'llanilganda gorizontal tekislik bo'ylab tarqaluvchi titrashlarni so'ndirish masalasini hal qilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun rezina qirqimlar hosil qilinadi, teshiklar teshiladi yoki bir necha parallel o'rnatilgan so'ndirish vositalaridan foydalaniladi.

2. Titrashdan saqlanishning shaxsiy muhofaza jihozlari va titrashni o'lchash vositalari

Qo'lda ishlatiladigan va mexanizasiyalashtirilgan elektr va pnevmatik asboblardan foydalanilganda ishchilarning qo'l kuchi orqali o'tadigan titrash ta'sirini kamaytirish maqsadida shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalaniladi. Bunday vositalarga qo'lqoplar, titrashdan saqlovchi plastina va qistirmalar kiradi. Bunday vositalarni qo'lga o'rnatib ishlatiladi.
Titrash kasalliklarining oldini olish maqsadida ishlab-chiqarish sanoat korxonalarida titrash bilan bog'liq bo'lgan mashina va mexanizmlar bilan ishlov chikishilar uchun maxsus ish rejimi tashkil qilinadi. Masalan:qo'lda ishlatiladigan titrash tarqatuvchi mexanizm bilan ishlovchi ishchi sanitariya me'yorlari talablariga muvofiq umumiy ish smenasining 2/3 qismidan oshmagan miqdorda ishlashi mumkin.
Boshqa sanitar –gigienik omillar me'yorida bo'lsa, titrash ta'sirida ishlayotgan ishchiga quyidagicha ish rejimi tashkil qilinadi. Bundaovqatlanishuchuntanaffus 40 minutdankambo'lmasligibilanbirgayanaikkimartachegaralangantanaffusqilinadi. Bu tanaffuslar ish boshlangandan keyin taxminan 1-2 soat davomida 20 minut va tushlik tanaffusdan so'ng 2 soat o'tgach 30 minut bo'lishi kerak. Tanaffuslardan ishchi faol dam olishi uchun foydalanish kerak (masalan, maxsus gimnastika mashg'ulotlari va boshqa saqlanish chora-tadbirlari).
Titrash tarqatayotgan mashinalarda ishlayotgan ishchilar uchun ularning ish ritmiga titrash bo'lmagan texnolgik vazifalarni bajarishishlarini ham qo'shib olib borish tavsiya etiladi.
Agar biron-bir ishchida titrash kasalligi boshlanganligi aniqlansa, uni vaqtincha vrachlik texnik ekszperiza komiisiyasi (VTYEK) qaror chiqarguncha titrash bo'lmagan engilro qishga o'tkazish tavsiya qilinadi.
Titrash parametrlari o'zgarish diapozonlari bo'yicha uning haqiqiy qiymatini logarifmik daraja ko'rinishida o'lchash qulaydir. Titrash tezligining logarifmik darajasi L (dB) quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
L =20 lgv/ 510-8,
(4)

bunda, v -tebranishtezligininghaqiqiyqiymati, m/s; 510-8 -tebranishtezliginingbo'sag'aqiymati, m/s.

Agar titrashni o'lchovchi moslama titrashning logarifmik darajasini dBda ko'rsatib titrash me'yori m/sda berilgan bo'lsa, unda titrashning o'rtacha arifmetik qiymati vtt (m/c) jadvalyokiformulabo'yichahisoblabtopiladi:

vsk = 510-810Lv,


(5)

Uholdatebranishtezlanishning Wsk (m/s2o'rtachaarifmetikqiymati) hamshukabiformulabilanhisoblanadi:

Wsk = 310-410Lv
(6)

bunda:erda 310-4 tebranishtezlanishining bo'sag'a (tayanch) qiymati.

Ko'plab ishlatiladigan o'lchash asboblari orasida IShV-1 va VIP-2 ni vibrometrlari ko'rsatib o'tish mumkin.Chet el apparatlari ichida Daniyaning “Bril va Ker” firmasida ishlab chiqarilgan o'lchash qurilmasi va Germaniyada ishlab chiqilgan RFT apparati komplektini ko'rsatish mumkin.

3. Ishlab chiqarishda shovqin va uning fizik xususiyatlari

Insonning mavjud beshta sezgi organi ichida, eshitish a'zosi o'ziga xos ahamiyatga egadir. Aynan eshitish orqali inson boshqa insonlar bilan muloqat qiladi, xavf-xatarni farqlaydi, anglaydi va o'z madaniyatini yuksaltiradi. Inson o'zining eshitish sezgilari yordamida tiniq tovushlarni, aralash tovushlarni va shovqinni farqlaydi.
Tiniq tovush-birxilchastotadagisinusoidaltebranishlardaniborat. Bir sekunddagi tebranishlar soni tovush chastotasi deb ataladi. Tovush chastotasi fizikolimiGenrixGers (1857-1894) sharafiga “Gers” (Gs) bilano'lchanadi.
Aralashtovush-birnechatiniq tovushlarningyig'indisidaniborat.
Shovqin-esaharxilchastotavatebranishdagitovushlararalashmasidir.
Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo'shilib eshitilishi shovqin deb ataladi yoki odam uchun yoqimsiz har qanday tovushlar shovqin deb ataladi
Tovushintensivliginingo'lchovbirligi “Bel” qabulqilingan. Utelefonyaratilishiningasoschisi, AleksandrGeyamaBel (1847-1922) sharafigaqo'yilgan.
Tovush (shovqin) fizik holat bo'lib, havoda jismlarning bir-biriga urilishi, ishqalanishi va muvozanat holatining buzilishi natijasida hosil bo'ladigan havoning elastik tebranish harakati qattiq, suyuq va gazsimon muhitda to'lqin hosil qilib tarqaladi. Bunda muhit zarralari muvozanat holatiga nisbatan tebranish hosil qiladi va bu tebranish tezligi to'lqinlar tarqalish tezligidan ancha kichkina bo'ladi.
Tovush to'lqinlari ma'lum chegaragacha tarqalishi mumkin. Manashuoraliq chegaratovushmaydonidebataladi. Tovush maydonidagi har bir nuqtada havo zarralarining harakat tezligi vaqt birligida o'zgarib turadi. Bir lahzada kuzatilgan havo to'liq bosimining ta'sir kuchidan holi bo'lgan havoning o'rtacha bosimiga nisbati tovush bosimi (R)deb ataladi.
Shovqin to'lqinlari tarqalganda ma'lum miqdordagi energiya bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko'chiriladi. To'lqin tarqalayotgan yuzadagi qandaydir nuqtasida ma'lum vaqt birligidagi o'rtacha energiya oqimi tovushning shu nuqtadagi intensivligi (I) Vt/m2deb ataladi.

I=P2/c
(7)

Tovushkuchi –yoki intensivligi perpendikulyar bo'lgan sathdan bir sekund ichida 1 sm2 orqali o'tadigan tovush quvvati miqdori bilan aniqlanadi.Tovushning kuchi quvvat birliklarida-sekundiga 1 sm2 ga erglar bilan o'lchanadi. Erg bir dina kuch bilan bajariladigan ish, ya'ni bir gramm og'irlikdagi massaga 1 sm/sek tezlikda beradigan kuchdan iboratdir.
Tovushlar tebranish quvvatini to'g'ridan-to'g'ri aniqlash usullari bo'lmagani sababli, jismlar ustiga tushadigan tovush tebranishidan hosil bo'ladigan bosimlar bilan o'lchanadi. Tovush bosimning birligi bar hisoblanadi va 1 sm2 sathga 1 dina kuchning to'g'ri kelgan bosimidan yoki 0, 0001 atmosfera bosimidan iboratdir.
Tovush birliklarini aniqlash uchun tovush intensivligi va bosimning daraja birligi kiritilgan. Bu birlik odam qulog'i eshitishi mumkin bo'lgan eng minimal tovush intensivligi va bosimiga asoslanib, bu birliklar I=10-14 Vt/m2 va R=2(10-5) Pa ni tashkil qiladi. Agar I/I0=0 bo'lsa, bu miqdor bir (Bel) deb qabul qilingan.
Odam qulog'i Bel birlikdagi tovushning o'ndan birini ham yaxshi farqlaydi. Shuning uchun sanoat korxonalarida shovqinni o'lchashning dB birligi qabul qilingan. Agar biron-bir nuqtaga bir- necha manba shovqini ta'sir qilayotgan bo'lsa, ularning darajasi emas, balki intensivligi qo'shiladi.

I = I1+ I+ .... + In


(8)

Ularning darajalarini aniqlash daesa, ayrimlaridan olingan intensivliklarning minimal eshitilish miqdoriga nisbati olinadi.


Bu ko'rilgan ifodalarning amaliy ahamiyati sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish vaqtida yaxshi bilinadi. Chunki agar korxonada o'rnatilgan bir necha shovqin manbai bo'lgan taqdirda, ularning bir nechtasining shovqini kamaytirilsa, umumiy shovqin darajasiga hech qanday o'zgarish kiritilmasligi mumkin. Ammo ish joylarida har xil shovqin chiqaruvchi mexanizmlar bo'lsa, unda birinchi navbatda, eng kuchli shovqin chiqaruvchi tizimini kamaytirishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.

/
/


Yong'in ovazi
Tinch gaplashish
Avtomobil yo'li
Fen ovazi
Rok konsert
Benzin arrasi
Maksimal ovaz poyozd
Otbonik boltasi
Uq ozazi

1- Rasm. Ishlab chiqarish shovqin va titrash ko'rsatkichi


Agar sanoat korxonalarining birida bir xil darajada shovqin chiqaruvchi bir necha mexanizm o'rnatilgan bo'lsa, unda umumiy shovqin darajasi quyidagicha aniqlanadi:

L=Li+10lgn (9)

bunda, Li – bittamashinachiqaryotganshovqin.n - spektr tashkil etuvchilarining soni

Bu formuladan ko'rinib turibdiki, ikkita bir xil shovqin chiqaruvchi manbaning shovqini bittasinikiga nisbatan 3 dB ortiq bo'ladi.
Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda shovqinning o'rtacha geometrik chastota oraliqlari belgilangan. Biz eshitish organizmimiz tomonidan tovushni qabul qilamiz. Ritmlarga rioya qilingan holda muntazam ravishda kelib chiqadigan ohanrabo tovushlarning tebranishi musiqali tovushlar deb ataladi.
Me'yoriy eshitishda insonning eshitish organi tomonidan tovush tebranishlarining 16 dan 20000 Gersgacha chastotasi qabul qilinadi (Gs bir sekundda bir tebranish) shunda ham eng yuqori chegara faqat yosh bolalarga xosdir. U balog'atga etgani sari,eshitish organlari tomonidan qabul qilinadigan tovushlarning chastotasi borgan sari kamaya boradi va yoshi o'tib qolganda 15000 Gsdan oshmaydi. Inson 800-4000 Gs chastotali tovushlarni yaxshi eshitadi, 16-100 Gs chastotali tovushlarni sezilarli darajada eshitadi.
Ma'lum bo'lishicha eshitish organi tomonidan qabul qilinadigan tovushning balandligi tovush tebranishining mutlo qo'sishiga parallel ravishda kuchayibgina bormay, uning kuchayishi logarifmga taxminan proporsional ham ekan. Shuning uchun ham tovush kuchini o'lchash uchun logarifm tizimi birligidan foydalaniladi
Masalan: 1000 Gs ikkita tovushni olib ko'raylik. Ulardan biri-eshitilish bo'sag'asida turgan tovush (0,000000001=10-9erg/sm2sek), ikkinchisi, qattiq aytilgan so'zning tovushi (0,01=10-2erg/sm2sek). Ikkinchi tovushning kuchini birinchisiga bo'lgan nisbati:
yoki
Ko'rinishida bo'ladi, ya'ni ikkinchi tovush o'zining fizik quvvati bilan birinchidan 107marta ortiq bo'ladi. Bu nisbat logarifm shkalasi bo'yicha 7 bilan ko'rsatiladi. Tovushlarni o'lchashda logarifm birligi “Bel” termini bilan belgilanadi. Bu misol ikkinchi tovush kuchining birinchisiga nisbati 7 bel yoki 70 dbni tashkil etadi.
Shunday qilib, bir tovushning ikkinchi tovushdan qanchalik kattaligini desibellar bilan hisoblab chiqarish uchun, tovush quvvatining ko'p miqdorini kam miqdoriga bo'lish kerak, bu nisbatning o'nli logarifmini hisoblab chiqarib, olingan miqdorni 10 marta kamaytirish kerak.
, (10)

Shovqinlarni kelib chiqish xarakteriga asosan, ularni mexanik, aerodinamik, gidrodinamik va elektromagnit shovqinlar turkumiga bo'linadi:


Mexanik shovqin-har xil mashina va mexanizm qismlarining turli tezlanishda harakatlanishi natijasida kelib chiqadigan inersiya kuchlari, birikmalardagi zarba kuchlari, birikmalardagi ishqalanish kuchlari, zarba yo'li bilan ishlov berish (toblash, shtampovka),mashina bajarayotgan ishga bog'liq bo'lmagan holdagi, sharikli podshipniklar, tishli g'ildiraklar, qayishli uzatishlarda vujudga keladi.
To'g'ri tishli g'ildiraklarni qiyshiq tishli g'ildiraklar bilan almashtirish kerak. Shuning uchun tishli g'ildiraklarni tayyorlashda birikuvchi yuzalar sillig'ligini ta'minlash shovqinni 5-10 dB kamaytirsa, to'g'ri tishli g'ildiraklarni shevron tishliga almashtirish shovqinni 5 dBga kamaytiradi, shuning uchun tishli g'ildirakli va zanjirli uzatmalarni ponasimon tasmali uzatmalar bilan almashtirish kerak.Korpus detallarini tayyorlashda plastmassa materiallaridan foydalanganda shovqinni 10 - 14 dBga ,shovqinlarni 2-6 dBga, yuqori chastotadagi shovqinlarni esa 7-15 dBga kamaytirishi mumkin. Metall detallarni tanlaganda, har xilli metallarning ichki qarshiligi turlicha ekanligini hisobga olish muhim. Chunki ichki qarshilikning o'zgarishi metall jarangdorligini oshirishga yoki kamaytirishga yordam beradi. Masalan: cho'yanga nisbatan po'lat jarangdor hisoblanadi. Ba'zi bir qotishmalar jarangdorligi keskin kam bo'lishi bilan ajralib turadi.
Aerodinamik shovqinlar-hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida havo va suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga yuborish ishlari keng qo'llanilmoqda. Bunday ishlarni bajarish davrida havo bosimini hosil qilish va ularni uzatish shovqin darajasining kuchayishi bilan amalga oshadi. Masalan: ventilyator, kompressor, gaz turbinalari, havo va bug' bosimining oshib ketmasligini ta'minlovchisaqlash qurilmalari, ichki yonuv dvigatellari aerodinamik shovqin chiqarish manbalari hisoblanadi.
Demak, aerodinamik shovqinlarga aylanuvchi parraklar ta'sirida hosil bo'lgan havodagi bosim har xil yo'nalishlar bo'ylab havoning keskin oshuvchi harakat yo'nalishlarini vujudga keltiradi. Bu harakatlanayotgan oqimda har xil qarshiliklar tufayli, aylanma harakat hodisalarini vujudga keladi. Bunda harakatlanayotgan oqim tizimida bir vaqtning o'zida ham siqiluvchi ham siyraklanuvchi qatlamlar vujudga keladi, bunday hodisalar navbatma-navbat takrorlanishi, vaqti-vaqti bilan hosil bo'lishi ham mumkin.
Bunday harakatlar, atrof muhitga ovoz to'lqinlari sifatida tarqaladi. Bunday tovush aylanuvchi tovush deb yuritiladi Aylanuvchi tovushning chastotasi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi.

f = Sh (V/D) (12)

bunda: Sh - ctruxal soni, tajriba yo'li bilan aniqlanadi; V - oqimning tezligi, m/s; D - sharsimon va silindrsimon oqim yo'naltiruvchilar uchun ularning diametrlari.

Ventilyatorlar tarqatayotgan shovqin darajasi quvvatini aniqlashda SanQvaM № 0325-16“Ish joylarida shovqinning yo'l qo'yilgan darajasining sanitariya me'yorlari», asosida ish tutiladi. Bunda ventilyator hosil qilayotgan to'liq bosim N (kgs/m2) va uning quvvatiga qarab (Qm3/s) shovqin darajasi tanlab olinadi.


Bu daraja har xil ventilyatorlar uchun = 35-50 dBni tashkil qiladi.

Lp=L+25 Nlg+10Qlg (13)

Boshqashovqinchiqaruvchiaerodinamiksistemalardashovqinningxarakterivachiqayotganmanbaigaqarab, shuningdekchastotalarinihisobgaolganholdaumumiymaxrajgakeltirilganyig'indi-shovqindarajasianiqlanadi. Masalan: eng qattiq shovqin hosil qiluvchi kompressorlarda shovqin darajasining umumiy yig'indi sifatida 135-145 dB ni tashkil qiladi.
Gidrodinamik shovqinlar –gidrodinamik shovqinlarga suyuqliklarni nasoslar yordamida bir joydan ikkinchi joyga yuborishda hosil bo'ladigan shovqinlar asosan, nasosning harakatlanuvchi qismlarining nosozligi va gidravlik zarbalar ta'sirida kelib chiqadigan shovqinlarni keltirish mumkin. Bu shovqinlarni yo'qotishda shovqinlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni, ya'ni nasoslarning harakatlanuvchi qismlarining mutanosibligini ta'minlash, gidravlik zarbalar kelib chiqishini yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash zarur.
Elektromagnit shovqinlar –elektromagnit shovqinlar kelib chiqishi elektrmotorlarida stator varotorning o'zaro magnit maydonlari hosil qilishlari natijasida rotor aylanib magnit maydonini kesib o'tishi bilan hosil bo'ladigan to'lqinlar elektromagnit shovqin sifatida tarqaladi. Bu shovqinlarni yo'qotishda asosan, elektr motorlarining konstruktiv o'zgartirishlar bilan kamaytirishga erishiladi. Masalan: rotor yakorining to'g'ri pazlari o'rniga qiyshiq pazlar o'rnatish yaxshi natija beradi.
Shovqinning zararli ta'siri va me'yorlari – insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta'sirida bo'lishi uchun sog'ligiga ta'sir etadi, tez charchaydi, ruhiy reaksiya tezligi kamayadi, xotirasi susayadi. Shuningdek, shovqininsonning diqqatini bir joyga jamlashiga halaqit qiladi, harakatida muvozanatni buzadi, tovush va yorug'lik signallarini qabul qilish qobiliyatini susaytiradi va natijada turli xil baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bunday tashqari, shovqin qon bosimi oshishiga, ko'z qorachig'ining kengayishiga, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga, yurak va tomir urishining tezlashishiga, asab sistemasining buzilishiga, uyqusizlikka va eshitish qobiliyatining buzilishiga ham olib keladi. Ayniqsa, inson qulog'i eshitmaydigan shovqinlar- infratovushlar (tovush chastotasi 16 Gsdan kichik shovqinlar) va ultratovushlar (tovush chastotasi 20000 Gsdan katta) inson sog'ligiga katta ta'sir ko'rsatadi.
1-jadval
Qozon yasash jarayonida faoliyat ko'rsatadigan ishchilar
eshitishqobiliyatiningpasayishi
Ishstaji
Normaleshitadigankishilarning
soni, % da

1 yilgacha


1-4 yilgacha
5-9 yilgacha
10-14 yilgacha
15-19 yilgacha
20-24 yilgacha
25-29 yilgacha
30 yilvaundanortiq
99,0
76,3
50,0
33,0
20,0
10,0
8,7
4,7

Shovqin darajasiga va xarakteriga qarab, shovqinlar odam organizmiga har xil ta'sir ko'rsatadi. Uning ta'sir darajasini o'zgarishiga shovqinning ta'sir davri va odamning shaxsiy xususiyatlari ham ma'lum rol o'ynaydi. Shuning uchun ham shovqin hamma uchun bir xil ta'sir ko'rsatadi deb bo'lmaydi.


Agar shovqin darajasi 85-90 dBga etsa, bunday shovqindan har qanday ishlayot odamning birinchi navbatda, yuqori chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyati susayadi. Kuchli shovqin inson sog'lig'iga va ish qobiliyatiga keskin ta'sir ko'rsatadi. Birinchidan, eshitish qobiliyati pasayadi, uzoq vaqt kuchli shovqin ta'sirida ishlash toliqishga, befarqlikka, shuningdek eshitish qobiliyatining butunlay yo'qolishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, shovqin ta'siridan ovqat hazm bo'lish jarayoni buziladi, ichki organlar hajmi o'zgaradi.
Har qanday shovqin natijasida paydo bo'ladigan fiziologik o'zgarishlar oqibatida shovqin kasalligini keltirib chiqaradi.
Tovush to'lqinlari bosh miya qobig'i orqali o'tish imkoniyatiga ega. Agar shovqin darajasi kichik bo'lsa (40-50 dB), unda suyak orqali o'tgan shovqin ta'siri uncha sezilmaydi. Agar tovush darajasi yuqori bo'lsa, unda uning ta'sir kuchi oshib ketadi va organizmga ko'rsatadigan salbiy ta'siri keskin kuchayadi.145 dBdan ortiq bo'lgan tovush darajasida inson qulog'ining pardasi yirtilishi mumkin.
SanQvaM № 0325-16“Ish joylarida shovqinning yo'l qo'yilgan darajasining sanitariya me'yorlari», asosan, odam eshitish organining me'yordan chetga chiqqishini aniqlab, uni ma'lum mutaxassislikka yaroqliligini va shovqin ta'siri natijalarini aniqlash mumkin. Eshitish qobiliyati audiometr yordamida aniqlanadi. Tekshirilayotgan inson tinch xonada quloqchin (naushnik) lar orqali eshitiladigan toza tondagi ovozning turli intensivligini eshitadi. Xuddi shu vaqtda uskunalar yordamida shu inson eshitayotgan ovozning minimal intensivligi belgilanadi. Bu o'lchovlar natijalari grafik orqali ifodalanadi va uni audiogramma deb ataladi. Bu diagramma orqali tekshirilayotgan insonning eshitish qobiliyati me'yorida eshitish qobiliyatiga ega bo'lgan egri chiziq bilan taqqoslanadi.
Shovqinning me'yorlari belgilaganda ikki usuldan foydalaniladi- shovqinni chegara spektri asosida va shovqinni dB tovush darajasi orqali me'yorlash.
Doimiy shovqinlar uchun birinchi usul asosiy me'yorlash usuli hisoblanadi.
Olingan sakkizta tovush darajasining RYEKM yig'indisi “chegara spektri” deb ataladi.

4. Shovqinga qarshi kurashish usullari va shaxsiy himoya vositalari



Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari quyidagicha:
-shovqinni ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish;
-shovqinning tarqalish yo'nalishini o'zgartirish;
-sanoat korxonalari va sexlarini oqilona rejalashtirish;
-sanoat korxonalari xonalariga akustik ishlov berish;
-shovqinni tarqalish yo'lida kamaytirish usullarda olib boriladi.
Shovqinga qarshi kurashning ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish eng samarali usul hisoblanadi.
Shovqin chiqayotgan manba, agar biror-bir tomonga yo'naltirilgan bo'lsa, uning qarama-qarshi tomonida tovushning bosim darajasi 10-15 dBgacha kamaytirish imkoniyati bor. Bu hodisani ba'zi shovqin tarqatuvchi qurilmalarni, shuningdek sanoat korxonalarini loyihalash ishlarida shovqinga qarshi chora- tadbir sifatida foydalanish mumkin. Masalan: siqilgan gazlarni chiqarib yuboruvchi tizimlar, shamollatish va kompressorlarning chiqarish shaxtalari ma'lum yo'nalishda yo'naltirilgan bo'lishi yaxshi natija beradi.Bunda chiqarish trubalari albatta ish joylari va aholi yashash punktlaridan qarama-qarshi tomonga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.
Yuqorida ko'rib o'tilgan shovqin xususiyatlariga asosan, shovqin oralig'i ortgan sari shovqin darajasining pasayishini ko'rib o'tgan edik. Sanoat korxonalari va sexlarni oqilona loyihalashtirishda ma'lum nuqtada shovqin darajasini pasaytirish uchun shovqin chiqaruvchi asbobni shu nuqtadan iloji boricha uzoqroq joylashtirish lozim.
Shuning uchun sanoat korxonalarining loyihalarini tuzganda shovqin chiqaruvchi sex va uchastkalarni, shovqin ta'sir qilishi mumkin bo'lgan uchastkalardan (masalan: aqliy mehnat bilan shug'ullanadigan laboratoriyalar, zavod boshqarmalari, konstruktorlik bo'limlari) bir-ikki joyga jamlagan holda qarama- qarshi tomonga joylashtirish tavsiya etiladi. Agar sanoat korxonasi shahar chegarasida yoki aholi yashaydigan punktning o'rtasida joylashgan bo'lsa, unda shovqin chiqaruvchi mexanizmlarni sanoat korxonasining o'rtasiga joylashtirish tavsiya etiladi.
Xonalarga akustik ishlov berish. Sanoat korxonalarida shovqin darajasini ortib ketishida shovqinning biror bir to'siqqa, masalan, xonada devorlarga, shiftga urilib qaytishi natijasida tovush to'lqinlarini kuchaytirish ham sabab bo'ladi. Shuning uchun shovqin darajasini pasaytirishda to'g'ri kelayotgan tovush to'lqinlarinigina emas, balki qaytgan tovush to'lqinlarini ham kamaytirish chora-tadbirlarini ko'rish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun xona devorlari va shiftlariga shovqin yutuvchi akustik ishlov beriladii.
Har kanday qurilish konstruksiyalari ma'lum miqdorda shovqin yutish qobiliyatiga ega. Shovqin yutuvchi materiallar sifatida foydalaniladigan qurilish konstruksiyalarining shovqin yutish koeffisienti ( =0,2 dan katta bo'lishi sharti qo'yiladi. Sanoatda umuman ishlatiladigan konstruksiyalar, masalan :g'isht va beton konstruksiyalari tovush yutish koeffisienti juda kichik(= 0,01-0,05) bo'ladi.
Shovqinni tarqalish yo'lida kamaytirish. Bu usuldan yuqoridagi usullar etarli natija bermagan holda foydalaniladi.
Shovqinni kamaytirishning asosiy vositasi, tovush yo'lida to'siqlar barpo qilishdir. Bu to'siqlar devor, to'siq, qopqoq, kabina va boshqalar bo'lishi mumkin. Bunda asosan, shovqin tarqalish yo'lida to'siqqa urilib qaytish xususiyatidan foydalaniladi. To'siq orqali o'tib ketayotgan shovqin, qaytayotgan shovqinga nisbatan kam miqdorni tashkil etadi.
To'siqning shovqinni o'tkazmaslik xususiyati tovush o'tkazuvchanlik koeffisienti bilan ifodalaniladi.
To'siqlar bir qavatli va ko'p qavatli bo'lishi mumkin. Bir qavatli to'siqning shovqin to'sish qobiliyati kuyidagi formula bilan aniqlanadi:

R = 20 lg (m0f) - 47,5


(14)

bunda, m0 - 1m2to'siqningmassasi, kg; f -chastota, Gs.


Bu formuladan quyidagixulosalarnichiqarishmumkin:
1.To'siqning shovqin to'sish qobiliyati uning massasi oshishi bilan ortaboradi, masalan: agar to'siqning og'irligi ikki marta ortsa, uning shovqin to'sish qobiliyati 6 dBga ortadi.
2.Aynan bir xil to'siqdan past chastotadagi to'lqinlarga nisbatan yuqori chastotadagi tovushlarning o'tishi kamayadi, ya'ni to'siqlar yuqori chastotadagi tovushlar uchun samaraliroq bo'ladi.
Shovqinni so'ndirish vositalari. Asosan aerodinamik shovqinlarni so'ndirish uchun foydalaniladi.
Shovqingaqarshishishaxsiy himoya vositalari – ba'zi bir texnologik jarayonlarda shovqin darajasini umumiy texnik vositalar yordamida kamaytirish imkoniyati bo'lmay qoladi. Masalan: shtamplash sexlarida, mixlarni qalpoqlash yo'li bilan biriktirish sexlarida, metall qirqish sexlarida, shuningdek ichki yonuv dvigatellarini sinovdan o'tkazishda, shovqinni yo'qotish, shuning bilan birga ishchilarning shovqin kasalliklariga yo'liqmasliklarini ta'minlash bir muncha qiyinchiliklar tug'diradi. Bunday hollarda ishchilar uchun shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanada. Sanoat korxonalarida shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalari sifatida vkladish, quloqchin (naushnik)lar va shlemlardan foydalaniladiqarshi shaxsiy himoya vositalari sifatida vkladish, quloqchin (naushnik)lar va shlemlardan foydalaniladi.

/
/
/


Shavqinga qarshi vkladish

Shavqinga qarshi vkladish

Shavqinga qarshi quloqchin

2.-rasm. Shovqindan himoyalovchi vositlar

.
Vkladishlar. Bu paxtadan qilingan bo'lib, quloq teshigiga o'rnatishga mo'ljallangan vositadir. Uning samaradorligini oshirish maqsadida ba'zi bir parafinga o'xshash moddalar shimdiriladi. Bundan tashqari, qattiq moddalardan, masalan rezina, ebonit (izolisiyalovchi material)kabilardan yasalgan vkladishlardan hamfoydalaniladi. Lekin ularning samaradorligi past, ya'ni 5 -20 dBgacha tovushni kamaytira oladi. Shuningdek, ba'zi hollarda noqulayligi quloq teshigini yallig'lantirish mumkin, bu esa, uning salbiy jihatlari hisoblanadi


Quloqchin (naushnik)lardan sanoat korxonalarida keng foydalaniladi. Quloqchin (naushnik)lar quloqni yaxshi berkitadi va prujinalar yordamida ushlab turiladi. Quloqchin (naushnik)lar past chastotadagi tovushlarga nisbatan, yuqori chastotadagi shovqinlardan yaxshi muhofaza qiladi. Uning samaradorligi 7-38 dB atrofida bo'ladi.
Shlemlar, haddan tashqari katta shovqin sharoitida (120 dBdan ortiq) shovqin inson bosh miyasiga ta'sir ko'rsatadi. Bunday hollarda quloqchin (naushnik) va qistirma hech qanday foyda bermaydi. Shuning uchun bosh miyani muhofaza qiladigan shlemlardan foydalaniladi.

5. Infratovush va ultratovushlar va ulardan himoyalash

Infratovush va ultratovushlar-tebranish to'lqinlarining takrorlanish tezligi 16 Gsdan kam bo'lgan tovushlar infratovush va 20000 Gsdan yuqorisi esa ultratovushlar deb ataladi.
Tovush to'lqinlarining havoda tarqalish jarayonida ularning quvvati muayyan yo'nalishga qarab kuchayadi. Shuning uchun quvvati yuza birligiga bo'lgan nisbati bilan aniqlanadi (Vt/m):

(15)


bunda R – tovush bosimining vaqt birligidagi qiymati, Pa; - muhit zichligi, kg/m2s-tovushning tarqalish tezligi, m/s.

Infra va ultratovushlarning ishlatilishi haqida gap yuritishdan oldin, ultratovushning hayotda noo'rin ishlatilishi, tirik mavjudotlarga naqadar xavfli ekanligini hayotiy misolda ko'rib chiqamiz.


1985 yili London shahrining otchoparida, 49 yoshli Djeyms Leming ismli ixtirochi fizik, o'zi yasagan ultratovush miltig'i yordamida qirolicha poygasida birinchi bo'lib kelayotgan Grevill Ctarkni 110 ming funtsterling uchun otidan qo'latadi. Bunda katta tezlikda chopib kelayotgan ot kutilmaganda yo'nalishini o'zgartirishi natijasida chavandoz otdan qo'lab tushadi. Keyinchalik sudda Starkning aytishicha, o'sha daqiqada uning qo'log'i miya qobig'ini yorib yuborgudek kuchli tovushi mpulsini sezgan ekan.
Masalan: ultra tovush medisinada har xil kasalliklarni davolashda, sanoatda har xil detallarni tozalashda, elektrolitik jarayonlarni va kimyoviy reaksiyalarni tezlatish uchun, qishloq xo'jalikda urug'larga ishlov berish va ta'mirlash ishlarida foydalaniladi.
Insonga yuqori quvvatli ultratovushlarning doimiy ta'siri, ularni tez charchashiga, quloq va bosh og'rig'iriga, asab, yurak qon tomirlari tizimlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, ultratovush chiqaradigan qurilmalar bilan bevosita kontaktda ishlashga ruxsat berilmaydi. Odamlar ishlayotgan xonadan, tovushga qarshi izolyasiyalangan bo'lishi kerak.
SanQvaM № 0325-16“Ish joylarida shovqinning yo'l qo'yilgan darajasining sanitariya me'yorlari», ishchi joylarda tovush bosimini quyidagicha bo'lishiga ruxsat etiladi.
12500 Gs-75 dB, 16000 Gs-85 dB, 20000 Gs-110 dB.
Uskunalarni ta'mirlagandan so'ng, har yili tovush bosimi darajasi nazorat qilinishi kerak. Tekshiruv shovqin o'lchagich bilan amalga oshiriladi. Bunda uning quloqka tutiladigan qismi bilan 5 sm masofa qolishi kerak.
Infratovush to'lqinlari tabiatda er qimirlaganda, vulqon otilganda, dengiz to'lqini va bo'ronlarida hosil bo'ladi. Bunday tovushlar zamonaviy ishlab chiqarishda kompressorlar, dizel dvigatellari, sanoat shamollatkichlari va boshqa katta o'lchamli mashinalar va mexanizmlar ishlaganda ham hosil bo'ladi. Infratovush to'lqinlari insonning mehnat qobiliyatini pasaytiradi va inson organizmiga zararli ta'sir ko'rsatadi.
Past chastotali tebranish organizmga uzoq vaqt ta'siri charchash, boshaylanish, tanadaog'riq, uyquni buzilishiga, ruhiy buzilishga, markaziy asab tizimida va oshqozonda qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Inson qisqa vaqtda 150 dBgacha bosimli infratovush to'lqinini qabul qilishi mumkin. Undan ortig'i ayniqsa, (2-10 Gs) chastota diapozondagisi juda xavfli hisoblanadi. Nafas olish organi uchun 1-3 Gs chastotali infratovush to'lqini, miya uchun 8 Gs, oshqozon uchun 5-9 Gs infratovushlar to'lqini xavflidir. Infratovushlarni o'lchash uchun maxsus infratovush mikrafonlaridan va moslamalaridan foydalaniladi. Infratovushlar zararli ta'sirini tabiiy profilaktikasining muhim tadbiri, ishchilarni ishga qabul qilish vaqtida va davriy tibbiy ko'riklardan o'tkazib turish hisoblanadi.

Nazorat savollari:


1 Ishlab chiqarishda titrash va uning fizik xususiyatlari nimaladan iborat?
2. Titrashdan saqlanishning shaxsiy muhofaza jihozlari va titrashni o'lchash vositalariga nimalar kiradi?
3. Titrashni myo'erlashtirish uchun qanday chora tadbirlar ko'riladi?
4. Ishlab chiqarishda shovqin va uning fizik xususiyatlari nimalardan iborat?
5 Ishlab chiqarishda shovqin va titirash inson organizimiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
6. Ishlab chiqarishda shovqinning qanday turlari mavjud?
7. Shovqinga qarshi kurashish usullari va shaxsiy himoya vositalari niialardan iborat?
8. Infratovush va ultratovushlar qanday tavushlar va ulardan qanday usullar bilan himoyalash mumkin?
Download 30,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish